Kompyuter o‘quv ilovalarini (KO‘I) ni yaratish tavsifiga o‘tishdan oldin, ularni ma’lum sinflarga bo‘lib olamiz. Dastavval barcha KO‘Ilarni ikki: lokal
texnologiyalar va internet texnologiyalar uchun mo‘ljallangan ilovalar guruhiga ajratamiz. I
Lokal texnologiyalar deganda, alohida kompyuterda ishlash uchun mo‘ljallangan disk yoki lokal tarmoq vositalari yordamida boshqa kompyuterga uzatish imkoniga egaqilib yaratilgan ilovalar tushuniladi.
Internet texnologiya global (Internet) tarmoqlari uchun ilovalarni o‘zlari emas, ularning nusxalari foydalanuvchiga maxsus dasturlarning veb sahifalari orqali kirish mumkin bo‘lgan ilovalar yaratishni ko‘zda tutadi.
Lokal gipermatnli ilovalarni yaratish uchun hozirgi kunda ko‘pginadasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, HelpWrirer Windows boshqaruvida ishlaydigan konstruktor. Windows uchun mo‘ljallangan MS Access dasturi. Talabalarni joriy o‘zlashtirishini nazorat qilish, o‘qituvchilarning kafedra bo‘yicha yuklamasini taqsimlash va boshq. Elektron o‘quv nashrlar yaratish jarayoni ta’lim borasida oliy o‘quv yurti faoliyatining etakchi yo’nalishiga aylanib bormoqda. Elektron o‘quv nashrlarini (EO‘N) yaratish murakkab didaktik talablarni o‘z ichiga oladi, lekin hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari bu muammoni hal qilishda keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim: o kursning bo‘limlar birligida namoyish qilinishi; o mundarija bo‘limlariga to‘liq ruxsat etilishi; o turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanish;
o o‘quv materialining o‘rganuvchi xususiyatlari yuzasidan moslashuvchanligi. EO‘Nni yaratishda turli darajadagi o‘rganuvchilar uchun individual ta’lim xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda qanday ma’lumot tasvirlanayapti, qanday qilib, qanaqa ketma-ketlikda, qaysi o‘qitish uslubiyati qo‘llanilmoqda - bularning hammasi ma’lum o‘quv jarayonining individual chizgilari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda masofaviy o‘qitishda keng ko‘lamdagi elektron o‘qitish tizimlari mavjud bo‘lib, ularga misol sifatida VLE (o‘qitishning virtual vositalari-Virtual Learing Environment), V2K- Bridge to Knowledge, WebCT, Learning Space, OpenClass,
KADIS va Prometey tizimlari va boshqa shu kabi o‘quv jarayonining asosiy vazifalarini avtomatlashtiruvchi tizimlami keltirish mumkin.
Zamonaviy adabiyotlar va ta’lim tizimidagi mavjud me’yoriy xujjatlarga asoslanib, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan EO‘Nlarni qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra quyidagi belgilariga asoslanib guruhlarga ajratish mumkin: tuzilishiga ko‘ra, funksional vazifasiga ko‘ra, matnni tashkil qilishiga ko‘ra, ma’lumotni tasvirlash xarakteriga ko‘ra, ma’lumotni ifodalash shakliga ko‘ra, maqsadga yo’naltirilganligiga ko‘ra, tarqatilish texnologiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi va elektron vosita orasidagi bog‘liqlik xarakteriga ko‘ra va hokazo. EO‘Nlar moslashuvchanligini oshirishda uning ko‘p darajaliligi ham yuqori samara beradi. Ko‘p darajali EO‘Nlar o‘quv materialini ko‘rib chiqishning bir nechta yo’llarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, ya’ni turli qiyinlik darajalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda har bir daraja modullarga ajratilib, har bir moduldagi yangi ma’lumot oldingi ma’lumotlar bilan nazariy bog‘langan bo‘lishi lozim. EO‘Nning har bir moduli test topshirig‘i ko‘rinishidagi nazorat savollarini echish bilan tugallanishi mumkin. Bu tuzilishni biz quyidagicha tasvirlaymiz:
SHu o‘rinda biz uch darajadagi moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan EO‘Nlarni yaratishni keltirib o‘tmoqchimiz.
Dostları ilə paylaş: |