Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati.
Muloqot vazifalari va turlari .
Muloqot axborot almashinuvi sifatida.
Muloqot o‘zaro ta’sir sifatida.
Muloqot odamlarning bir-birini idrok qilishi sifatida.
Muloqotning rivojlanishi.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
Muloqot – hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni
Verbal kommunikatsiya. Inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi
Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nizo – muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo‘lgan muammoni hal etish vaqtida ular o‘rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.