Dala tajribasida kuzgi bug‘doyning respublikamizda keng tarqalgan istiqbolli Zvezda va YAksart navlari sinaldi. Bu navlar uchun uch xil o‘g‘it turlari NRK quyidagi variantlarda o‘rganildi.
1- variant NP
2- variant NK
3- variant PK
4- variant NRK
Variantlar uchun o‘g‘itlar xo‘jalikda kabul kilingan me’yorda, ya’ni gektariga N-180 kg, R- 140 kg, K-90 kg hisobidan qo‘llanildi. Tajriba 4 takrorlanishda o‘tkazildi, ular 2 yarusda joylashtirildi. Tajribadagi har bir variantning maydoni 144 m2 (50m x 3,6 m) ni, shundan hisoblash maydonchasi 72m2, har bir delyankadan 25 ta o‘simlik ajratilib, shu o‘simliklar ustida kuzatuvlar olib borildi.
Urug‘larni ekish sifatlari juda ko‘p ko‘rsatkichlar, bilan belgilanadi, ulardan quyidagilar asosiy bo‘lib hisoblanadi tozaligi, unuvchanligi, kasallik va xashoratlar bilan zararlanganligi. Urug‘larni bu sifat ko‘rsatkichlari uchun davlat standartlari bor, uning talablariga hamma ekiladigan urug‘lar javob berishi kerak.
Urug‘ na’munalari olish va uni ekish sifatlarini aniklashni yagona metodika-davlat standarti bo‘yicha bajarildi.
Olingan urug‘lar davlat standartlari bo‘yicha Xorazm viloyat qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ nazorati laboratoriyasida o‘tkazildi.
Urug‘larni tozaligi deb, asosiy ekin urug‘i og‘irligining uni chiqindilari bilan birga og‘irligiga nisbatan foiz bilan ifodalanishiga aytiladi. Urug‘larni tozaligi quyidagi tartibda aniqlandi.
Analiz uchun o‘rtacha namunadan ikkita 50 gr og‘irlikdagi o‘lchov (naveska) olindi.
O‘lchovni asosiy ekin urug‘i (toza urug‘lar) va chiqindilarga ajratildi va chiqindilar tarozida tortildi va undagi begona o‘tlar urug‘lari sanaldi va botanik tarkibi aniqlandi.
Har bir o‘lchov bo‘yicha asosiy ekin urug‘i va chiqindilar foizi hisoblandi, analiz natijalari ishonchli ekanligi tekshirildi, urug‘ni o‘rtacha tozalik foizi hisoblandi va ishchi blanka to‘ldirildi.
1000 ta urug‘ vazni quyidagicha aniqlandi. Asosiy ekin urug‘idan 500 tadan ikki marta sanab olindi va tarozida 0,01 g aniqlikgacha tortildi. Ikkala tortish orasidagi farq 0,03 foizdan oshmasa tortish va sanash to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi. 1000ta urug‘ vazni hisoblab topildi.