Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi



Yüklə 251,79 Kb.
səhifə1/4
tarix16.10.2023
ölçüsü251,79 Kb.
#156100
  1   2   3   4
Mulkchilik

Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi

Reja:

  • Mulkchilik munosabatlarining mohiyati, evolyutsiyasi va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari.
  • Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi asoslari.
  • O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.

1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati, evolyutsiyasi va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.

Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.


Yüklə 251,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin