Kuzgi bug‘doy navlarini don sifat belgilariga o‘g‘it turlarini ta’sirini o‘rganish.
Tajribada kuzgi bug‘doyning Kroshka va CHillaki navlari sinaldi. SHu navlarning asosiy oziqa elementlari azot, fosfor va kaliy (N P K) o‘g‘itlariga munosabatini o‘rgandik. Tajriba olib borishdan maqsadimiz, sinalgan navlardan sifatli va yuqori urug‘lik hosil olishdir. Olib borilgan tajriba natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib, bug‘doy urug‘chiligi xo‘jaliklari uchun o‘g‘itlar qo‘llashning samarali tizimini tavsiya etishdan iboratdir.
Bu maqsadlarga erishish uchun tadqiqotlarimizda mineral o‘g‘itlar turlarini quyidagilarga ta’sirini o‘rganishini vazifa qilib oldik:
- kuzgi bug‘doy navlarining o‘sish, rivojlanishi va hosilni shakllanishiga;
- kuzgi bug‘doy urug‘ mahsuldorligiga ta’siri;
- o‘simlikda urug‘ni shakllanish jarayonlari;
- hosil strukturasini;
- olingan urug‘lik materialini ekish sifatlari;
- don va urug‘lik hosildorligini aniklash;
- o‘rganilayotgan omillarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
Tadqiqotning ob’ekti. Sug‘oriladigan yerlar sharoitida kuzgi bug‘doyning Kroshka va CHillaki navlarini o‘g‘itlar turlari ta’sirida urug‘lik mahsuldorligi va urug‘likni ekish sifatlari tadqiqotning ob’ekti qilib olindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga ega bo‘lganidan sung, Respublikada boshoqli don ekinlaridan don hosili etishtirish bo‘yicha, g‘alla mustaqilligiga erishildi. Keyingi yillarda bug‘doy hosilini ko‘paytirish bo‘yicha katta yutuqlarga erishildi: navlarni hususiyatlari o‘rganildi, chetdan keltirilgan navlar maxalliy sharoitga moslashtirildi, ilmiy baza tashkil etildi, turli tuproq tiplarida bug‘doy o‘stirish texnologiyalari ishlab chiqarildi va boshqa ishlar amalga oshirildi.
Bu tadbirlar Respublikada yalpi don etishtirishni 5 mln. tonnaga etkazish imkoniyatini berdi. Ammo bu donchilikda muammolarning hammasi xal etildi degani yemas. Bu yo‘nalishdagi eng katta muammo bo‘lib, urug‘ va uni sifati hisoblanadi. SHuning uchun ushbu muammoni ilmiy asosda xal etish muhim vazifalarda biri bo‘lib hisoblanadi.
Ammo bizga ma’lumki, mineral o‘g‘itlar ya’ni, azot, fosfor va kaliy (NPK) ning kuzgi bug‘doy navlarini urug‘lik sifat belgilariga ta’sirini o‘rganish to‘la o‘rganilmagan. SHularni hisobga olgan xolda biz olib borgan tadqiqot ishlarimizda:
1. YUqori ekish sifatlariga ega bo‘lgan urug‘lik etishtirishga azot, fosfor, kaliylarning (N P K) ta’siri ilmiy asoslandi.
2. YUqori hosildorlikka va ekish sifatlariga ega bo‘lgan
urug‘larning shakllanish sharoitlari ilmiy asoslandi.
3. Urug‘lik mahsulotini hosildorligi ilmiy asoslandi.