Multimedia vositalari va ularning ahamiyati



Yüklə 38,34 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü38,34 Kb.
#183089
  1   2   3
2-amaliy-1


Mavzu: Multimedia bilan ishlashda tarmoqlardan foydalanish


Multimedia vositalari va ularning ahamiyati.
Multimediya vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi avzalliklariga ega
Berilayotgan materialni chuqurroq, mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
Ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni oʻzatishning yuqori tezligi bilan bogʻliq, koʻplab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video axborotning soʻngi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sigʻimdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi boʻladi. Masalan, 650 Mb sigʻimli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi CD-ROM optik kompakt diski shu jumladandir.
Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada boʻlib oʻtdi va bu sana video va audioaxborotli toʻlaqonli multimedianing paydo boʻlishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) boʻladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-murvatni boshqarish yoʻli bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electronics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IBM va Microware firmalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: shovqinga muvozanatliligining yuqoriligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining zaif bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mо‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda о‘tkazuvchanlik qobiliyatini qо‘llashning samaradorligi va boshqalar. Telegraf aloqa о‘rniga ma’lumotlarni uzatish, elektron pochta, faksimil aloqa kabi xujjatli elektr aloqa turlari kirib keldi. Bir vaqtning о‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati о‘zgaradi. Kо‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi evolyusiyasi, axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intelektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash yо‘nalishi bо‘yicha ketadi deb takidlashmoqda.
Tezlikning yuqoriligi. Tasvirlarni uzatish, jumladan televizion, multimedia ilovalarida turli kо‘rinishdagi axborotlar integratsiyasi, lokal, shahar va territorial tarmoqlar uchun zarur.

Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni te­jash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.

Yüklə 38,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin