Mavzuning o’rganilish darajasi. Mavzu ko’plab tadqiqotlarning diqqatini o’zida jalb etib keladi. Ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga faylasuflar, ijtimooiy – madaniy hayotning nazariy masalalari bilan shug’ullanuvchi madaniyatshunoslar kiradi. Bu borada T.N.Qori Niyoziy, A.K.Valiyev, F.Ismoilov, G’.N.Najimov, M.Qoraxonov, X.P.Po’latov, S.Sh.Shermuhammedov, K.B.Buronov, T.Jurgenov, V.N.Mineev, G.Uvarov, I.Shtern, R.K.Qurbonov, U.X.Qoraboyev kabi tadqiqotchilarning ismlarini keltirish mumkin.
Ushbu olimlar zamonaviy o’zbek – madaniyati shakllanishining ichki xususiyatlarini, madaniyatning jamiyat, davlat va shaxs hayotidagi o’rnini, milliy madaniyatining umuminsoniy madaniyat bilan bog’liqlik qonunlarini tadqiq etadilar. Shu bilan birga ularning izlanishlarida o’sha davrda keng yoyilgan markscha – lenincha madaniyat nazariyasining ta’siri ham borligini inkor qilib bo’lmaydi.
Hatto o’lkamizda 80- yillarning o’rtalarida totalitar tuzumga qarshi milliy ozodlik harakati boshlangan, hatto resbublikamiz mustaqillik haqida Deklaratsiya qabul qilingan davrda (1990 yil 20 iyun) ham ayrim tadqiqotchilar tarixiy – madaniy jarayonlarni eskicha, kommunistik mafkura nuqtai nazaridan tahlil etishda davom etdilar. Masalan V.N.Mikeev, 1990 yil chop ettirgan monografiyasida 1917 -1941 yillardagi O’zbekistondagi tarixiy – madaniy o’zgarishlar “Ulug’ Oktyabr sotsialistik revalyutsiyaning sharofati tufayli edi”1 deb yozadi. Uning fikriga ko’ra, sovet hokimiyati olib borgan madaniy – ma’rifiy ishlar, sinfiy kurash, ilmiy – ateistik targ’ibot o’zbek xotin – qizlarini ozodlikka chiqishini ta’minladi.2 1991 yil chop etilgan U.H.Qoraboyevning “Xalq an’anaviy ijodi: qayta tiklash va rivojlantirish muammolari” monografiyasida 30-40 yillarda “taqiqlash tartibi” avj olgani qayd etilsada xalq ijodi jumladan, badiiy havaskorlikning rivojlanishi sosan “XX asr boshlaridan oktyabr revolyutsiyasidan keyin boshlandi” deb ko’rsatiladi.3 Ikkinchi guruhgamavzuni tarixiy nazardan tadqiq etgan olimlar
kiradi. Ularning bir guruhi 20 yillar oxiri 40 yillar boshidagi o’zbek
_________________________
1. Минеев В.Н. Становление и развитие кулътурно – просветителъной работы среди женщин Узбекистана.-Т.: Фан, 1990. –с 3.
2.Қаранг: Ўша жойда. –с.123-124.
3. Карабаев У.Х. Традиционное народное творчество: проблемқ возротдения и развичия.- Т.:Фан, 1991.-с.7-8.
madaniyatini umumiy ijtimoiy – tarixiy jarayonlarning tarkibiy qismi sifatida qarasa, ikkinchi guruhi esa maorif, adabiyot, savodsizlikni tugatish, milliy kino, musiqa, opera, balet, tasviriy san’at rivojlanishining xususiy yo’nalishlarini tadqiq etadilar. Ushbu tadqiqotchilar qatoriga R.X.Aminova, Sh.Sh.Abdullayev, X.Abdullayev, G.Abduraxmanov, K.A.Akilov, D.B.Barakayev, M.A.Gulyamova, U.X.Kamolov, I.K.Qodirov, R.A.Karimov, V.Ya.Nepomnin, N.Oydinov, R.G.Robich, C.Radjabov, R.A.Rahmanov, S.S.Sodiqov, I.Y.Tursunov, R.Sharafutdinova, F.Sharipov, J.Xasanbayev, H.Hamidov, G.I.Jeltovalarni kiritish mumkin.1 Ushbu olimlarning asarlari XX asrning birinchi yarmida O’zbekistonda maorif, umumiy ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’limlarning shakllanishi jarayonlari, adabiyot va san’atdagi o’zgarishlar, madaniy – ma’rifiy tadqiq etilgan. Ularda ilgari surilgan ilmiy – nazariy qarashlar, o’sha davrdagi murakkab jarayonlarni tahlil qilish usuli biz uchun ham qimmatlidir. Shu bilan birga mustabid tuzum mualliflarga bor tarixiy haqiqatni aytishga imkon bermagani ham kuzatiladi. Hatto mustaqillika erishgach ham ayrimrim tadqiqotchilar muvafaqqiyatlarni bo’rtirib ko’rsatishga, totalitar davrning daxshatlarini boricha ochib berishni chetlab o’tishga intiladilar. Masalan, N.Oydinov yozadi: “Asrimizning 20-30 yillarida O’zbekiston tasviriy san’ati alohida uslubiy izlanishlar evaziga rivoj topa boshladi.”2 “Shu davrda xalqimiz hayotining rang – barang qirralarini o’zida aks ettirgan yangi estetik dunyoni kashf etish boshlandi.”3 Baholangki, usha yillari milliy – ma’naviy san’at turlari
___________________________
1.Hamidov H. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyati tarixi.-T.: O’qituvchi,
1996; Oydinov N. O’zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar. –T.: O’qituvchi,
1997; Хушбеков Аю Из истории кулътурного строителъства в годқ первой пятилетки. – Самарқанд 1959.
2.Oydinov N.O’zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.–T.:O’qituvchi,1997. 55b.
3. O’sha joyda. – 54 b
(kitob yozish va bezatish san’ati, beshikchilik, ganch va b.) bilan shug’ullangan katta tajribali ijodrokorlar eskilik tarafdorlari shiori ostida ta’qibga olingan, surgun va qatag’on qilingan.
Keyingi yillarda mavzumizga oid tarixchi – olimlarning bir qator asarlari nashr etildiki, ular muammoning qanchalik dolzarb bo’lib qolayotganidan darak beradi. D.Alimova, B. Ahmedov, X.Ziyayev, A.X.Choriyev, B.V.Hasanov, V.A.Gentshke, A.A.Golovanov, M.I.Inatov, I.Tursunov, H.Uzoqov, Q.Ergashev, R.Sharipov, R.Shamsutdinov, X.Sodiqov, P.Ravshanov kabi tarixchi olimlarimiz chop ettirgan monografik tadqiqotlar, maqolalar1 shurolar tarixchiligiga tandidiy munosabatda bo’lish, o’rganilayotgan davrdagi ijtimoiy tarixiy va madaniy jarayonlarni milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazaridan baholash zarurligini ko’rsatadi.