Muloqot- odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya'ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi.
bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni;
bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni".
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko'rinishlari
rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o'z qo'l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti
norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o'sha suhbatdoshlarnnng fikr-o'ylari, niyat-maqsadlari va emosional munosabatlari bilan belgilanadi.
norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko'proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya'ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko'ngilligi, suhbatlashish yo'llarini bilish, til topishish qobiliyati, o'zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi