Dilip Nаyk «Stаndаrtы i prоtоkоlы Intеrnеtа» Microsoft Press. 1999
Berri Nаns. «Kоmpюtеrnые sеti» BINОM. 1995
www.WikiPedia.org sayti.
«Informatika» Axmеdov B. , Tayloqov N.I. «O`zbеkiston»,
«Axborot tеxnologiyalari» A. A. Abdiqodirov, А. Hayitov, R.R.Shodiеv Toshkеnt 2002 y
«Dasturlash asoslari» Marahimov A.R. , Rahmonqulova S.I. Toshkеnt 2002 y
Infоrmаtikа» Bоqiеv R, Yo`ldоshеv U. Tоshkеnt 2001 y
«Оfis tеxnikаsi» Brоydо V.L. «Mеhnаt», T.2001 y
«Infоrmаtikа» Аxmеdоv B. , Tаylоqоv N.I. «O`zbеkistоn», 2-nаshri.
«Infоrmаtikа vа hisоblаsh tеxnikаsi» Xоlmаtоv T. X. , Tаylоqоv N.I Sаmаrqаnd. 1994 y.
ILOVA
Dasturlashning bu yangi paradigmasi mashina tilida dasturlash paradigmasiga nisbatan ancha ilg'or bo'lib, unga tuzilmalashtirish-ning asosiy vositasi bo'lgan protseduralar qo'shilgan edi. Maydaroq funksiyalarni nafaqat tushunish, balki sozlash ham osonroq kechadi. Biroq, boshqa tomondan, protsedurali dasturlash koddan takroran foydalanish imkonini cheklab qo'yadi. Buning ustiga dasturchilar tez-tez «makaron» dasturlar ham yozib turishganki, bu dasturlarni bajarish likopdagi spagetti uyumini ajratishga o'xshab ketar edi. Va, nihoyat, shu narsa aniq bo'ldiki, protsedurali dasturlash usullari bilan dasturlarni ishlab chiqishda diqqatni ma'lumotlarga qaratishning o'zi muammolarni keltirib chiqarar ekan. Chunk! ma'lumotlar va protse-dura ajralgan, ma'lumotlar inkapsulatsiyalanmagan. Bu nimaga olib keladi? Bu har bir protsedura ma'lumotlarni nima qilish kerakligini va ular qayerda joylashganini bilmog'i lozim bo'ladi. Agar protsedura o'zini yomon tutsa-yu, ma'lumotlar ustidan noto'g'ri amallarni bajarsa, u ma'lumotlarni buzib qo'yishi mumkin. Har bir protsedura ma'lumotlarga kirish usullarini dasturlashi lozim bo'lganligi tufayli, ma'lumotlar taqdimotining o'zgarishi dasturning ushbu kirish amalga oshirilayotgan barcha o'rinlarining o'zgarishiga olib kelar edi. Shunday qilib, hatto eng kichik to'g'rilash ham butun dasturda qator o'zgarish-lar sodir bo'lishiga olib kelar edi.Obyektga mo'ljallangan yondashuv (OMY) bir kunda o'ylab topilgan emas. Uning paydo bo'lishi dasturiy ta'minotning tabiiy rivojidagi navbatdagi pog'ona, xolos. Vaqt o'tishi bilan qanday uslublar ishlash uchun qulay, qaysinisi noqulay ekanini aniqlash oson bo'lib bordi. OMY eng muvaffaqiyatli, vaqt sinovidan o'tgan uslublarni o'zida mujassam etadi.
Dastlab dasturlash anchayin boshqotirma ixtiro bo'lib, u dastur-chilarga dasturlarni kommutatsiya bloki orqali kompyuterning asosiy xotirasiga to'g'ridan-to'g'ri kiritish imkonini berdi. Dasturlar mashina tillarida ikkilik tasawurda yozilar edi. Dasturlarni mashina tilida yozishda tez-tez xatolarga yo'l qo'yilar, kodni kuzatib borish amalda deyarli mumkin emas edi. Bundan tashqari, mashina kodlaridagi dastur tushunish uchun g'oyat murakkab edi.
Vaqt o'tishi bilan kompyuterlar tobora kengroq qo'llana boshlandi hamda yuqoriroq darajadagi protsedura tillari paydo bo'ldi. Bularning dastlabkisi FORTRAN tili edi. Biroq obyektga mo'ljallangan yondashuv rivojiga asosiy ta'sir keyinroq paydo bo'lgan. Protsedura tillari dasturchiga axborotga ishlov berish dasturini pastroq darajadagi bir nechta protseduraga bo'lib tashlash imkonini beradi. Pastroq darajadagi bunday protseduralar dasturning umumiy tuzilmasini bel-gilab beradi. Ushbu protseduralarga izchil murojaatlar protsedura-lardan tashkil topgan dasturlarning bajarilishini boshqaradi.
Modulli dasturlashda, masalan, Modula 2 kabi tilda protsedurali dasturlashda topilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga urinib ko'rildi. Modulli dasturlash dasturni bir necha tarkibiy bo'laklarga, yoki, boshqacha qilib aytganda, modullarga bo'lib tashlaydi. Agar protsedurali dasturlash ma'lumotlar va protseduralarni bo'lib tashlasa, modulli dasturlash, undan farqli o'laroq, ularni birlashtiradi. Modul ma'lumotlarning o'zidan hamda ma'lumotlarga ishlov beradigan protseduralardan iborat. Dasturning boshqa qismlariga moduldan foydalanish kerak bo'lib qolsa, ular modul interfeysiga murojaat etib qo'ya qoladi. Modullar barcha ichki axborotni dasturning boshqa qismlarida yashiradi.
Biroq modulli dasturlash ham kamchiliklardan xoli emas. Modullar kengaymas bo'ladi, bu degani kodga bevosita kirishsiz hamda uni to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirmay turib modulni qadamma-qadam o'zgartirish mumkin emas. Bundan tashqari, bitta modulni ishlab chiqishda, uning funksiyalarini boshqasiga o'tkazmay (delegat qilmay) turib boshqasidan foydalanib bo'lmaydi. Yana garchi modulda turni belgilab bo'lsa-da, bir modul boshqasida belgilangan turdan foydalana olmaydi.
Modulli va protsedurali dasturlash tillarida tuzilmalashtirilgan va tuzilmalashtirilmagan ma'lumotlar o'z «tur»iga ega. Biroq turni kengaytirish usuli, agar «agregatlash» deb ataluvchi usul yordamida boshqa turlarni yaratishni hisobga olmaganda, mavjud emas.
Va, nihoyat, modulli dasturlash — bu yana protseduraga mo'ljallangan gibridli sxema bo'lib, unga amal qilishda dastur bir necha protseduralarga bo'linadi. Biroq endilikda protseduralar ishlov berilmagan ma'lumotlar ustida amallarni bajarmaydi, balki modullarni boshqaradi. Obyektga mo'ljallangan dasturlash (OMD) moduli! dasturlashdan keying! mantiqiy pog'onani egallaydi, u modulga nasldan naslga o'tishni va polimorfizmni qo'shadi. Dasturchi OMD dan foydalanar ekan, dasturni bir qator oliy darajali obyektlarga bo'lish yo'li bilan tizimlashtiradi. Har bir obyekt hal qilinayotgan muammoning ma'-lum bir tomonini modellashtiradi. OMD endilikda dasturni bajarish jarayonini boshqarish uchun dasturchi diqqatini protseduralarni ketma-ketlikda chaqirib olish ro'yxatini tuzib o'tirishga qaratmaydi. Buning o'rniga obyektlar o'zaro aloqada bo'ladi. OMY yordamida islilab chiqilgan dastur hal qilinayotgan muammoning amaldagi modeli bo'lib xizmat qiladi. Dasturga obyektlar atamalari bilan ta'rif berish dasturiy ta'minotni ishlab chiqishning eng tushunarli usulidir. Obyektlar hamma narsani obyekt nima qilayotgani nuqtayi nazaridan idrok etishga, ya'ni uning xatti-harakatlarini xayolan modellashtirishga majbur qiladi. Shu tufayli obyektga yondashishda u dasturning bajarilishi jarayonida qanday ishlatiladi degan nuqtayi nazardan biroz e'tiborni chalg'itishi mumkin. Shunday qilib, dasturni yozish jarayonida haqiqiy dunyoning tabiiy atamalaridan foydalanish mumkin. Dasturni alohida protseduralar va ma'lumotlar shaklida (kompyuter dunyosi atamalarida) qurish o'rniga obyektlardan iborat dastur qurish mumkin. Obyektlar otlar, fe'llar va sifatlar yordamida haqiqiy dunyoni dasturda modellashtirishga imkon beradi. Joriy qilish (realizatsiya) xatti-harakatlar qanday bajarilayotganini belgilaydi. Dasturlash atamalarida joriy qilish — bu dasturiy kod.