Konmassasinitashishjarayonidabiztransportturinitanlashjarayonidabizgaberilganko’rsatkichlaryordamidaamalgaoshiramizbuko’rsatkichlarquyidagilar:
Qoplovchi tog’ jinsining yillik unumdorligi 1,9 mln m3/yil
Tog’ jinsining zichligi 1.9 t/m3
Tashish masofasi 7.5 km
tutiladi. Konsolli ag‘darma hosil qilgich mustaqil yurishga ega bo‘lgan burilish platformasiga o‘rnatilgan bitta tayanchli metall shakldan iborat.
Tog’ jinsini ag’darmaga bir va ikki yarus qilib yotqizish mumkin. Ikki yarusli yotqizishda avval pastki yarus yotqiziladi va orqaga harakatlanishda (konveyerni ko’chirmasdan) – yuqori yarus yotqiziladi. Ag’darma zaxodkasi (o’tish) ag’darma konsolining gorizontal qiyalikka burulishi bilan to’kiladi.
Konsolli lentali ag’darma hosil qilgichlardan foydalanishda ish fronti ham yelpig’ichsimon ko’rinishda ham parallel sxemada borishi mumkin. Ag’darmalarning yuzasi buldozerlar bilan tekislanadi, ag’darma lentali konveyerlari esa turnodozerlar bilan siljitiladi.
Konsolli ag’darma hosil qilgich tomonidan hosil qilinadigan ag’darmaning balandligi tog’ jinsining fizik-texnik xususiyatlariga va ag’darma hosil qilgichning o’lchamlariga bog’liq. Ikki yarusli to’kishda bu ko’rsatkich mos ravishda maydalangan quruq va nam tog’ jinslarida mos ravishda 50-70 va 35-40 m ni tashkil qiladi. Konsolli lentali ag‘darma hosil qilgich bilan yaratilgan ag‘darma balandligi jinslarning fizikaviy-texnik tavsiflariga va ag‘darma hosil qilgichning chiziqli o‘lchamlariga bog‘liq. “M” konida OShS-4000/125 ikkita ag‘darma hosil qilgich qo‘llaniladi.
OShS-4000/125 o‘zgartirgich indeksi quyidagi ochiladi: O- ag‘darma hosil qilgich (otvaloobrazovatel); Sh-odimlovchi (shagayushiy); S-qoyali; 4000- unumdorlik t/s; 125 to‘kishning eng yuqori radiusi.