Mundarija : kirish I. Bob. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining maxsus buyruqlari ham yuridik huquqlari



Yüklə 159,5 Kb.
səhifə1/7
tarix01.06.2023
ölçüsü159,5 Kb.
#121706
  1   2   3   4   5   6   7
inson hayot muhitni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik


M U N D A R I J A :


KIRISH …………………………………………………………………………..
I.BOB.TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO`MITASINING MAXSUS BUYRUQLARI HAM YURIDIK HUQUQLARI………………….
1.1.Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini boshqarishda iqtisodiy usullar……………
1.2.Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik………..
1.3.Xalqaro ekologik hamkorlikning shakllari…………………………………….
II.BOB.ZAMONAVIY INDUSTRIAL JAMIYATDA INSON ATROF-MUHIT KOMPONENTLARI………………………………………………………………
2.1.Ekologik hamkorlikni ijobiy tomonlari…………………………………………
2.2.Insonning ekologik xavfsizlikni kuchaytirishning hozirgi asosiy yo`nalishlari….
2.3.Inson ekologiyasi tashqi muhitdagi xilma-xil omillarning ta’siri…………………
XULOSA …………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………………..

KIRISH
Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi, unda ekologik halokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlar, qariyib 6 mlrd.ga yaqin insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish halqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o`z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklar sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta`siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Insoniyatni tashvishga solayotgan ko`plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo`li bilangina hal qilinishi mumkin. Yu.Odum aytganidek "Ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof muhitni barqaror va xavfsiz holda ushlab turish faqatgina dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakati va ushbu harakatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishgina insoniyatni ekologik inqirozdan olib chiqishi mumkin".
Shu bois, atrof muhitni muhofaza qilish tadbirlari qonuniy aktlar (farmonlar, ko`rsatmalar, qarorlar), ilmiy tavsiyalar, ishlanmalar, tabiatni muhofaza qilish ta`limi asosida, nazoratlar va boshqaruv organlar faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ushbu faoliyatning tashkil qilinishi va amalga oshirilishi ko`p jihatdan qonuniy ta`minlanishga boliqdir.
Atrof muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o`z aksini topgan. Konstitusiyaning 50,54,55 va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo`inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar” deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta`kidlangan. O`zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to`risida”gi qonun belgilab beradi. Qonunga muvofiq O`zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taaluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi. Ushbu qonunda mamlakatda tabiiy muhitni saqlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari belgilangan, tabiat bilan inson o`rtasidagi munosabatlarning me`yorda rivojlanishi maqsadida tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, fuqarolarni qulay tabiiy muhitga bo`lgan huquqini kafolatlash zarurligi o`qtirilgan.
Asosiy qonundan tabiat muhofazasining ayrim sohalari bo`yicha ham maxsus qonunlar qabul qilingan. “Alohida qo`riqlanadigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish to`risida”gi qonun asosan umumiy boyligimiz bo`lgan noyob va qimmatli tabiat majmualarini ekologik, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, soliqni saqlash nuqtai nazaridan saqlashni asoslaydi. Shuningdek, 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Respublikasining “Sanitar nazorati to`risida”, “YEr to`risida” qonunlari qabul qilindi, ularga O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarida o`zgartirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan.
I.BOB.TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO`MITASINING MAXSUS BUYRUQLARI HAM YURIDIK HUQUQLARI

Yüklə 159,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin