Tadqiqot maqsadi. Bugungi kunda o‘zbek-turk tilidagi leksemalarning qiyosiy tahlilini hayvon nomlari misolida ko‘rib chiqish, tillarning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganishdan, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. Ushbu kichik tadqiqot ishining vazifalari etib quyidagilar belgilandi: – turkiy tillarning umumiy onomastik xususiyatlarini yoritish;
–o‘zbek-turk tilidagi so‘zlarning imkoniyatini ko‘rsatadigan birliklar tasnifini tuzish;
– o‘zbek-turk tilidagi zoonimning qiyosiy tahlilini qilish;
– o‘zbek-turk tillari maqollarida ishlatilgan hayvon nomlari qiyosiy tahlil qilishga harakat qildim.
Taqdiqot obyekti va manbalari.Mazkur kurs ishining obyekti o‘zbek-turk tilidagi hayvon nomlari sanaladi. Y.Abdurasulovning ‘‘Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammastikasi’’ va X.A. Dadaboyev, Z.T. Xolmonova “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi”, Berdaq Yusufning “ Turkcha -o‘zbekcha va o‘zbekcha-turkcha lug‘at”, Ibrohim Yoldoshevning “O‘zbek va turk maqollari, iboralari” kitoblari asosiy manba qilib olindi.
Mavzuning o‘rganilish darajasi.O‘zbek tilshunos olimlaridan Z.T. Xolmonova turkiy tillar oilasi va aynan turk tilining grammatik va semantik xususiyatlari haqida juda ko‘p ma’lumotlar berib o‘tgan. Bundan tashqari yana tilshunos olimimiz Y.Abdurasulov ham turkiy tillar oilasi va turk tili haqida qimmatli ma’lumotlar aytib o‘tgan. Bu ikki tilning xalq og‘zaki ijodini qiyosiy tarixini Ibrohim Yoldashev tomonidan o‘rganiladi.
Tadqiqotda qo‘llangan metodikaning tasnifi.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlari olindi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “Turkcha-o`zbekcha izohli lug‘at”, “Hozirgi o‘zbek tili”, ‘‘Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi’’ kursiga oid qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar asos sifatida foydalanildi. Bu bitiruv malakaviy ishdan turk tili o’rganuvchilari lug’at sifatida ham foydalanishlari mumkin.
Ilmiy yangiligi.Ushbu tadqiqot orqali o‘zbek va turk tili o’xshash va farqli xususiyatlarini aniqlash zoonimlar talqinida ko’rib chiqildi. Shuningdek, hayvon nomlari ishlatildan ikki til xalq og‘zaki ijodi namunalarini, maqollarni, o’xshash va farqli tomondan o’rganildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. O‘zbek-turk tilidagi hayvon nomlari o‘rganilishi bevosita ularning statistikasini chiqarish barobarida ularning qanday birliklar bilan kelishi, qo‘llanilish o‘rinlari, shakllari, birikuvchanlik xususiyatlari, uning tuzilishi, tarkibining o‘rganilishi, turkumlarining ochib berilishi kabi qiyosiy tahlilini o‘rganishga yordam beradi. Bitiruv malakali ishning tuzilishi va hajmi.Kurs ishi kirish qismi shuningdek, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishining kirish qismida ishning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, obyekti, ilmiyligi va amaliy ahamiyati bayon qilingan. 1- bobda turkiy tillar onomastikasi va hayvon nomlari o‘rganilishi haqida umumiy ma’lumotlar berildi. 2-bobida o‘zbek va turk tillarida hayvon nomlari qiyosiy tahlili va bu tillardagi zoonimlar ishlatilga maqollar tahlili yoritildi; xulosa; foydalanilgan adabiyotlardan iborat.