Muhammad ibn Muso al Xorazmiy,Nasriddin Tusiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida ma’lumotlar. R e j a



Yüklə 28,35 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü28,35 Kb.
#209504
  1   2   3   4
Muhammad ibn Muso al Xorazmiy,Nasriddin Tusiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida ma’lumotlar.


Muhammad ibn Muso al Xorazmiy,Nasriddin Tusiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida ma’lumotlar.


R E J A:


1. Muxammad ibn Muso - al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al - Koshiy, Ulug`bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqidagi dastlabki ma`lumotlar.
2. Psixologik - pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari.

Xayotimizda chuqur o`zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo`li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o`zbek xalqi o`zining haqiqiy tarixini, jaxon tan olgan madaniy va ma`rifiy boyliklarini, urf-odat va an`analarini tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi.


Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan. Muxammad ibn Muso - al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al - Koshiy, Ulug`bek va boshqa ko`plab buyuк ajdodlarimiz o`z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo`lib qoladilar. Ularning nomlari, jaxon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma`lum. Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz.
MUHAMMAD IBN MUSO XORAZMIY.
Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug`ilgan. Yoshligidan ilm - fanga qziqqan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o`rgangan. Donishmand sifatida tanilgan, 9-asr boshlarida o`z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisoblanmish Bog`dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, SHarqning dastlabki akademiyasi ("Bayt- ul - Xikmat") "Donolar uyi "da faol ishtirok etdi.
Xorazmiy juda ko`p asarlar yaratgan bo`lsa ham ularning hammasi bizga etib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni o`rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga bekiyos hissa qo`shdi.
O`quvchilar algebra, algoritm so`zlarini ko`p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir bo`limi, algoritm esa x,ozirgi zamon x;aco6 ` texnikasining, matematikasining asosiy termini.
Algebra, algoritm so`zlari matematik, astronom va geograf, "Xozirgi zamon algebrasining otasi "al - Xorazmiy nomi bilan bog`liqdir. Uning "Al - jabr val-muqabala" risolasi keyinchalik Evropada "algebra" deb ataladigan bo`ldi.
Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida "algoritm" termini paydo bo`ldi. Xorazmiyning matematikaga oid shox asarlari Fapb va SHarq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko`p asrlardan buyon qo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Xorazmiyning "Xind hisobi va sonlari haqida", "Al-Jabr", "Arifmetika", "Marmar soat haqida", "Er surati", "Tarix kitobi", "Yaxudiy eralari va bayramlari" haqida asarlari, ayniqsa ma`lum va mashhurdir. Uning "Ziji" nomli asari dastlabki astronomik asar sifatida SHarqdagina emas, G`arbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat ko`rs atgan.
Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli xayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo`lib, hozirgacha ham qimmati va axamiyatini yuqotmagan.

Yüklə 28,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin