6.Shaxsning ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogic dasturiy vositalar. Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o‘z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda ta'limga bo‘lgan qiziqishni va bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat.
O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta'lim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta'lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq o‘quv jarayonini an'anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. O‘qitishning muammoli metodi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta'lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e'tibor karatiladi.
O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi.
Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta'lim jarayonida o‘zining munosib o‘rnini egallagan, bu ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta'lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta'minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir.
O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televidenie va kinofilmlardan farqli o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta'minlaydi. Bunda individual sur'atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi.
Bilimlar hajmining ortib borishi va tahlil metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Murakkab muammolarni tushunish va hal qilish malakalari, juda katta hajmdagi dastlabki ma'lumotlarni foydali umumlashtira olish qobiliyati - bularning hammasi katta ahamiyat kasb etib, o‘quvchilardan yanada faol bo‘lishni talab etadi. Aynan, shu nuqtai nazardan kompyuter ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlar taqdim qiladi.
O‘qitish (mustaqil o‘qishdan farqli o‘laroq) ta'rifiga muvofiq muloqotli hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida didaktika, zamonaviy axborot texnologiyalaridan faol foydalanish orqali bilimlarning samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining keng jabhali turlarini salohiyati, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.
7.O`quv maqsadli elektron vositalr yaratish va foydalanishdagi pedagogik -ergonomik talablar.
8.O`quv- tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini va o`quv muassasasi tashkiliy –boshqaruv tizimini avtomatlashtirish.
9.Ta’lim Internet resurslar va ulardan o`quv jarayonida foydalanish.
10.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasidan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo`nalishlari va kelajagi.