2.3 – Kalorimetrik usul haqida ma’lumot Kalorimetriya (lot. calor — issiqlik va ... metriya) — turli fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarda sodir boʻladigan issiklik effektlari (issiqlik miqdorlari)ni oʻlchash usullari majmui. Xususan, K. usullari bilan jismlarning issiqlik sigʻimi, fazaviy oʻtishlar issiqligi (erish, qaynash va b.), kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan issiqlik effektlari, radioaktiv yemirilishlar, tirik organizmlarda moddalar almashinuvi va b. aniklanadi.
Turli jarayonlarda jism sarflaydigan yoki yutadigan issiqlik miqdorini bevosita oʻlchash uchun ishlatiladigan asboblar kalorimetrlar deyiladi. 400 K va undan yuqori t-ralardagi issiklik oʻlchashlarini oʻz ichiga olgan Kalorometriyani yuqori temperaturalar Kalorometriyani, suyuq azot, vodorod va geliy t-ralari sohasini (-77 Kalorometriya va undan pastda) past temperaturalar Kalorometrik oʻlchash deyiladi.
Kalorometrik oʻlchash usullari issiqlik texnikasida, metallurgiyada, kimyo texnologiyasida keng ishlatiladi. Turli texnologik jarayonlarda jismlarning qizishi, erishi yoki bugʻlanishi uchun sarflanadigan issiqlikni hisoblashda; kimyoviy reaksiyalarning borishi chegarasini aniqlashda va ularning sodir boʻlish shartlarini belgilashda Kalorometrik oʻlchashdan foydalaniladi. Maye, grafitdan sintetik olmos olish mumkin boʻlgan bosim va t-ra sohasini shu moddalarning issiqlik sigʻimlarini va yonish issiqliklarini kalorimetrik oʻlchashlar orqali aniklangan. Biologiyada Kalorometrik (biokalorimetriya) yordamida organizmda boʻlib turadigan kimyoviy va fizik jarayonlar [endotermiklik yutilishi) va ekzotermiklik chikarish)]dagi issiqlik effektlari aniklanadi. Maye, bir soatda ichak tayoqchasi mikrobi ~10~9 kal, odam 5-104 kal issiqlik chiqarishini Kalorometrik usuli bilan aniqlangan. Organizmdan ajralib chikadigan issiqlik miqdorini aniqlash uchun, odatda, hayvon yoki odam kalorimetr (devorlari orasida suv oqib turadigan kamera)ga joylashtiriladi. Bunda organizmdan chiqayotgan issiqlikni suv yutadi. Suv massasi va uning t-ra oʻzgarishidan qancha issiklik ajralishi bilib olinadi. Agar bunday bevosita oʻlchash mumkin boʻlmasa, u holda bilvosita usullardan foydalaniladi (mas, organizm vaqt birligida yutgan O2 va chiqargan SO2 nisbatidan oqsil, yogʻ, uglerodlarning oksidlanishi uchun sarflagan O2 miqdori aniqlanadi. Ok-sidlanish reaksiyalaridagi issiklik effektlariga qarab organizmda xreil boʻladigan issiqlik miqdorini hisoblab chiqsa boʻladi). Kalorometriya fiziologik tadqiqotlar va diagnostikada katta ahamiyatga ega.[1] Kalorimetr kimyoviy reaksiya yoki jismoniyo'zgarishlarningissiqlik oqimini o'lchash uchun ishlatiladigan qurilma. Bu issiqlikni o'lchash jarayoni kalorimetriya deyiladi. Asosiy kalorimetr suvning temperaturasidagi o'zgarishlarni o'lchash uchun termometrdan foydalanadigan yonish kamerasidan yuqori bo'lgan metall konteynerdan iborat. Biroq, juda murakkab kalorimetrlarning ko'p turlari mavjud.
Asosiy printsip, yonish xonasi tomonidan chiqarilgan issiqlik, suvning haroratini sezilarli darajada oshiradi.
Keyinchalik A va B moddalari reaksiyaga kirganda modda A molekulasining har bir boshiga entalpiya o'zgarishini hisoblash uchun harorat o'zgarishi mumkin.
Quyidagi tenglama qo'llaniladi:
q = C v (T f - T i )
qaerda:
q joularda issiqlik miqdori
Cv - Kelvin (J / K) julidagi kalorimetrning issiqlik quvvati.