Mundarij a bet kiri sh


Tajribada kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligiga o‘g‘it turlarining ta’siri



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə9/13
tarix25.06.2023
ölçüsü195,91 Kb.
#135037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4.2. Tajribada kuzgi bug‘doy navlarining hosildorligiga o‘g‘it turlarining ta’siri.

Ma’lumki o‘g‘itlar hosildorlikni oshirishning eng ishonchli omili hisoblanadi. YUqori hosildorlik, intesiv tipdagi navlarni ishlab chiqarishda keyingi yillarda keng qo‘llanishni taqazo etadi. Bunda yuqori me’yordagi o‘g‘itlarni hosil bilan qanday darajada qoplanishi va urug‘lik maydonlardan olingan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari juda muhimdir.


Kuzgi bug‘doy mineral o‘g‘itlarga o‘ta talabchan. Bir sentner don uchun kuzgi bug‘doy o‘rta xisobida 3,7 kg azot, 1,3 kg fosfor va 2,3 kg kaliy o‘zlashtiradi.
Mineral o‘g‘itlarning turlari katta ahamiyatga ega. Jumladan, azot bug‘doyning barcha o‘suv bosqichlarida zarur. U o‘simlik unib chiqqanidan to don shakllango‘nga qadar barcha bioximik jarayonlarda ishtirok etadi. Tuplanish bosqichida solingan azot boshoqlar sonini keskin orttiradi. Nay o‘rash bosqichida solingan azot don yirikligiga va boshoqdagi don soniga ijobiy ta’sir etadi. Boshoqlash bosqichida solingan azot hosildorlikka keskin ta’sir etmasada don sifatini yaxshilaydi, ya’ni kleykovina miqdori 2-3 foizga ortadi.
Fosforli o‘g‘itlar urug‘ning unuvchanligini yaxshilaydi. O‘simlikda fosforning etishmasligi modda almashuvini, azotni barg va poyadan donga o‘tishini sekinlashtiradi. Azot singari fosfor ham bug‘doyning hosil organlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Kaliy-o‘simlikda uglerod va suv almashuvini yaxshilaydi. O‘simlikning qishga chidamliligini ortiradi, poyalarni baqquvat qiladi. O‘simlik kaliy bilan etarli ta’minlanganda uning kasallik va zararko‘randalarga chidamliligi keskin oshadi.
Dala sharoitida o‘tkazilgan tajribada ham kuzgi bug‘doyning Zvezda va YAksart navlarini don hosildorligiga o‘g‘itlar turlarining ta’siri quyidagicha bo‘ldi. (jadval 4.2.1.)
Kuzgi bug‘doy navlarining don hosildorligiga mineral o‘g‘it turlarining ta’siri (s/ga).
jadval. 4.2.1.

Variant

Qaytariqlar bo‘yicha hosildorlik

O‘rtacha hosildorlik

Nav

O‘g‘it turlari

I

II

III

IV

YAksart

NP

54,2

56,1

53,7

52,0

54,0

NK

51,7

53,4

52,6

49,3

51,8

PK

40,3

42,5

41,8

39,8

41,1

NPK

69,8

73,6

72,1

68,9

71,1

Zvezda

NP

58,0

62,2

61,6

56,9

59,7

NK

56,6

60,0

58,5

54,7

57,3

PK

45,4

48,3

47,1

43,2

46,0

NPK

74,5

76,8

74,9

72,1

74,6

YAksart NSR 05- 1,05 s NSR % - 1,93
Zvezda NSR 05 – 0,89 NSR%- 1,49
Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Zvezda navida NPK qo‘llanilgan variantda 74,6 s/ga, NP qo‘llanilganda 57,3 s/ga va PK qo‘llanilgan variantda 46,0 s/ga hosil olindi.
YAksart navida NPK variantda 71,1 s/ga, NP qo‘llanilgan varinatda 54,0 s/ga, NK qo‘llanilgan variantda 51,8 va PK qo‘llanilgan variantda 41,1 s/ga hosil olindi.
Navlar bo‘yicha YAksart naviga nisbatan Zvezda navida NPKqo‘llanilgan variantda 3,5 s/ga, NP variantda 5,7 s/ga, NK qo‘llanilganda variantda 5,5 s/ga va PK qo‘llanilgan variantda 4,9 s/ga yuqori hosil olingani kuzatildi.
Dyemak PK, NK va NP o‘g‘itlarni aloxida qo‘llash maqsadga muofiq bo‘lmaydi. Kuzgi bug‘doy uchun NPK o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llanganida samarali natijalarga erishish mumkin bo‘ladi.


Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin