Multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/7
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#40985
1   2   3   4   5   6   7
multimediali pedagogik dasturiy vositalar yaratish texnologiyalari

Birinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari oddiy HTML tilida, oq-qora rangda ikki o‘lchamli tasvirlardan iborat, oddiy chizmalardan foydalanilgan holda tasvirlanishi mumkin.

Ikkinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari HTML, Java, JavaScript ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar, bo‘limlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liklik holida keltirilishi mumkin.

Uchinchi darajada o‘quv materiali har bir bo‘limda HTML, Java, JavaScript ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar va matnlardan tashqari, ovozli, video, namoyishli tarzda va albatta testlash dasturi bilan birga keltiriladi.

YUqorida sanab o‘tilgan uch xil darajali EO‘Nlarni yaratish o‘quvchi bilim salohiyatini oshishi, masofaviy o‘qitishda bilimni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va

darslikning o‘quvchiga bo‘lgan moslashuvchanlik darajasini yuqoriga ko‘tarilishiga olib keladi.




1-rasm. Ko p darajali elektron o ‘quv nashrlari texnologiyalari.


YUqorida ko‘rsatilgan tuzilishdagi elektron o‘quv nashrlarining dasturiy qobig‘inida ko‘rsatilgan barcha imkoniyatlar kiritilgan bo‘lib, unda foydalanuvchi uch xil darajadagi o‘quv materialidan foydalanishi mumkin. Dasturda foydalanuvchining bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishi uchun qulay interfeys taklif etilgan. Bundan tashqari ushbu qobiqda foydalanuvchilarning elektron o‘quv nashrlarini dasturga joylashtirishda qo‘l mehnatini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish oshirilgan. Masofadan o‘qitish tizimining testlash dasturi ham turli ko‘rinishlar va imkoniyatlarda yaratilishi zarur. Bunga o‘rganuvchi bilimini to‘liq tekshiradigan, noto‘g‘ri berilgan javobga turli variantlar keltiriladigan, turli bosqichdagi testlashni keltirish mumkin. EO‘Nlarining moslashuvchanligi qanchalik yuqori va o‘rganuvchi talabiga mos bo‘lsa, shundagina masofadan o‘qitish tizimida etarlicha ijobiy natijalarga erishsa bo‘ladi.

Axborot texnologiyalari vositalarining markazida kompyuter turishi xech kimga sir emas. Xozirgi kunda kompyuterlardan ta’lim tizimida asosan 4 yo’nalishda :

> O‘rgatish ob’ekti sifatida



  • O‘qitishning texnik vositasi siatida

  • Ta’limni boshqarishda

  • Ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda

Kasbiy ta’limni kompyuterda qo‘llab-quvvatlash sohasining tizimli o‘rganilishi 30 yildan uzunroq tarixga ega. Bu davr ichida AQSH, Fransiya, YAponiya, Rossiya va boshqa qator davlatlarning o‘kuv yurtlarida turli xildagi EHMlar uchun ta’limga moTjallangan ko‘plab kompyuter tizimlari ishlab chiqilgan. Lekin bunday tizimlarning qoTlanilish sohalari ancha kengdir. Bu - katta sanoat tashkilotlari, harbiy va jamoatchilik sohalarida kadrlarni mustakil tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini olib boruvchi tashkilotlardir. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda yangi murakkab qurilma va texnologiyalarni o‘rganish va amalga kiritish jarayonlarini tezlashtirish uchun ularga kompyuterli o‘rganish tizimlarini kiritish odatiy xolga aylanib bormoqda. CHet elda o‘rgatishga moTjallangan "yumshoq" dasturiy vositani ishlab chiqish yuqori malakali ishchilar (ruxshunoslarni, fan o‘kituvchilarini, kompyuter dizaynerlarini, dasturchilarini) mehnatini talab qilgani uchun juda "qimmat" soha hisoblanadi. SHunga qaramay ko‘pgina chet el firmalari ta’lim maskanlarida yangi kompyuterli o‘kuv tizimlari yaratilishini moliyalashtirishadi va bu sohada o‘z izlanishlarini olib borishadi. Metodologik tomondan kasbiy tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlashda kompyuter vositalarining ishlab chiqilishi va qoTlanilishi (birinchi navbatda "yumshoq" maxsulotni) boshidan boshlab bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan turli sohalarda rivojlana boshlagan. Birinchi yo’nalish dasturiy o‘rgatish g‘oyalariga asoslanadi. Bunda turli fanlar bo‘yicha avtomatlashtirilgan o‘rgatish tizimlari (AUT) ishlab chiqiladi va ko‘llaniladi. AUT ning asosi bulib muallif-o‘kituvchiga yangi o‘quv materiallarini ma’lumotlar bazasiga kiritish, maxsus mualliflik tillari yoki boshqa tillar yordamida dasturlash imkonini beruvchi mualliflik tizimlari xizmat qiladi. AUT ga misol sifatida chet eldagi PLATO tizimini, yoki Rossiyadagi AOSB oilasini keltirsak buladi. XX- asrning 90 - yillaridan boshlab Rossiya va MDX mamlakatlarida kompyuter kurslarini yaratuvchi instrumental muxitlar (chet elning IBM PC yoki Rossiyaning va boshqa dasturlari) paydo bo‘la boshladi.

Ikkinchi yo’nalish - umumta’lim va kasbiy tayyorgarlikni kompyuterda qo‘llash inson faoliyatining turli sohalarini kompyuterlashtirishning "yumshoq" mahsulotining ikkinchi darajali ilovasi hisoblanadi. Bular kiyin hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi, matematik modellar asosida jarayonlar yoki ob’ektlarning hususiyatlarini o‘rganuvchi aloxida dasturlar yoki dastur paketlaridir. Kasbiy tayyorgarlikda bunday dasturiy tizimlarni qo‘llash bizda ham, chet elda ham AUT larga nisbatan kengroq ishlatiladi, lekin yagona didaktik shaklning yo’kligi, mazmunning umumiy emasligi ularning ilmiy adabiyotlarda yaxshi yoritilmaganligiga olib keladi. Soxaviy dasturlarni o‘kitishga moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan ko‘plab dasturlar ichidan hamda didaktik va texnik umumlashtirish urinishlarining tizimliligi bilan ajralib turadi. 80- yillar boshidan boshlab ta’limni kompyuterlashtirishning yangi yunalishi - sun’iy intelekt soxasida ishlashga asoslangan intelektual o‘rgatuvchi tizimlar (IUT) tez rivojlana boshladi. Boshqariluvli o‘qish jarayoni modeli IUT laming muhim qismi hisoblanadi, ular asosida har bir o‘quvchi uchun maxsus o‘qitish strategiyasi ishlab chiqilishi mumkin. IUT lardagi ma’lumotlar bazalari formallashtirilgan bilimlardan tashqari o‘rganilayotgan soxa uchun ekspert bilimlariga ega bo‘lishi mumkin. IUT ni yaratish yo’nalishidagi ishlarning kelajagi porlok ko‘ringani bilan, bugunda ular labaratoriyadagi izlanishlar darajasida qolishmoqda, bir nechta omadli misollar bo‘lgani bilan ularni ishlab chiqarish xali ommaviy tus olgani yo’q. 90 -yillardagi "SHaxsiy revolyusiya" ta’lim sohasiga nafaqat texnik, balki didaktik imkoniyatlarni ham - SHEXM lar ishlatish imkoniyatlari, dialogik muloqotni tashkillashtirish qulayligi va albatta tasvir bilan ishlash. Ta’lim kompyuter tizimlarida tasviriy takdimotlarning ishlatilishi nafaqat o‘quvchiga ma’lumot uzatish tezligini oshiradi va tushunish darajasini oshiradi, balki o‘quvchida har qanday soxa vakili uchun muxim bo‘lgan intuitsiya, kasbiy "sezish", tasvirli o‘ylash kabi qobiliyatlarni ham rivojlantiradi. Kompyuter texnologiyalari bozorlarida esa kasbiy tayyorgarlikka yanada kuproq imkoniyatlar bera oladigan yangiliklar paydo bulmoqda. Bular katta hajmdagi ma’lumotni o‘zida saqlay oladigan CD-ROM kompakt disklaridagi tashqi optik eslab qolish qurilmalari, gippermatnli dasturiy vositalar, multi va gippermediya vositalari, "virtual borliq" tizimlari va boshqalar. Multmediyali texnik vositalarga ega bo‘lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o‘zida murojaatlarni tashkil qilsa bo‘ladi, bu esa kalit so‘zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas, balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o‘zaro bog‘lash imkonini beradi. Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo‘llanmalari, spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar yordamida tarqatish imkonini beradi. Axborot telekommunikatsion tarmoqlarning rivoji esa sayyoramizning turli nuqtalarida saqlanayotgan katta hajmdagi ma’lumotga erishish imkonini yaratadi va shu bilan birga distansion ta’lim tizimlari rivojiga turtki beradi.

Kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnik va dasturiy vositalarning paydo bulishi sekin-asta "kompyuter texnologiyalari" atamasining "Axborot texnologiyalari" atamasi bilan siqib chikarilishga olib kelmoqda. Bu atama ostida elektron vositalar yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish, va ishlatish jarayonlari tushuniladi. SHunday qilib, ta’limni axborotlashtirish deganda o‘quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi. Bu terminalogiyaga mos xolda ta’lim axborot texnologiyalarini (TAT) o‘quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig‘indisi sifatida ta’riflasa buladi. Elektron vositalar tarkibiga qo‘llanilishi TAT metodik qo‘llanmalarida ko‘rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi. TAT ning apparat, instrumental va dasturiy vositalarining jadal rivoji turli didaktik g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin, o‘zimizning va chet ellarning ta’limga ixtisoslashgan kompyuter tizimlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, ularning ko‘pchiligini didaktik ko‘rsatkichlarga ko‘ra xattoki "qonikarli" ham deb bo‘lmaydi. Gap shundaki, ta’limga muljallangan "yumshoq" mahsulotning sifat darajasi uni loyixalash jarayonida - AUT ma’lumotlar bazasini va elektron kitoblarni to‘ldirayotganda, modellashtiruvchi tipdagi kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol va masalalari ishlab chikish jarayonlarida belgilanadi. Afsuski, TAT ning metodik ta’minoti texnik vositalar rivojidan ancha ortda qolmoqda. Buni metodik jihatdan TAT ni psixologiya, pedagogika, telematika, kibernetika, informatika singari murakkab fanlar bilan ishlashi bilan tushuntirsa bo‘ladi. Kasbiy ta’lim uchun TAT ni yaratish aynan uning mavzusi soxasini, dars o‘tish metodikasini yaxshi bilish zarurligi bilan ham qiyinlashadi.

Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko‘ra (SHephard - SHepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:


  1. Muqobil istiqbollar

  2. Faol ishtirok

  3. Tezkor ta’lim olish

  4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish

  5. Muammolarni echish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari

  6. Tizimli ravishda tushuna borish

  7. YUqori darajadagi tafakkur

  8. Mustaqillik va e’tiborlilik

  9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish

  10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari

Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meer (Maer) ham aytib

o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing ma’lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir- biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:


  • ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;

  • o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;

  • ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish

(o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati);

  • ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;

  • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub’ekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;

  • ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;

  • mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;

  • ta’lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan

multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

Ta’lim oluvchilaming individual xususiyatlarini hisobga olish va ulaming manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.

Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.

Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab- quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to‘ldirgan holda zaruriy emotsional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita

o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.

Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.

Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari.

Ta’limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin