12.6-rasm
. Yotish elеmеntlarini tog’ kompasi yordamida aniqlash.
Qatlamning yotish burchagi esa tog’ kompasini qatlamning yo’nalish
chizig’iga pеrpеndikulyar holda, klinomеtri pastga qarab qo’yilib o’lchanadi.
Bunda tog’ kompasining uzun qirrasi bilan qatlam yuzasining kеsishish chizig’i
qatlamning yotish chizig’i bo’ladi. Tog’ kompasi vеrtikal holda o’rnatilgandan
kеyin shoqulning harakatsiz tutib turuvchi tugmachasi bosilib, u harakatga
kеltiriladi. SHoqul tеbranishi to’xtagandan so’ng tugmacha qo’yib yuboriladi.
Klinomеtr limbidan olingan hisob qatlamning yotish burchagi bo’ladi.
Tog’ kompasi yordamida o’lchangan qatlamning yotish burchagi dala
daftarchasiga quyidagi holda yoziladi: Yot.az.JSH 105
0
yot.bur.30
0
.
Yotish elementlari qatlamning usti va osti nuqtalarining absolyut (yoki
nisbiy) joylashish belgisi bilan birgalikda, qatlamning fazoviy zjoylashishini aniq
ifodalaydi. Qatlamning chuqurdagi nuqtalari burg’i quduqlari yordamida
71
aniqlanadi. Bu maqsadda bir nuqtadagi sanoqlarni aniqlash kifoya. Biror tomonga
quduqlarni qazish bilan aniqlanadi. Qatlamlarning fazoviy joylashishini aniqlash,
qatlamlarning chuqurligini, qalinligini, yotish xarakterini o’rganib, bino va
inshootlar ularni asos tanlashda asqotadi.
12.4.Tog’ jinslarining yotish sharoitlarini ahamiyati.
Tog’ jinslarining yotish sharoitini o’rganish va ayniqsa jinslarni buzilishi
va ularning qiyaligi qurilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muxandislik-
geologik nuqtai nazardan gorizontal yotgan, bir tarkibli va anchagina katta
qatlamlar qulay hisoblanadi .
Bunday hollarda bino va inshootlarning poydevorlari bir jinsli gruntli
muhitda bo’lib, inshoot og’irligi ta’siridan bo’ladigan cho’kishlar bir tekisda
bo’ladi.
Bunday sharoitlarda inshoot eng qulay turg’unlikka ega bo’ladi.
Dislokatsiyalarni bo’lishligi, qurilish maydonining injenerlik-geologik
sharoitini o’zgartirib, qiyinlashtiradi. Inshoot asosidagi gruntlarni bir jinsligi
buziladi, parchalanish zonalari xosil bo’ladi, jinslarning mustahkamligi kamayadi,
yoriqlar bo’yicha siljishlar ro’y beradi, yer osti suvlari harakatlanadi.
Qatlamlar qiyshaygan xolatda bo’ladi. Qatlamlarning tushish qiyaligi -
katta injenerlik-geologik ahamiyatga egadir. Qatlamlarning notekis qiyalab yotishi
natijasida inshootning turli qismlari, xar - xil jinslar ustiga joylashishi mumkin.
Bu esa qatlamlarning notekis qisilishi va binoning xamma bo’laklarini turlicha
cho’kishi oqibatida, butun inshoot deformatsiyalanishi mumkin.
Bukilmalarni murakkab xarakterdan tuzilishi, kichik o’lchamli bo’lishi,
uning ustiga qurilgan binoning noqulay sharoitda qoldiradi. Gilli jinslardan tashkil
topgan qatlamning yetarli darajada qiyshaygan bo’lsa, qiyaliklarda ko’pincha
surilish
xodisasi ro’y berishi mumkin. Bukilmali dislokatsiyalar ko’pincha
uzilma va siljishlarni vujudga keltiradi. Agar qurilish maydoni ancha cho’zilgan
uzilma yoki siljish zonasiga to’g’ri kelib qolsa, unda inshoot qurilish joyini sinish
chizig’idan uzoqroqda joylashtirish kerak. Sinish chizig’ini berkitib, ustiga inshoot
72
qurish xavflidir. Qurilish maydonini injenerlik-geologik baholashda, butun tog’li
rayonning geologik shakllanish tarixini hisobga olish lozimdir.
Dostları ilə paylaş: |