MUNDARIJA
I.Kirish……………………………………………………………………….
II.Asosiy qism
1.Rahbarlik tushunchasining mazmun mohiyati………………………….
2.Rahbar psixologiyasi va rahbar shaxsiga qo‘yiladigan talablar……….
III.Xulosa……………………………………………………..……..………
IV.Adabiyotlar ro’yxati………………………………………..…………..
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekistonRespublikasining mustaqilligi sharoitida demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo`lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy harakat mustaqil fikrlash layoqatiga ega, aqliy, ma'naviy– axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqdi. Zero, sog`lom avlod va uning ijtimoiy faolligi milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi ta'minlangan huquqiy jamiyatni barpo etish imkoniyatini beradi.
O`zbekiston Respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlashmilliy dasturi” hamda “Sog`lom avlod” davlat dasturi mazmunida o`z aksini topgan g`oyalar insonni intellektual va ma'naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, bo’lajak Mudiralarda sog`lom shaxsni tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish imkonini beruvchi eng maqbul yo`l ekanligini ifoda etadi.Yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularda mafkuraviy va jismoniy jihatdan xavfli sanalgan salbiy odatlarning qaror topishini oldini olish, ularga qarshi kurashuvchanlik I mmunitetini hosil qilish, pedagogika nazariyasi va amaliyotida keng ko`lamda tadqiq etilishi lozim bo`lgan muhim muammolardandir.
Mavzu doirasida qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga qaramasdan, Kurs
ishi olib borilishini taqozo etgan mazkur muammoning dolzarbligini quyidagi
omillarni belgilaydi: - ijtimoiy – siyosiy omil. Tarixiy xronologik manbalarni
o`rganish natijasida shunday to`xtamga kelish mumkin: inson mavjud ekan, uning
hayoti va salomatligi muhofazasini ta'minlash dolzarb ijtimoiy masalalardan biri
sifatida e'tirof etilib, mazkur muammoga o`sha davr ehtiyojiga ko`ra o`ziga xos
tarzda yondashilgan.Jamiyatda sog`lom bolalarni tarbiyalash o`sib kelayotgan
yoshlarni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, barcha davrlarda bo`lgani kabi
bugungi kunda ham davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biri
hisoblanadi.Hattoki, 1-prezidentimiz I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 12 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida
xalqning sog`lom va farovon hayot kechirishini asosiy sharti insonning “...hayot
tarzini, hayot kechirishini to`g`ri tashkil qilishi, o`z salomatligiga bo`lgan oqilona
munosabatidir” deya ta'kidlab, sog`lom bolalarni tarbiyalash va madaniyatini
jamiyat a'zolari ongida qaror toptirish kechiktirib bo`lmaydigan muammo
ekanligini qayd etgan holda – 2005 yilni mamlakatimizda “Sihat – salomatlik yili”
deb e'lon qildilar.
Mudira - maktabgacha ta’lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, malakali
pedagog uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib
tarbiyalash vazifalarini to’laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi
ta`lim-tarbiyaviy pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga
oshirilishi uchun zarur shart -sharoitlarni ta`minlaydi. O’z jamoasida ishchanlik 4
maqsadga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik
qiladi. Mudira o’z ishida-davlatimiz va Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qabul
qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni
amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik tamoyillik o’ziga va qo’l
ostidagilarga talabchanlik. Bu mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi to’g’ri o’zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab
chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta`minlaydi.
Rahbarlik mavqei mudira o’z g’oyaviy, ma`naviy ma`rifiy, siyosiy – huquqiy
saviyasini va mintaqaviylik mahoratini doimo ongli ravishda pedagogik bilimlarni
bolalarga ta`lim - tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashga, hozirgi
bosqichda maktabgacha ta`lim oldida turgan vazifalarni bilishga va o`z
bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishga majbur etadi. U dastur metodik
instruktiv, normativ xujjatlarni yaxshi bilishi va ularga amal qilishi kerak. U
pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilib, yetuk va kamchiliklarini darhol
bartaraf qilish choralarini ko`rishi lozim.
Maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri Xalq ta`limini boshqarish organlari
tomonidan oliy ma`lumotga va 3 yildan kam bo`lmagan pedagogik ish stajiga ega
bo`lgan yoki o`rta mahsus ma`lumotiga va 5 yildan kam bo’lmagan pedagogik ish
stajiga ega bo`lgan shaxslardan tanlanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida
qadrlarni tanlash joy-joyiga qo’yish tarbiyalash bo` yicha ishni mehnat jamoasi
maktabgacha ta`lim muassasasi kengashining faol ishtirokida ma`muriyat amalga
oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi rahbarlari qadrlarning kasb mahoratini,
umumiy ta`lim mahoratini umumiy ta`lim va madaniy darajasini muntazam
uyishtirib borishiga g’amxo`rlik qiladi: xodimlar malakasini hisobga olgan holda
va maktabgacha talim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni ratsional va
o`z vaqtida joydan-joyga ko`chirib turilishini ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida kadrlar rezervi shakllantirilib, ular bilan doimiy
ish olib boriladi.
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasining butun faoliyatiga rahbarlik qilib, u maktabgacha ta`lim muassasasini obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish
ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarini to`gri taqsimlash,
muassasasini oziq - ovqat moddalari bilan ta`minlash rejimini to`g’ri tashkil etish
rejasida maktabgacha ta`lim muassasasini bolalar bilan to`ldirish, ta`lim-tarbiya
dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, taomnoma
sifatini vitaminga boy bo`lgan moddalar bilan ta`minlashi (kamida haftada 2 marta)
xamirli ovqatlari (bulochka, pechenye). Pedagogik va xizmat ko`rsatuvchi
xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularni malakasini oshirish ishlari
bo`yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash muhofaza qilishi uchun bolalar muassasasida
to`g’ri rejalari, shart-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigienik qoidalarning
bajarilishiga, tadbirlar o`tkazadi. Qishga oziq-ovqat mahsulotlarini jamlaydi.
Vitaminga boy bo`lgan mevali o`simliklarni o`stiradi. Maktabgacha ta`lim
muassasasi xodimlari o`z vaqtida oylik maosh bilan ta`minlanadi.
Mehnatga ishchilarning intizomiga qat`iy rioya qiladi. Ish yuritish qattiq nazorat
qilinadi. Katta xodimlar bilan o`z vaqtida ta`minlaydi. Aktiv xodimlarni
rag’batlantiradi. Mudira maktabgacha ta`lim muassasasida o`tkaziladigan joriy 5
kapital remontga bosh rahbardir. Zavxoz, kladovshik, kir yuvuvchi, kastilyansha,
bog’bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, shafyor bilan yakkama yakka suhbat o`tkazadi. Ularning ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etiladi.
Mudiraning tashkiliy - pedagogik ishlarini rahbarligi. Tashkliy - pedagogik
jarayonlarga quyidagilar kiradi. 1). Bayram ertaklarini o`tkazish va rahbarlik qilish.
2). Ochik tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va
pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va taxlil qilish.
Masalan, ochiq mashg’uloti, sayrlarni kuzatish.
3) Xalq ta`limi bo`limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va
bolalarni ko`rik-kurslarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, sanat bayrami, sport
bayramlarini o`tkazish.
Mudiraning ta`lim-tarbiyaviy jarayonlariga rahbarligi quyidagilar:
a) har bir guruhdagi ta`lim- tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va taxlil
qilish, tarbiyachining ish xujjatlarini o`rganish va taxlil qilish guruhning ta`limtarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o`tkazilgan ishlarning xisobotidir.
b) guruhning jixozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni
takomillashib boradi.
Mudira kvartalda birinchi Mart kuni umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1 haftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba`zi bir
muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar hal etiladi.
Mudiraning jamoatchilik va mahalla komissiasi bilan ish metodlari quyidagi
tarzida amalga oshiriladi:
Ota-onalar va jamoatchilik uchun konferensiyalar.
Ota-onalar universitetlari. Bunda oila markazidan vakil, yetuk olimlar, xalq
ta`limi bo`limi xodimlari va barcha ota-onalar ishtirok etadilar. Ota-onalar
Universitetning asosiy maqsadi:Davlat va jamiyatimiz tomonidan oila va bolalar tarbiyasiga masalalari va kamchiliklarini, muammolarini hal etishdan iborat.
Mudira tashkiliy tegishli maktab bilan aloqa o`rnatib 1 yilga mo`ljallangan reja
asosida ish ko`radi. 1 - yilga mo`ljallangan reja asosida maktabgacha ta’lim
muassasasi vazifalari, maktab tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar choralar,
bolani maktab ta`limiga tayyorlash, lotin alifbosi o`qish yozish, mukammal
o`rganish. Bunda Mudira va maktab direktorining vazifalari belgilanadi.
a) ma`muriy xo’jalik faoliyat – bunda reja kontingenti bo`yicha bolalarni
joylashtirish, maktabgacha ta`lim muassasasi dasturining maktabgacha ta`lim
tizimiga belgilangan xarajatlarni o`z vaqtida joy – joyiga qo`yib ishlatishni tashkil
etish, bolalarni ovqatlantirishini to`g’ri tashkil etish, yozgi sog’ lomlashtirish
sezonlarini tashkil etish, xizmat qiluvchi xodimlarni to`g’ri joylashtirish va ishlash
malakalarini oshirish, mehnatni ratsional ravishda tashkil etishdan iborat.
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasiga kerakli texnikaviy va xo`jalik
materiallari bilan muntazam ravishda ta`minlab turish, binoni jihozlash bilan
(qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o`z vaqtida remont qilish va
o`quv-ko`rgazmali qurollari bilan to`ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun
dastur – metodik xujjatlarda tavsiya etilgan ularning fiziologik, aqliy, axloqiy,
mehnatni estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik
adabiyotlar bilan ta`minlash, bolalar maydonchasi va uchastkasini to`g’ri rejali 6
jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar bilan ishlash stajiga qarab,
xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, vrach bilan birgalikda
meditsina ishlarini nazorat va bolalarni sistemali medisina ko’rigidan o’tkazish
ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo’jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy ma`naviy-ruhiy muhit
yaratilishi uchun qonunda belgilangan tartibda shaxsiy javobgardir.
Maktabgacha ta`lim muassasasining mudiri amaldagi qonunchilik doirasidagi
maktabgacha ta`lim muassasasi pedagogik xodimlari va ma`muriyatini ularning
kasb-kor va mansab faoliyatlariga asossiz aralashuvga chek qo`yuvchi zarur
choralar ko`radi; maktabgacha ta`lim muassasasi jamoasiga nisbatan ma`muriybuyruqbozlik urinishlariga uning mustaqilligini cheklovchi buyruqlarga chek qo`yadi; shu masalalar bo`yicha tegishli organlarga murojat qiladi.
Mudira ishonch qog’ozisiz maktabgacha ta`lim muassasasi nomidan harakat qiladi,
barcha shuhrat va jamoat korxonalari, muassasalar va tashkilotlarida uning
manfaatini himoya qiladi; kreditlar tarqatadi; shartnomalar tuzadi, ishonch
qog’ozlarini beradi, banklarda xisob va boshqa schotlarini ochadi; maktabgacha
ta`lim muassasasi uchun zarur bo`lgan jihozlar va boshqa moddiy resurslarni
xohlagan korxonalardan, tashkilotlardan, suhbatlardan va ayrim shaxslardan naqd
pulga yoki pul o`tkazish yo`li bilan ijaraga olish va buyurtma berish xuquqiga ega.
Mudira maktabgacha ta`lim muassasasi xuquqi doirasida buyruq chiqaradi,
ko`rsatma beradi. Bu buyruq va ko’rsatmalar maktabgacha ta`lim muassasasining
barcha xodimlari uchun majburiydir. Tarbiyachi-metodist, katta medodist
xamshirasi, xo`jalik mudirining o`z xuquqlari doirasida bergan ko’rsatmalari
barcha xodimlar uchun majburiydir.
Maktabgacha ta`lim muassasasining shaxsiy tarkibi quyidagilardan iborat:
Ma`muriy guruh (mudir, tarbiyachi-metodist, xo’jalik mudiri, katta meditsina
hamshirasi), pedagogika, meditsina, xizmat ko’rsatish tarmoqlari hodimlari.
Maktabgacha tarbiya muassasasi ma`muriyati har bir tarkibiy birlikka tegishli
moddiy resurslarni berkitadi. Mudira mehnat jamoasi vakolatini amalga
oshirishning asosiy shakli umumiy yig’ilishidir.
Maktabgacha ta`lim muassasasining Ustavini ko`rib chiqadi va qabul qiladi;
maktabgacha ta`lim muassasasi kengashini tuzish zarurligini aniqlaydi, kengash
tarkibini va uning raisini saylaydi;
yillik va istiqbol rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, uning bajarilishi haqida
ma`muriyat xisobotini eshitadi, pedagogik va xizmat ko`rsatish mehnatining
samaradorligini oshirish yo’llarini belgilaydi;
Jamoa shartnomasini muxokama qiladi va kasaga uyushmasi qo`mitasiga taqdim
etadi.
Dostları ilə paylaş: |