Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 51,35 Kb.
səhifə6/10
tarix20.09.2023
ölçüsü51,35 Kb.
#146231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozu-fayllar.org

TVOROG TAOMLARI. Tvorog taomlarining ovqatlanishda ahamiyati
katta bo‗lib, tarkibida 16,6% oqsil, 18% gacha yog‗, ko‗p miqdorda kalsiy tuzlari
(140%), A, E va В guruhidagi darmondorilar bor.
Tvorog tarkibidagi yuqori konsentratsiyah sut oqsili va yog‗, kam uchrovchi
aminokislotalar, kalsiy, fosfor tuzlari kishi tanasi hayot faoliyatining me‘yorida



17
o‗tishida o‗z ta‘sir kuchini ko'rsatadi.


Tvorog taomlari tarkibidagi oqsil davolash xususiyatiga va ko‗p miqdorda
mineral moddalarga egaligi sababli bolalar va parhez taomlarida ko‗p ishlatiladi.
Sanoatda tvoroglar tarkibida 20% gacha yog‗i boMgan yogii, 9—10% gacha yogi
boigan yarim yogii va yog‗siz holda ishlab chiqariladi. Yogii tvoroglar, asosan, sof
holda tarqatish uchun tvorog massasi tayyorlashda, yog‗siz tvoroglar sirniklar,
zapekankalar, vareniklar, tvorog qiymalarini tayyorlashda ishlatiladi. Tvorog
taomlarini tayyorlashda sariyog‗ qo‗shish mumkin.
Tvoroglardan taom tayyorlashdan awal ko'zdan kechirilib, ozrogi elakdan
0‗tkaziladi yoki ezuvchi mashinadan oikazib eziladi. Bunda tvorog vaznining 2%
ni yo'qotadi.
Agar tvorog suyuqroq holda boisa, qalinroq gazmolga solib, press ostida
siqib, suyuqligi kamaytiriladi. Tvoroglaming xushxo'rligini oshirish uchun
qirgichda qirilgan meva vanilinlar ham qo'shish mumkin. Tayyorlanadigan tvorog
taomlari sovuq yoki issiq taomga bo'linadi. Tvoroglardan sovuq taom tayyorlash
lozim bo'lsa, pasterizatsiyalangan tvoroglar ishlatiladi.
Ishlatiladigan issiqlik usuliga qarab tvorog taomlari pishirilgan, qovurilgan va
yopilgan taomlarga bo'linadi.
SOVUQ TVOROG TAOMLARI. Sut, qaymoq, smetana yoki shakar bilan 
aralashtirilgan tvorog. Sof holda tarqatish uchun ezilmagan yog'li yoki yarim
yog'li tvoroglar ishlatiladi. Tvorog likobcha yoki salat idishiga tog' usulida solinib,
ustidan sovitilgan sut yoki qaymoq quyiladi. Shakar yoki qand alohida idishda,
shakar porsiyasiga 10—25 gramm hisobida qo'shib, sut va qaymoq alohida stakan
yoki sut idishida. agar tvorog smetana bilan beriladigan boisa, tvorog o'rtasi biroz
chuqurlashtirilib, u yerga qaymoq quyib, ba‘zan ustiga shakar sepib ham beriladi.
Tvorog qaymoq bilan qo'shib berilishidan awal eziladi. Ba‘zi hollarda sof tvorog
faqat shakar bilan beriladi.



18
Tvorog massasi elak yoki ezuvchi mashinadan o'tkazilgan yogii yoki o'rtacha


yog'li tvorog, shakar, shakar upasi, yumshatilgan sariyog', kishmish, vanilin, asal,
yong'oq, smetana hamda tuz, tomat, murch aralashmalaridan iborat bo'ladi.
Tvorog massalarini tayyorlash jarayonida sanitariya qoidalariga qat‘iy rioya
qilinishi lozimligi tufayli, ularni umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash
man etiladi.
Shu sababdan sanoatda ishlab chiqarilgan tvorog massasiga (tuzli yoki shirin)
qo'shimcha mahsulotlar qo'shib korxonalarda ishlatiladi.
Tayyor tvorog massasi likobcha yoki salat idishiga quyib solinib yoki
qandolatchilik qopchig'idan chiqarib idishga solib, tarqatishda yangi yoki
konservalangan meva murabbo yoki salat qo'shib beriladi. Tvorog massasidan
buterbrod tayyorlashda yoki alohida taom sifatida ham foydalaniladi.

Yüklə 51,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin