Page 69
qo‘lda chizish mumkin bo‘lgan har qanday rasm AvtoCADda yuqori tezlikda, o‘z
vaqtda va oson bajariladi.
AvtoCADning ko‘p qirrali imkoniyatlaridan me‘morchilik va qurilishda,
elektronikada, mashinasozlikda, aerokosmika sanoatida, nashriyot va dizayn sohalarida
keng foydalanish mumkin.
AvtoCAD paketini murakkab va amaliy masalalarni yechishda tehnik
konstruktor, dizaynerlar qo‘llashi uchun juda qo‘l keladi. AvtoCAD yordamida ikki
va uch o‘lchovli fazo sistemalarida chizmalar chizish mumkin. AvtoCADda ikki
ulchovli sistemadan uch o‘lchovli fazo sistemasiga o‘tish va uning aksini qilish
imkoniyatlari mavjud.
AvtoCADda tekislik va sirtlar hosil qilish, tekislik va sirtlardan geometrik modellar
tayyorlash, geometrik modellarni xohlagan tomondan qo‘rinishlarini hosil qilish va
kerakli joylardan qirqimlar berish, kerakli ranglarda ularni tasvirlash, tasvirning afin
almashtirishlarini hosil qilish, ya‘ni uni surish, aylantirish, to‘ntarish va harakatlantirish
mumkin.
AvtoCAD murakkab sistema. Shuning uchun oddiy chizmalardan ishni boshlash
kerak. Avvalo AvtoCAD buyrug‘lari bilan tanishib chiqish kerak. Albatta, birinchi
o‘qishingizda ularga unchalik tushunmasligingiz mumkin. Buning uchun tushkunlikka
tushish kerak emas. Biroz vaqtdan so‘ng yana o‘qing. Kompyuterni yoqib AvtoCAD ni
ishga tushirib, oddiy chizmalar chizishga harakat qiling. Masalan: RISUY buyrug‘ini
bering. KRUG buyrug‘ini tanlab, aylanani radius yordamida chizish uchun ekranning
biror nuqtasini tanlang. Ekrandagi ikki kesishuvchi perpendikulyar to‘g‘ri chiziqli
kursorni biroz harakatlantira boshlang. Ekranda tanlangan nuqtangizdan aylanalar o‘qib
chiqayotgandek tuyuladi. Sichqonni to‘xtating va tugmachasini bosing. Ekranda aylana
hosil bo‘ladi. Shu kabi boshqa buyruqlar ustida ishlashga kirishing. Natijada
primitivlardan foydalanish sirlarini egallay boshlaysiz. AvtoCADda tahrirlash
buyruqlaridan foydalanishingiz mumkin.
Ushbu kitobda AvtoCAD paketining o‘zidagi AvtoCADni ishlatish uchun rus tilida
yozilgan qo‘llanmadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilindi. O‘rganilayotgan AvtoCADdagi
barcha buyruq nomlari rus tilidagi uchun keltirilganligicha qoldi.
Har qanday rasmni qismlarga bo‘lish mumkin. Bu qismlar AutoCAD tizimida
primitiv nomini olgan.
Murakkab primitivlarga poliliniya, multiliniya, multitekst, razmer, vo‘noska,
dopusk, shtrixovka, blokka olish yoki blokni uzatish, atribut va rastrli tasvirlar kiradi.
Kesmalar chizishni boshlaymiz. Buning uchun klaviatura yordamida OTREZOK
(LINE) buyrug‘ini kiriting. Ushbu buyruqni tushuvchi menyu