1.3 Korxonalarning mulkiy maqomi va xo’jalik yuritish uslublari
Xo’jalik huquqi sub`ektlarining turlari to’g’risida so’z ketar ekan, avvalo, shuni aytish joizki, ularni bir necha turlarga ajratish mumkin. Sub`ektlarni turkumlash ularning mulkchilik shakliga, vakolatlariga, faoliyat turiga qarab belgilanadi.
Mulk shakllarining xilma-xilligidan kelib chiqib, xo’jalik huquqining sub`ektlarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Fuqarolarning xususiy mulkiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub`ektlar;
2. Jamoa mulki ko’rinishidagi xususiy mulkka asoslangan xo’jalik yurituvchi sub`ektlar (jamoa, oila, mahalla, ishlab chiqarish kooperativlari, aktsiyadorlik jamiyatlari, ma`suliyati cheklangan jamiyatlar, shirkatlar) va boshqalar;
3. Davlat mulkiga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub`ektlar (respublika mulkiga, ma`muriy-territorial tuzilmalarning mulkiga asoslangan);
4. To’la yoki ulush qo’shib ishtirok etishga asoslangan (qo’shma korxonalar) xo’jalik yurituvchi sub`ektlar;
5. Mulkchilikning aralash shakliga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub`ektlar.
Xo’jalik huquqining sub`ektlaridan biri xususiy korxonalardir.
Xususiy korxona qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Shartnoma deb ikki yoki bir necha (jismoniy yoki yuridik) shaxsning huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvga aytiladi.
Shartnoma taraflarning bitimi (kelishuvi) sifatida quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
a)taraflarning erkini erkin ifodalanishi;
b) uning mazmunini tashkil etuvchi barcha muhim shartlar bo’yicha taraflarning kelishganligi;
v) taraflarning o’z majburiyatlari bo’yicha harakatlarini (qoida tariqasida) haq evaziga bajarishi;
g) shartnoma munosabatlarida taraflarning tengligi;
d) shartnomani ijro qilishning yuridik kafolati;
j) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar o’rtasidagi xo’jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlar O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |