Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi


Bo’lakli, qayta guruhlanuvchi, metastabil ionlar va ularning hosil bo’lish qonuniyatlari. To’yingan va aromatic uglevodorodlarning mass-spektirlari



Yüklə 215,26 Kb.
səhifə14/27
tarix07.01.2024
ölçüsü215,26 Kb.
#206639
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl-www.hozir.org

Bo’lakli, qayta guruhlanuvchi, metastabil ionlar va ularning hosil bo’lish qonuniyatlari. To’yingan va aromatic uglevodorodlarning mass-spektirlari.
Mol. iondan dissotsialanish jarayoni natijasida bo‘lakli ionlar hosil bo‘ladi. Mol. iondan ajralib chiqayotgan zarracha m° radikal yoki neytral molekula bo‘lishi mumkin.
Agar A* ionning energiyasi etarli bo‘lsa parchalanib turli ion bo‘laklarini hosil qiladi, bu jarayon oxirgi bo‘lakli ionning energiyasi keyingi parchalanishga etarli bo‘lmaguncha davom etadi.



Mass-spektr bo‘yicha bunday ketma-ketlikdagi parchalanishni o‘rganish bo‘lakchalarning hosil bo‘lish yo‘llari yoki yo‘nalishlari deb aytiladi.


Mol. ion M+ va xoxlagan bo‘lakli ionlar (A+, V+, S+) birqancha yo‘nalish bo‘yicha parchalanishi mumkin. Parchalanishning turli xil yo‘nalishlarini birlashtirib bo‘lakchalarning hosil bo‘lish chizmasi tuziladi.
Bir yo‘nalish bo‘yicha bo‘lakchalarning hosil bo‘lish chegarasi mol. ionning (M+) boshlang‘ich ichki energiyasi bilan belgilanadi, hamda ionning hosil bo‘lish va uni yozilish vaqti bilan aniqlanadi. SHuning uchun ham mass-spektr faqat bo‘lakchalarning hosil bo‘lishigina bo‘lmay, balki ma’lum energiya va vaqtda ularning ko‘rinishi hisoblanadi (rasm).
11-rasm. Ion manbasidagi M+, A+, V+, S+ ionlarning intensivligi.
Mass-spektr maksimal cho‘qqiga nisbatan boshqa ionlarni foizlarda ifoda etishdir. Lekin mass-spektrda hamisha molekulyar ion asosiy bo‘lmasligi mumkin (rasm)
12-rasm. Meta-ksilolning mass-spektri (m/eq91 ning intensivligi 100 birlikka teng yoki internsivligi 100%).
Mass-spektr neytral molekulalarni o‘rganmaydi, shuning uchun ham mass-spektrni taxlil qilishda eng avval qaysi bog‘ uzilishini va qaysi bo‘lak musbat zaryadini o‘zida saqlab qolishini bilish kerak bo‘ladi.
Ionlanish jarayonida hamma bog‘lar ham kuchsizlanadi, bunda bir bog‘ boshqa bog‘ga nisbatan ko‘prok kuchsizlanishi mumkin.



Yüklə 215,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin