Mundarija: I. Kiri sh II. Asosiy qism


Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolaning estetik ta`rifi



Yüklə 107,33 Kb.
səhifə8/9
tarix19.12.2023
ölçüsü107,33 Kb.
#185945
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalash tizimida estetik tarbiya2

Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshlik xususiyatlarini hisobga olgan holda, bolaning estetik ta`rifi.
Bolaning estetik tarbiyasi bolaning yoshi va qobiliyatini inobatga olgan holda rivojlangan tizimga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Misol uchun, ota-onalar maktabda o'qiyotgan o'quvchilarni atrof muhitga jalb qilish, modellash, teatr, badiiy o'qish, adabiy, qo'shiq, raqslar, musiqa, maktabda ishtirok etish va kollektiv havaskorlik chiqishlarida ishtirok etishlari shart. Guruhlarga tashrif buyurish bilan bir vaqtda bolalar konsertlarga, badiiy ko'rgazmalarga, muzeylarga, musiqiy asarlar, mahalliy san'at asarlarini ommalashtirish, radio va teatr namoyishlarini tomosha qilish va televidenieda musiqa dasturlarini ko'rishlari kerak.
Farzandlar turli tadbirlarga, musiqiy konsertlarga tayyorlansa, albomlar va ko'rgazmalar uchun materiallarni mustaqil ravishda tanlab olishlari yaxshi bo'ladi. Bundan tashqari, bolalarni badiiy musobaqalar va olimpiadalarda, maktablarda badiiy chiqishlarida, kontsertlarda ta'lim olgan va faol ishtirok etishi kerak.
Familiyalik yozuvchilar, haykaltaroshlar, bastakorlar, rassomlar, rassomlar va me'morlarning asarlarida oilaviy dam olish vaqtida o'qish yoki maqolalarni o'qish yoki muhokama qilish juda yaxshi.
Bolalar bilan yurib, tabiatga, go'zalligiga ko'zingizni qarashga, gulchilik bilan shug'ullanishga undashingiz, turli tuman va maktab gullarida ishtirok etishingiz kerak.
Madaniyat taraqqiyoti darajasi jamiyatning manaviy ahvolini belgilab beradigan , uning oily maqsadlariga gumanistik idealga nechog’li muvofiq kelishini ko’rsatadigan muhim omillardan biridir. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo’lsak , xalq manaviyatini mustahkamlash va rivojlantirish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi . Darhaqiqat , jamiyatning fazilatlaridan biri madaniyat va ma’naviyat , kishilarning ma’naviy olami , ularning hissiy qabul qilishi , ya’ni insoniyat degan umumiy tushunchani o’zida mujassamlashtirishda namoyondir .
Bugungi kuga kelib insonning estetik madaniyat shakllanishi qaysi yo’nalishlarda olib borilmoqda ? Respublikamizda manaviyatni yuksaltirish uchun qanday ishlar amalgam oshirilmoqda ? Bu savollarga javob berish uchun, eng avvalo , “ estetik madaniyat “ tushunchasiga aniqlik kiritib olaylik .
Estetik madaniyat – bu inson ehtiyojlarinig murakkab tizimi bo’lib , unda odamzod hissiyotlari , malakalari , ko’nikmalari , bilimlari , me’yorlari , maslaklari bir – biri bilan chambarchas bog’lanib ketganligini ko’ramiz . Chunonchi, estetik hissiyotlar insonning hayot faoliyati to’laligini bildirsa , me’yorlar ijod va faoliyatining mezoniga solinishi vositasini anglatadi bilimlar insonning dunyoqarashini , ishonchini ,
estetik baholashining yo’nalishlarini , didlarini , qarashlarini belgilab beradi . Ha, estetik munosabatlar odamlarni ularning faoliyatidagi turli qarashlarini, shakl – shamoiylarini ma’lum bir maqsadga qaratadi.

Darhaqiqat , estetik madaniyat – bu faqat go’zallik qonunlari va me’yorlari asosida ijod qilishnigina anglatmaydi , shuningdek , u insonning tevarak – olamga nisbatan bo’lgan faoliyatini va munosabatini ham bildiradiki mazkur omillar inson , birinchi navbatda , gumanistik , umuminsoniy g’oyalarni, ideallarni o’zlashtirishi lozimligini nazarda tutadi .


Shuning uchun estetik madaniyat jamiyatda juda ko’p vazifalarni bajaradi. Informativ, bilim ortirishga hizmat qilishlik, aksiologik ( baholash - oriyentatsiyalash)
Kommunikativ, regulativ, tarbiya, prognozlash esteik madaniyatning muhim funksiyalariga kiradi . Bu yerda estetik madaniyaning yuqorida keltirilgan har bir funksiyani alohida tahlil qilib o’tirmasdan, faqat mazkur funksiyalar bir – biri bilan chambarchas bog’liq ekanligini va biri ikkinchisidan ajralmasligini eslatmoqchimiz, holos.
Estetik madaniyat tabiyatni o’zlashtirish jarayoni va uning natijalarinig, mehnat faoliyati, mayishiy hayot , ijtimoiy hayotning estetik lahzalarini , sinflar va ruhlarning , estetik tarbiyaning nazariyasi hamda amaliyotini harakterlaydi , odamlar ijtimoiy-estetik
faolligining turli – tuman shakllarini anglatadi , chunki amaliyot asosida odamlarning real ijtimoiy estetik ehtiyojlari qondiriladi . Shu boisdan uning jamiyat estetik madaniyati va shaxs estetik madaniyati kabi turlari mavjudligini yodda tutishimiz lozim bo’ladi .
Hozirgi ilmmiy tasavvurlarga ko’ra, jamiyatning estetik madaniyati o’zida estetik obyektlarni va hodisani, estetik qadriyatlarning barcha turlarining, ularning tabiyati va faoliyat ko’rsatishlari haqidagi bilimlarni mujassamlashtiradi . Estetik ong odamlarning estetik faoliyati va ularning o’zaro munosabati estetik qadriyatlar, estetik tarbiya sosida o’sib kelayotgan yosh avlodga estetik madaniy fazilatlarni , voqelikni estetik qabul qilishi , shuningdek , estetik ong va estetil xatti – harakatlar ko’nikamalarini shakllantirishni nazarda tutadi .
Shaxsning estetik madaniyati to’g’risida gap ketar ekan , bu tushuncha o’zida jamiyatning estetik madaniyatini , faqatgina o’z xalqining estetik va badiiy qadriyatlarini emas , balki butun insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni o’zlashtirishni , san’atni baholash va muhokama etish , ishga ijodiy munosabatda bo’lish , tabiyatni e’zozlash va uni xurmat qilishni ham nazarda tutish lozim bo’ladi .
Shaxsning estetik madaniyati inson faoliyatining barcha turlarida va shakllarida namoyon bo’ladi , u inson manaviy madaniyatining umumiy darajasinigina emas , balki individual estetik tasavvurlarini , munosabatlarini , xalq – atvorini , tafakkur va nutqni , hayot va mehnatni qamrab oladi . Shaxslararo munosabatlarni va hokazo tushunchalarni o’zida gavdalantiradi.
Yuqorida takidlaganimizdek, estetik madaniyatning muhim jihatlaridan biri o’tmish manaviy qadriyatlarni ijodiy o’zlashtirish bilan o’lchanadi. Ma’lumki, sho’ro estetikasida masalaning bu jihatga kam e’tibor berilar edi yoki umuman e’tibor berilmas edi. O’tmish qadriyatlari partiyaviy va sinfiy pozitsiya nuqtai nazaridan turib baholanar, ajdodlarimiz manaviy madaniyatining yaxlit – yaxlit qatlamlari nazar pisant qilinmasdi .
Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatning ajralmas qismi bo’lgan manaviy estetik hodisalar – sofiylik, jadidchilik, kalom va boshqalar o’rganish doirasidan tashqarisida turadi yoki ular to’g’ridan – to’g’ri reaksion oqim deb baholanadi . Ansoriy Sanoiy , Attor , Rumiy , Ahmad Yassaviy , Sulaymon Boqirg’oniy , Baxovuddin Naqshband , Najmiddin Kubro va bsohqa o’nlab buyuk zotlar ijodi yosh avlodni tarbiyalashda biror foydaga ega emas , deb baholandi . Ha , Markaziy Osiyo xalqlarining falsafiy , diniy , badiiy me’rosi sho’ro davrida , asosan , inkor etildi yoki bu haqda hech narsa deyilmadi . Bunda inson faoliyatining o’tgan asrlarda yaratgan manaviy olami namunalari to’la ravishda o’z ifodasini topa olmadi . Bu esa , oqibatda,insoniyat bilan tarix shaxs bilan jamiyat orasida uzilishga , sun’iy passivlikka , befarqlikka , o’tmush manaviy estetik madaniyatiga mensimasdan qarashga olib keldi . Buning natijasida ijtimoiy loqaydlik o’zining eng oily nuqtasiga yetdi . Bunday sog’lom aqlga zid hodisa yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Bo’ronli bekat “ ( “ Asrlarni qaratgan kun “ ) romanida o’z xaqqoniy badiiy idodasini topgan edi . “ Manqurtlik “tushunchasi jamiyatdagi manaviy va estetik madaniyat inqirozini chuqur ifodalab beradi. Holbuki , estetik madaniyat jamiyat taraqqiyotining zarur unsure hisoblanadi , u inson mohiyatini ro’yobga chiqarish va tasdiqlashda muhim omil sifatida yaqqol ko’zga tashlanadi , shu bilan u jamiyat hayotining eng tub asoslarida insoniylik taraqqiyotiga ko’maklashadi .

O’zbek xalqining estetik madaniyat ibtidosi uzoq asrlar qariga borib qadaladi. Ana shu madaniyat xalqimizning juda ko’p tariziy va ijtimoiy narsalarini yengib o’tishda yaqindan ko’maklashadi. Bizgacha yetib kelgan madaniyat yodgorlikalarida o’zbek xalqi o’tmish madaniyatining turli jihatlari o’z ifodasini top’ganligini ko’ramiz.


Shu xaqiqatni ham qayd etmoq lozimki estetik madaniyat, jamiyat va insonning manaviy hayotida muhim omil bo`lishiga qaramasdan, u faqatgina ma`naviy omillar bilan chegaralanib qolmaydi yoxud ijtimoiy ong shaklidagina saqlanmaydi. U moddiy madaniyat buyumlarifa ham, ijtimoiy munosabatlarda va malakalrda ham “mana man“
deb ko’zga tashlanishi mumkin . Boshqacha so’z bilan ifodalaganimizda , “estetik madaniyat “ tushunchasini insoniyatning tarixiy tajribalarida , ijtiomiy – puhiy fenomenlarda va hokazolarda aks etishi mumkin , ya’ni estetik madaniyat – bu tarixiy jihatdan vujudga kelgan va moddiy , ijtimoiy , siyosiy , manaviy sohani , insonni ijtimoiy subekti sifatida estetik ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadi .


Yüklə 107,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin