Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   204
-qullanma (1)

Oksidlar
- eng ko’p tarqalgani – kvartsdir (SiO
2
). Kvartsdan tashqari- 
gematit (yashirin kristallangani - qizil temirtosh, yaxshi kristallangan ko’rinishi- 
temir yaltirog’i) Fe
2
O
3
, magnetit Fe
2
O
4
, korund (qizil ranglisi - yoqut, mayda 
donador qora ranglisi jilvir) Al
2
O
3

Silikatlar
- yer qobig’ida eng ko’p tarqalgan minerallar bo’lib (85%), ular-
ning hosil bo’lishi magmalarning oqib chiqish natijasidir. Bu minerallar guruhi-
ning aksariyati - panjarasimon kristallidir. Silikatlardan umumiy tuzilish va 
tarkibiga ega bo’lgan dala shpatlari, piroksenlar, amfibolalar, slyudalar, shuning-
dek olivin, tal’k, xloritlar, gilli minerallarni ko’rsatish mumkin. 
Karbonatlar
- bu guruh minerallariga uncha yuqori bo’lmagan mustah-
kamlik, kichik zichlik, nometal yaltiroqlik (kal’tsit, dolomit) xosdir. Tabiatda ko’p 
uchraydiganlaridan; kal’tsit (ohak shpati, tiniqlari - island shpati) CaCO
3
, dolomit 
CaMg(CO
3
)
2
va sideritdir (temir shpati) FeCO
3

Sul’fatlar
- sul’fat kislotasi tuzlari birikmasi ko’rinishidadir. Ular suvli va 
suvsiz bo’lishi mumkin. Suvsiz sul’fatlarga: barit BaSO
4
(og’ir shpat), angidrit
CaSO
4
(gips uchun xom ashyo). Suvlilarga - gipstosh CaSO
4
*2H
2
O, mirabilit 
Na
2
SO
4
10 H
2
O, alunit Kal
3
[OH
6
(SO
4
)
2
].
Galoidlar
– galoidvodorod kislotaning tuzlaridir (HCl, HF, HBr). Eng 
ko’p tarqalgan galoid minerallaridan xlorid kislota birikmalari bo’lgan - osh tuzi 
(NaCl) va sil’vindir (KCl). Yuqorida nomlari qayd etilgan minerallar yumshok
katta zichlikka ega emas, ko’pincha oq rang ko’rinishida, lekin begona 
aralashmalar ta’siri tufayli rangi o’zgarishi mumkin, suvda oson eruvchan bo’ladi. 
Fosfatlar
- fosfat kislotaning tuzlaridir. Eng ko’p tarqalgan apatit va uning 
gilli va qumli aralashmasi - fosforitdir. Guruh minerallari ko’p tarqalgan emas, 
ular turfa rangda bo’lib, qattiq sanaladi. 


35 
Sul’fidlar
- Yer qobig’ida rudali minerallar; sul’fidlar, oksidlar va
gidrooksidlar ko’p uchraydi.
Maxsus guruhni, sof holda tabiatda uchraydigan erkin atomdan tashkil 
etilgan kristalli metallar va nometallar - sof mis, oltingugurt, oltin, kumush, 
platina, olmos, grafitlar tashkil etadi. 
Muhandislik geologiyasida gilli minerallarga alohida o’rin berilgan. 
Ularga suvli silikatlar va alyumosilikatlar kiradi. Gilli minerallar soni 40 ta gacha 
yetib boradi. Jins tashkil etuvchilardan kaolinit, montmorillonit, poligorokit, suvli 
slyudalar va boshqalardir. Gilli minerallar zarralari kristall yoki amorf ko’rinishida 
bo’lishi mumkin.
Bu minerallarni suvda qorilganda plastiklik holiga o’tadi, quritilganda
suvsizlanadi, kuydirilganda esa toshga aylanib qotadi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin