2.Terminologiya fani ununig maqsadlari Hozirgi paytda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzular bilan birga terminologiya ham turibdi. Aynan shu davrda zamonaviy tilshunoslik fanida yanada keng ma’no kasb etgan va chuqurroq o‘rganilayotgan “terminologiya”ni topish mushkul vazifaladan biri hisoblanadi. Terminologiya zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning aktual yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda terminologiya masalasining o‘sib borishi, bir tomondan, ilmfanning dinamik rivojlanishi tufayli yangi tushunchalarning ko‘payib borishi sababli deb qaralsa, ikkinchi tomondan, terminlarning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va funksiyasi kabi masalalarning yetarli darajada o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq hodisa deb izohlanadi. Terminalogiya har bir til so’z boyligining juda kata qismini tashkil etadi. Uning juda tez rivojlanishi ham bejiz emas, chunki u yangi so’zlar yasash imkonini beradi. Biror tilning terminologiyasi ko’p terminlar tizimidan tashkil topgan. Bilim, sanoat yoki madaniyatning biror maxsus sohasidagi biror so’z yoki so’z birikmasi termin deb ataladi. Termin ifoda etayotgan biror so’zning mazmuni mavzuli biror adabiyotda izohlash orqali talqin qilinadi. So’z ifodasi lingvistik termin deb hisoblanishimumkun deb yozgan edi Z.Xarris va I.F.Frizyslar. Ular deskriptiv lingvistika tarafdorlaridan bo‘lib, so‘z ifodasini quyidagicha ta’riflaydilar: “So‘z ifodasi insonning har qanday nutqi bo‘lib, u sukutdan oldin yoki keyin ifoda etilishi mumkin”. Fanning har bir bo‘limi yoki maktabi o‘z tabiati va metodlariga moslab maxsus terminologiyani rivojlantiradi. Bunday maxsus terminologiya ilmiy izlanishning muhim qismi bo‘lib, o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki u rivojlanishga katta hissa qo‘shadi. Yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko‘proq kirib kelgan bo‘lsa, shu soha terminologiyasi to‘xtovsiz ravishda kengayib bormoqda. Ana shunday sohalardan biri bugungi kitobatchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi poligrafiya-nashriyotchilik sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e`tibor bersak, bu sohaga texnik vositalarning kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Lekin uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. Hozirgi zamonaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarmog‘i hujjatlarni tayyorlash va ularning nusxalarini ko‘paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan texnik vositalar qo‘llanadigan etakchi sohalardan biriga aylandi. Natijada, ushbu soha terminologiyasiga juda ko‘plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy terminlar ham kirib kelmoqda. Lekin B.N.Golovin “terminologiya” va “terminologik tizim” ifodalarini professional faoliyat sohalaridagi aloqador bir -biri bilan tushunchaviy leksiksemantik, so’z yasalishi va grammatik darajalarda bog’langan terminlar majmui” ni bildiruvchi sinonimlar sifatida ishlatishni taklif qiladi. Boshqa mualliflar esa, aksincha “terminologiya” va “terminalogik tizim” tushunchalarini farqlash lozimligini uqtirishadi, ya’ni “terminalogiya” tushunchasi ostida stixiyali tarzda to’planib boruvchi terminlar majmuini , “terminologik tizim” deganda esa inson bilimlari yoki faoliyatining ma’lum bir ixtisoslashgan sohasini tasvirlovchi tushunchalar tizimini adekvat ifodalovchi tartibga solingan terminlar majmuini tushunishni taklif etishadi. Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi. Ma’lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy adabiyotda qo‘llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo‘lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlikkabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois, V.P.Danilenko ta’kidlaganidek, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsatkichi shu soha terminologiyasining «qat`iy ilmiy terminologiya»ga ega ekanligi bilan ham belgilanadi. V.P.Danilenko bu yerda «qat`iy ilmiy terminologiya» tushunchasini biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uyg‘unlashuvi, sohaviy terminologiyaningayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan terminologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlarni nazarda tutadi. Terminlarning aniqligi va qat`iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Atamalarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha bo‘lib, ma’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to‘xtovsiz bo‘lgani uchun yangi atamalarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida atamalarning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘llanmalar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Shu boisadan bugungi o’zbek tilshunosligida terminologiya masalariga ahamiyat yildan yilga takomillash bormoqda. Zeroki, atamalarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Terminologiya voqelikni tushunishning ma’lum bir belgilangan sitemasini ifodalab, intelektual aloqa kanalining biri hisoblanadi. Vinogradovning fikriga ko’ra “Terminlarni yaratish va belgilashning ikki tomoni, ikki nuqtai nazari mavjud: til strukturasi va tushunish, semantic shartli ravishda ilimdagi u yoki bu tushunish sistemasining rivojlanishi” deya izoh beradilar (В.Виноградов, «Вопросы языкознания»1961, стр.3-10). Tilshunoslikda terminlarning o‘zgarishi hamda yangi terminlarning paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu haqda tilshunos olim L.I.Bojno quyidagilarni ta’kidlaydi: «Texnikataraqqiyoti ta’sirida terminologiya o‘zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining umumiy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi» (Воджно Л.И. Научнотехническая терминология из обектов изучение закономерностей розвитие языка // Филологическая наука. 1971. – с. 103.). Texnik malakaning endilikda ma’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalarning.
Chizmachilik fani o‘quvchilarning tasavvur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o‘stiradi. Tasavvur esa shakliy va fazoviy bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini oshirish maqsadida ularga chizmaga doir an’anaviy savollar va mashqlar berildi. Mashqlar o‘rtacha (A) va yaxshi (B) o‘zlashtiruvchi hamda iqtidorli (C) o‘quvchilarning bilimini hisobga olgan holda tuzilgan. Hozirgi zamon mashina va jihozlar ishlab chiqarish texnologiyalarini chizmalarni o‘qishni bilmasdan turib egallab bo‘lmaydi. Chunki har bir mutaxassis va yuqori malakali ishchi texnika yordamida turli buyumlar va ularning detallarini yasash hamda nazorat qilishda ishtirok etadi.
Chizmachilikka oid bilimlarni to‘liq egallashning asosiy shartlaridan biri grafik savodxonlik (chizmalar chizish va o‘qishni bilish)dir. Chizmani o‘qish va chizishni bilishning asosi chizmachilikda har bir narsaning shartli ravishda soddalashtirib tasvirlanishini mukammal egallashdan iborat. Buning uchun chizmachilik fanini egallashga harakat qilish lozim. Har bir mavzu so‘ngidagi savollarga javob berib, mashqlarni to‘liq bajarib borsangiz, fanni to‘liq o‘zlashtirishingiz mumkin. Barcha muhandislar o‘z g‘oyalari va fikrlarini ifodalashda faqat chizmalardan foydalanishadi. Shu boisdan bunday chizmalar hujjat hisoblanadi
va jahonda ishlab chiqariladigan barcha sanoat mahsulotlari hamda uyro‘zg‘or buyumlari faqat chizmalar asosida tayyorlanadi. Umuman olganda, barcha fanlar, asosan, chizmalar yordamida tushuntiriladi. Chunki, chizma har qanday narsaning yaqqol ko‘rinishini ta’minlaydigan tasvir-hujjat hisoblanadi.
Narsaning aniq shakli va o‘lchamlarini to‘liq ifodalaydigan va buyumni nazorat qila oladigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi. Chizma esa texnika tilidir.
Chizmalar chizish qoidasini o‘rgatuvchi fan chizma geometriya hisoblanadi. Shu boisdan, chizma geometriya chizmachilikning grammatikasi deyiladi.
Ma’lumki, geometriya fanida figuralarni nazariy jihatdan bilib olasizlar. Chizmachilik fanida esa ularni tekislikda chizish yo‘li bilan amaliy o‘rganasizlar. Demak, bundan chizma geometriyaning grammatikasi geometriya fani ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chizmachilik va geometriya fanlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi bois, geometriya fanini puxta o‘zlashtirib olsangiz, chizmachilik fanini yanada yaxshiroq bilishingizga imkon tug‘iladi.