Mantiqiy integral sxemalar Hozirgi kunda mantiqiy integral sxemalar integral sxema ko’rinishida ishlab chiqarilmoqda. Mantiqiy integral sxemalar o’zinig funksional imkoniyati va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra turli oilalarga bo’linadi. Mantiqiy integral sxemalar ishlatilishiga qarab turlicha ishlab chiqarilishi mumkin.Mantiqiy integral sxemalar protsessorlarning asosiy elementi hisoblanib har qanday raqamli qurilma mantiqiy integral sxemalarni turli xil kombinatsiyalaridan hosil qilinadi. Mantiqiy qurilmalar mantiqiy va matematik amallar bajarishda foydalaniladi. Integral mikrosxemalarning multisim dasturida ko’pgina oilalari mavjud. Integral mikrosxemalr asosan uch xil texnologiya asosida ishlab chiqariladi.
TTM texnologiyasi asosida
Tranzistor tranzistor mantiqiy elementlarning ishlash tezliga katta lekin quvvati katta bo’lganligi uchun bunday mantiq sxemalar asosan maxsus yuqori tezlik talab qilinadigan qurilmalardagina qo’llaniladi. MOP strukturali integral sxemlardan raqamli elektronika va mantiqiy integral mikrosxemalarni ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Keying bobda mantiqiy integral ,sxemalarning turli oilalari bilan multisim dasturida tanishamiz.
Multisim dasturida mantiqiy integral sxemalar Multism dasturida mantiqiy integral sxemalarning bir nechta oilalari kiritilgan. Mantiq sxemalar asosam TTL va MOP texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Multisim dasturida ular quyidagicha ajratilgan . Multisim dasturida mantiqiy va raqamli TTL integral sxemalarnig kutubxonasi quyidagicha ko’rinishga ega(2.2.4-rasm).
2.2.4-rasm. Multisim dasturida TTL integral mikrosxemalarning katalogi.
2.2.5-rasmdagi barcha komponentlar real komponentlar. Katalogning chapm qismida integral sxemalar oilalarga bo’linib katalog ko’rinishiga keltirilgan. Bu elementlar tarkibiga mantiqiy elementlar va raqamli electron mikrosxemalar kiradi. Ekranning o’ng tarafida elementning parametrlari haqida axborot berilgan bo’lib unda mantiqiy integral sxemaning ishlab chiqaruvchisi va korpusi haqida ma’lumot berilgan. Ekranning yuqori qismida mantiqiy amallar bajaruvchi elementarni izlash uchun maxsus bo’lim bo’lin uning yordamida kerakli sxemani toppish mumkin. TTL mantiqiy integral sxemalar asosan yuqori tezlik talab qilinadigan mikrosxemalarda ishlatiladi. Multisim dasturida MOP integral sxemali mantiq elementlari ham mavjud bo’lib xozirgi kunda deyarli barcha integral sxemalar shu texnologiya asosida ishlab chiqariladi. MOP strukturali ISlarning asosiy elementi maydonli tranzistorlar. MOP texnologiya asosida ishlab chiqarilgan ISlarning Multisim dasturidagi kutubxonasi quyidagicha ko’rinishga ega(2.18-rasm).
2.2.5-rasm
Multisim dasturida har qanday mantiqiy integral sxemani simulyatsiya qilib uni real vaqt rejimida tekshirib analiz qilish mumkin. Buning uchun elementlar kutubxonasidan kerakli mantiqiy element tanlab olinadi va ishchi stolga joylashtiriladi va unga signal manbalari ulanadi. 2.2.6-rasmda mantiqiy VA YO’Q elementlaridan tuzilgan sxemani analiz qilish natijalarini ko’rish mumkin.
2.2.6-rasm
Bu integral sxema TTL mantiq asosida tayorlangan sxema bo’lib quvvat isrofi nisbatan katta lekin tezkorligi yuqori bo’ladi. VA YO’Q elementi VA elementiga inkor elementini ulangniga ekvivalent deb qarash mumkin. Chunki inkor elementi VA elementining chiqishidagi axxborotni aksiga o’zgartiradi. VA YO’Q elementidan raqamli sxemotexnikada keng qo’llaniladi. Bunga misol qilib biror bir dastgohni yoki agregatni ishlashini boshqarishni olaylik. Aytaylik avtomobilniing eshiklarini ochiq yoki yopiq ekanligini anglatuvchi maxsus uzib ulovchi kalitlarni oladigan bo’lsak unga o’rnatilgan signalizatsiyaning ichiga mana shunday elementdan VA YO’Q elementidan o’rnatilgan bo’lsin. Bunda qachonki har bir uzib ulovchi kontakt ochiq holatga o’tmagunicha avtomobilni pultdan qulflashga ruxsat berilmaydi. Qachonki hamma kalitlar ochiq holatga o’tganidan keyin eshiklarni qulflashga ruxsat beriladi bunda signalizatsiya qurilmasining ichiga o’rnatilgan maxsus mikrokontroller eshiklarning xammasi yopiq ekaniga ishonch hosil qiladi. VA YO’Q integral mikrosxemasining ishlash diadrammasi 2.2.7-rasmda ko’rsatilgan.
2.2.7-rasm
Hozirgi kunda deyarli barcha raqamli electron qurilmalarda maydonli tranzistorlar asosida (MOP texnologiyasi) tayorlangan integral sxemalardan foydalaniladi. Chunki ularnijhnig quvvat isrofi ancha kam va uzida axboorot saqlash qobiliyati yaxshiroq. MOP texnologiya asosida tayorlangan mantiqiy sxemalarning multisim dasturida juda keng katalogi mavjud bo’lib ularning tarkibiga barcha mantiqiy amallarni bajaruvchi mantiqiy elementlar kiradi. 2.2.8 va 2.2.9-rasmlarda MOP texnologiyasi asosida tayorlangan mantiqiy elementning multisim muhitidagi laboratoriya taxlilini ko’rishimioz mumkin.