Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish ko`p jihatdan o`qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta`kidlab o`tish lozim



Yüklə 17,97 Kb.
tarix08.06.2023
ölçüsü17,97 Kb.
#126865
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro


Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish ko`p jihatdan o`qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta`kidlab o`tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to`g`ri tanlangan, o`qituvchining ma`naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o`quvchiga alohida e`tibor va dilkashlik, sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o`qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi; ikkinchidan, har bir o`quvchi bilan o`zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga ―kirib borish‖ga yo`l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o`qituvchining ma`naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo`lib, ta`lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o`qituvchining o`z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini ta`minlaydi.
O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
1. O`quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o`rganishi. O`quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish, o`qituvchining muloqotni to`g`ri tashkil etishi asosida amalga oshadi.
2. Shaxsiy muloqotda ro`y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo`pollik, mensimaslik va boshqa salbiy holatlarni yengish.
3. O`qituvchi o`zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo`lgan uslublarini ishlab chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o`z-o`zini kuzatish bilan yutuq va kamchiliklarni taqqoslash.
4. O`zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an`ana va ma`naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish.
5. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, bu uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida).
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o`qituvchilar o`z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o`quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta`lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o`qituvchi va o`quvchilarning bevosita o`zaro munosabatini ma`lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo`naltiruvchi kuchdir. Bu o`rinda o`qituvchi quyidagi vaziyatlarni e`tiborga olishni alohida ta`kidlash lozim:
- o`qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so`z ohangiga e`tibor, an`anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o`zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o`quvchilar hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o`z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so`z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart- sharoitlarini bilib olishning o`zi kifoya qilmaydi, o`quvchilar bilan o`zaro muomalaning ―ustoz-shogird an`analariga xos boshlanishi va o`zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob`ektining diqqatini o`ziga jalb qilish;
- muloqot ob`ekti, ya`ni o`quvchining diqqatini o`ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma`nosi o`qituvchi o`zining xushmuomalaligi, madaniyati, go`zal xulqi, muloqotda o`quvchilar qalbiga yo`l topa olishi bilan o`z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy- psixologik negizni asos qilib olishidir. Ko`rsatib o`tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta`sir ko`rsatish uchun, o`qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo`yiladi. Ushbu fazilatlar o`qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o`quvchilar bilan aniq maqsadni ko`zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo`lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o`qituvchi quyidagi xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirishi lozim:
- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo`lgan yuksak ma`naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e`tiqod, davlatimiz ideallari, milliy g`oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg`ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
- o`quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko`nikmasi va malakasining shakllanganligi;
- jamiyatda ro`y berayotgan hodisalar, jahonda ro`y berayotgan voqealar, tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjudligi;
- pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari, munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o`z faoliyatiga nisbatan refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
- har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro`y berayotgan yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o`zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan munosabatda bo`lish, o`z oldiga to`g`ri maqsad qo`ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va o`z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
- pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini namoyish etishi;
- dunyoqarashi va tafakkur ko`lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilliligi, muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
- o`quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham, ma`noli, ta`sirchan kuchga egaligi, psixologik ta`sir o`tkazish bilan qurollanganligi.
Har bir o`qituvchi uchun o`quvchilarga to`g`ri, omilkor axborot uzatish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o`qituvchining muloqot madaniyati, ma`naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchining pedagogik faoliyati uzluksizdir, shu sababli u pedagogik muloqot madaniyatini ham muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo`nalishlarga e`tibor berishi lozim:
1. yuksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o`z-o`zini anglashi, (muomalada o`zining o`zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o`zaro fikr almashish yo`li bilan o`z-o`zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o`zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakllantirib borishi, muloqot asosida to`g`ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda o`zining ideal tasavvurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o`qituvchilar jamoasi, o`quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasavvurlarini tahlil qilishi.
3. O`zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O`quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o`zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo`ladigan salbiy holatlarni yengish ko`nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O`qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, o`quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo`lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o`qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o`ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. Sinfda sodir bo`ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o`qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo`ladigan tipik hodisa. Ayniqsa, ushbu holat endigina o`z faoliyatini boshlagan yosh o`qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o`qituvchilarning o`quvchilar bilan olib boradigan ta`lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to`g`ri yo`nalish berish, barcha o`quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o`qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yadigan o`qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko`lamiga odatda o`quvchilar hech qachon e`tibor bermaydilar. Chunki, o`quvchilar yoshidan va tajribasidan qat`iy nazar barcha o`qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O`zbekistonda ta`lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o`ziga xos an`analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud.
Yüklə 17,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin