YUqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, YAksart navida NPK qo‘llanilgan variantda yaxshi natija don hosildorligi bo‘yicha 71,1 s/ga bo‘ldi. Urug‘likning bir tekisligi 84 %, ekish uchun yaroqli bo‘lgan, ya’ni urug‘larning maxsuldorligi 59,7 s ni tashkil etdi. Bu boshqa variantlarga nisbatan 22,7, 14,2, 12,7 s ortiqdir. Don hosildorligini ko‘rsatkichi bo‘yicha ham natija PK qo‘llanilgan variantda 41,1 s/ga bo‘lganligi qayd etildi. Urug‘lik maxsuldorligi ham eng kam ko‘rsatkich ya’ni 34,5 s bo‘ldi.
Zvezda navida don hosildorligi va urug‘larning bir tekisligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich NPK qo‘llanilgan variantda, 74,6 s/ga va 88 % bo‘lganligi kuzatildi. Urug‘larning maxsuldorligi bo‘yicha 65,6 s boshqa variantlarga nisbatan yuqori bo‘ldi. Masalan: PK variantidan 25,6 s, NK variantidan 17,5 s va NP variantiga nisbatan 16,6 s ortiq bo‘ldi. Eng kam ko‘rsatkich don hosildorligi va urug‘lik maxsuldorligi bo‘yicha PK qo‘llanilgan variantda kuzatildi. Ammo, urug‘likning bir tekisligi bo‘yicha NK variantiga nisbatan 3 %, NP qo‘llanilgan variantdan 5 % yuqori bo‘ldi.
Navlar bo‘yicha esa eng yaxshi natija olingan NPK qo‘llanilgan variantdan don hosildorligi YAksart naviga nisbatan Zvezda navida 3,5 s/ga, urug‘lik maxsuldorligi 5,9 s, urug‘likning bir tekisligi NPK variantida 4 % ga yuqori bo‘ldi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har uchala ko‘rsatkich bo‘yicha NPK o‘g‘itlarini birgalikda qo‘llangan xolda Zvezda navini ekish maqsadga muofiq bo‘ladi.