Birinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari oddiy HTML tilida, oq-qora
rangda ikki o‘lchamli tasvirlardan iborat, oddiy chizmalardan foydalanilgan holda
tasvirlanishi mumkin.
Ikkinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari HTML, Java, JavaScript ilovalari,
2-D, 3-D va rangli tasvirlar, bo‘limlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liklik holida
keltirilishi mumkin.
Uchinchi darajada o‘quv materiali har bir bo‘limda HTML, Java, JavaScript
ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar va matnlardan tashqari, ovozli, video,
namoyishli tarzda va albatta testlash dasturi bilan birga keltiriladi.
YUqorida sanab o‘tilgan uch xil darajali EO‘Nlarni yaratish o‘quvchi bilim
salohiyatini oshishi, masofaviy o‘qitishda bilimni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va
8
darslikning o‘quvchiga bo‘lgan moslashuvchanlik darajasini yuqoriga ko‘tarilishiga
olib keladi.
1-rasm. Ko‘p darajali elektron o‘quv nashrlari texnologiyalari.
YUqorida ko‘rsatilgan tuzilishdagi elektron o‘quv nashrlarining dasturiy
qobig‘inida ko‘rsatilgan barcha imkoniyatlar kiritilgan bo‘lib, unda foydalanuvchi
uch xil darajadagi o‘quv materialidan foydalanishi mumkin. Dasturda
foydalanuvchining bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishi uchun qulay interfeys taklif
etilgan. Bundan tashqari ushbu qobiqda foydalanuvchilarning elektron o‘quv
nashrlarini dasturga joylashtirishda qo‘l mehnatini kamaytirish masalasini ko‘rib
chiqish oshirilgan. Masofadan o‘qitish tizimining testlash dasturi ham turli
ko‘rinishlar va imkoniyatlarda yaratilishi zarur. Bunga o‘rganuvchi bilimini to‘liq
tekshiradigan, noto‘g‘ri berilgan javobga turli variantlar keltiriladigan, turli
bosqichdagi testlashni keltirish mumkin. EO‘Nlarining moslashuvchanligi qanchalik
yuqori va o‘rganuvchi talabiga mos bo‘lsa, shundagina masofadan o‘qitish tizimida
etarlicha ijobiy natijalarga erishsa bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari vositalarining markazida kompyuter turishi xech kimga
sir emas. Xozirgi kunda kompyuterlardan ta’lim tizimida asosan 4 yo’nalishda :
O‘rgatish ob’ekti sifatida
9
O‘qitishning texnik vositasi siatida
Ta’limni boshqarishda
Ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda
Kasbiy ta’limni kompyuterda qo‘llab-quvvatlash sohasining tizimli o‘rganilishi
30 yildan uzunroq tarixga ega. Bu davr ichida AQSH, Fransiya, YAponiya, Rossiya
va boshqa qator davlatlarning o‘kuv yurtlarida turli xildagi EHMlar uchun ta’limga
mo‘ljallangan ko‘plab kompyuter tizimlari ishlab chiqilgan. Lekin bunday
tizimlarning qo‘llanilish sohalari ancha kengdir. Bu – katta sanoat tashkilotlari,
harbiy va jamoatchilik sohalarida kadrlarni mustakil tayyorlash va qayta tayyorlash
ishlarini olib boruvchi tashkilotlardir. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda
yangi murakkab qurilma va texnologiyalarni o‘rganish va amalga kiritish
jarayonlarini tezlashtirish uchun ularga kompyuterli o‘rganish tizimlarini kiritish
odatiy xolga aylanib bormoqda. CHet elda o‘rgatishga mo‘ljallangan "yumshoq"
dasturiy vositani ishlab chiqish yuqori malakali ishchilar (ruxshunoslarni, fan
o‘kituvchilarini, kompyuter dizaynerlarini, dasturchilarini) mehnatini talab qilgani
uchun juda "qimmat" soha hisoblanadi. SHunga qaramay ko‘pgina chet el firmalari
ta’lim
maskanlarida
yangi
kompyuterli
o‘kuv
tizimlari
yaratilishini
moliyalashtirishadi va bu sohada o‘z izlanishlarini olib borishadi. Metodologik
tomondan kasbiy tayyorgarlikni qo‘llab-quvvatlashda kompyuter vositalarining
ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi (birinchi navbatda "yumshoq" maxsulotni) boshidan
boshlab bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan turli sohalarda rivojlana boshlagan. Birinchi
yo’nalish dasturiy o‘rgatish g‘oyalariga asoslanadi. Bunda turli fanlar bo‘yicha
avtomatlashtirilgan o‘rgatish tizimlari (AUT) ishlab chiqiladi va ko‘llaniladi. AUT
ning asosi bulib muallif-o‘kituvchiga yangi o‘quv materiallarini ma’lumotlar
bazasiga kiritish, maxsus mualliflik tillari yoki boshqa tillar yordamida dasturlash
imkonini beruvchi mualliflik tizimlari xizmat qiladi. AUT ga misol sifatida chet
eldagi PLATO tizimini, yoki Rossiyadagi AOSB oilasini keltirsak buladi. XX-
asrning 90 – yillaridan boshlab Rossiya va MDX mamlakatlarida kompyuter
kurslarini yaratuvchi instrumental muxitlar (chet elning IBM PC yoki Rossiyaning va
boshqa dasturlari) paydo bo‘la boshladi.
10
Ikkinchi yo’nalish – umumta’lim va kasbiy tayyorgarlikni kompyuterda qo‘llash
inson faoliyatining turli sohalarini kompyuterlashtirishning "yumshoq" mahsulotining
ikkinchi darajali ilovasi hisoblanadi. Bular kiyin hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi,
matematik modellar asosida jarayonlar yoki ob’ektlarning hususiyatlarini o‘rganuvchi
aloxida dasturlar yoki dastur paketlaridir. Kasbiy tayyorgarlikda bunday dasturiy
tizimlarni qo‘llash bizda ham, chet elda ham AUT larga nisbatan kengroq ishlatiladi,
lekin yagona didaktik shaklning yo’kligi, mazmunning umumiy emasligi ularning
ilmiy adabiyotlarda yaxshi yoritilmaganligiga olib keladi. Soxaviy dasturlarni
o‘kitishga moslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilgan ko‘plab dasturlar ichidan hamda
didaktik va texnik umumlashtirish urinishlarining tizimliligi bilan ajralib turadi. 80-
yillar boshidan boshlab ta’limni kompyuterlashtirishning yangi yunalishi – sun’iy
intelekt soxasida ishlashga asoslangan intelektual o‘rgatuvchi tizimlar (IUT) tez
rivojlana boshladi. Boshqariluvli o‘qish jarayoni modeli IUT larning muhim qismi
hisoblanadi, ular asosida har bir o‘quvchi uchun maxsus o‘qitish strategiyasi ishlab
chiqilishi mumkin. IUT lardagi ma’lumotlar bazalari formallashtirilgan bilimlardan
tashqari o‘rganilayotgan soxa uchun ekspert bilimlariga ega bo‘lishi mumkin. IUT ni
yaratish yo’nalishidagi ishlarning kelajagi porlok ko‘ringani bilan, bugunda ular
labaratoriyadagi izlanishlar darajasida qolishmoqda, bir nechta omadli misollar
bo‘lgani bilan ularni ishlab chiqarish xali ommaviy tus olgani yo’q. 90-yillardagi
"SHaxsiy revolyusiya" ta’lim sohasiga nafaqat texnik, balki didaktik imkoniyatlarni
ham – SHEXM lar ishlatish imkoniyatlari, dialogik muloqotni tashkillashtirish
qulayligi va albatta tasvir bilan ishlash. Ta’lim kompyuter tizimlarida tasviriy
takdimotlarning ishlatilishi nafaqat o‘quvchiga ma’lumot uzatish tezligini oshiradi va
tushunish darajasini oshiradi, balki o‘quvchida har qanday soxa vakili uchun muxim
bo‘lgan intuitsiya, kasbiy "sezish", tasvirli o‘ylash kabi qobiliyatlarni ham
rivojlantiradi. Kompyuter texnologiyalari bozorlarida esa kasbiy tayyorgarlikka
yanada kuproq imkoniyatlar bera oladigan yangiliklar paydo bulmoqda. Bular katta
hajmdagi ma’lumotni o‘zida saqlay oladigan CD-ROM kompakt disklaridagi tashqi
optik eslab qolish qurilmalari, gippermatnli dasturiy vositalar, multi va gippermediya
vositalari, "virtual borliq" tizimlari va boshqalar. Multmediyali texnik vositalarga ega
11
bo‘lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik imkoniyatlaridan
foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o‘zida murojaatlarni
tashkil qilsa bo‘ladi, bu esa kalit so‘zlar yordamida kerakli ma’lumotlarni izlashni
osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas, balki tasvirni,
raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni o‘zaro bog‘lash
imkonini beradi. Bunday tizimlardan foydalanish elektron qo‘llanmalari,
spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt disklar
yordamida tarqatish imkonini beradi. Axborot telekommunikatsion tarmoqlarning
rivoji esa sayyoramizning turli nuqtalarida saqlanayotgan katta hajmdagi ma’lumotga
erishish imkonini yaratadi va shu bilan birga distansion ta’lim tizimlari rivojiga turtki
beradi.
Kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnik va dasturiy vositalarning
paydo bulishi sekin-asta "kompyuter texnologiyalari" atamasining "Axborot
texnologiyalari" atamasi bilan siqib chikarilishga olib kelmoqda. Bu atama ostida
elektron vositalar yordamida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish,
va ishlatish jarayonlari tushuniladi. SHunday qilib, ta’limni axborotlashtirish deganda
o‘quvchilarga
ma’lumotlar
bazalaridagi,
bilimlar
bazalaridagi,
elekton
spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish
imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi. Bu terminalogiyaga mos xolda ta’lim
axborot texnologiyalarini (TAT) o‘quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan
elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig‘indisi sifatida ta’riflasa buladi.
Elektron vositalar tarkibiga qo‘llanilishi TAT metodik qo‘llanmalarida
ko‘rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi. TAT ning apparat,
instrumental va dasturiy vositalarining jadal rivoji turli didaktik g‘oyalarni amalga
oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin, o‘zimizning va chet ellarning ta’limga
ixtisoslashgan kompyuter tizimlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, ularning ko‘pchiligini
didaktik ko‘rsatkichlarga ko‘ra xattoki "qonikarli" ham deb bo‘lmaydi. Gap shundaki,
ta’limga muljallangan "yumshoq" mahsulotning sifat darajasi uni loyixalash
jarayonida – AUT ma’lumotlar bazasini va elektron kitoblarni to‘ldirayotganda,
modellashtiruvchi tipdagi kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol
12
va masalalari ishlab chikish jarayonlarida belgilanadi. Afsuski, TAT ning metodik
ta’minoti texnik vositalar rivojidan ancha ortda qolmoqda. Buni metodik jihatdan
TAT ni psixologiya, pedagogika, telematika, kibernetika, informatika singari
murakkab fanlar bilan ishlashi bilan tushuntirsa bo‘ladi. Kasbiy ta’lim uchun TAT ni
yaratish aynan uning mavzusi soxasini, dars o‘tish metodikasini yaxshi bilish
zarurligi bilan ham qiyinlashadi.
Talab darajasida to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli
axborotga qaraganda birmuncha ilg‘or usul bo‘lib, o‘quvchilarda aniq va samarali
mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O‘tkazilgan kompleks
tadqiqot natijalariga ko‘ra (SHephard – SHepard) to‘g‘ri ishlab chiqilgan multimedia
materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:
1. Muqobil istiqbollar
2. Faol ishtirok
3. Tezkor ta’lim olish
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo‘llay olish
5. Muammolarni echish va qaror qabul qilish ko‘nikamalari
6. Tizimli ravishda tushuna borish
7. YUqori darajadagi tafakkur
8. Mustaqillik va e’tiborlilik
9. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish
10. Qo‘llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari
Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meer (Maer) ham aytib
o‘tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan
holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko‘ra multimedianing
ma’lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-
biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinatsiyasi
juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan
samarali foydalaniladi. Matn va grafika o‘rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq
tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng
imkoniyatlar yaratadi.
13
Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat
yaratadi:
• ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;
• o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish
(o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o‘zini o‘zi
tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari,
olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga
bo‘lgan munosabati);
• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini
rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir
shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni
individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub’ekt sifatida qarash, uning qadr-
qimmatini tan olish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini
hisobga olish;
• mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib va
rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish
uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish
jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan
multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi,
sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va
hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya
amaliyotlari kiradi.
14
Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning
manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra,
shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi,
interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor
ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari
bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi.
Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim
etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni
boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni
individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan
xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini
hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda
bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv
materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar
orqali taqdim etilishi talab qilinadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va
ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli)
o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo‘llashda ham
ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o‘qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish,
balki ta’lim oluvchilarga ko‘maklashish, qo‘llab- quvvatlash va jarayonni boshqarib
borish bilan shug‘ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli
tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko‘rinishdagi
matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni
to‘ldirgan holda zaruriy emotsional darajani ta’minlab turishi mumkin. Multimedia
vositalari har xil ta’lim yo‘nalishlari (stillari) uyg‘unligida qo‘llanilishi va ta’lim
olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega
bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita
15
o‘qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko‘rish
orqali ta’lim olishni va bilimlarni o‘zlashtirishni xush ko‘radilar.
Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo‘lgan ta’lim
oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor
ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o‘qish malakalari o‘sishiga, shuningdek,
ularning axborotlarni vizual o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy
imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib
chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng
ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda
nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan
foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi
va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |