Muhandislik geologik tadqiqotlar


Nokristal strukturali tog’ jinslari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   204
-qullanma (1)

Nokristal strukturali tog’ jinslari
ichida - parchalangan (jinsni boshqa
tog’ jinsi parchalari, komponentlari tashkil etadi) va organogen (turli organizmlar 
skeletlari qoldiqlari) strukturali tuzilish ko’zga tashlanib turadi. Shuningdek 
aralash strukturali: masalan; porfirli - yashirin kristalli massada alohida 
minerallarning joylashuvini xarakterlovchi, organogenli parchali (nokristal), 
jinslarning parchalari, organik qoldiqlar va boshqalardan tuzilganligi bilan 
xarakterlanadi. Kristallarning o’lchamiga ko’ra: yirik donador struktura - 
kristallarning diametri 5mm dan katta, o’rta donador struktura - 5 - 1mm, mayda 
donador struktura - 1mm dan kichik va turli donali strukturalar bo’ladi. Donalar 
o’zaro joylashuvi bo’yicha bir jinsli donador, tartibsiz yoki tartibli joylashgan 
donalarga bo’linadi.
Tekstura
- yirik hajmdagi tog’ jinsining tuzilishini, yotish xususiyatini,
jins tashkil etgan minerallarning o’zaro joylashuvini ko’rsatadi. Tog’ jinslarining 
yotish shakli bo’yicha zich (massivli) va g’ovakli strukturalarga bo’linadi.
Massivli (zalvorli) tekstura
- turli sharoitda hosil bo’lgan kristalli jinslar 
uchun, g’ovakli tekstura - nokristal cho’kindi jinslar va ba’zi bir (oqma) jinslar 
uchun xarakterlidir. Minerallarning fazoviy joylashishiga qarab bir jinsli va bir 
jinsli bo’lmagan tekstura bo’ladi.


37 
Bir jinsli tekstura
- strukturaning, tarkibning va rangning butun jins
bo’yicha bir xil bo’lishligidir. Bir jinsli bo’lmagan teksturada esa - bu 
ko’rsatgichlar turli xil ko’rinishda bo’ladi.
Gneysli tekstura 
- ma’lum yo’nalishda bir-biriga parallel bo’lgan har xil
rangli yo’l - yo’l ko’rinishda bo’lsa, flyuidal teksturada - minerallarning eritma 
yoki toshqinlar izi tomon cho’zilgan shaklda va shuningdek rangli minerallari 
xol - xol bo’lib, bir tekis joylashmagan taksit teksturalar bo’lishi mumkin. 


38 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin