Mavzu: Filips egri chizig`i. Modelning zamonaviy talqini.
MUNDARIJA:
Inflyatsiya va ishsizlikning paydo bo`lishining nazariy asoslari.
Inflyatsiya turlari.
Ishsizlikning mohiyati, kelib chiqish sabablari va asosiy turlari.
Fillips egri chizig`i, inflyatsiya va ishsizlikning o`zaro bog`liq muammolari
Zamonaviy Filips egri chizig`ining modeli.
Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi.
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi. Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Narxlarning o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kururslarining o’zgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon o’zgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi. Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Inflyatsiya XVIII asrning o’rtalarida muomalaga ta’minlanmagan juda ko’p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so’zidan olingan va shishish, ko’pchish, ko’tarilish ma’nosini anglatadi) o’z mohiyagiga asosan pulning kadrsizlanishi tovar va xizmatlarga bo’lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta’kddlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me’yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo’lgan baholarni muntazam o’sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chikarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya xamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Ichki omillarni mohiyagiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi. davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, kredit dastaklarining aylanishini ko’payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy ikgisodiyog tarmoklari o’rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida monopoliyaning(oligopoliya) mavjudligi narx shakllantirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
Tashqi omillar o’z mohiyatiga asosan biron anik davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu omillarga dunyo mamlakatlarida yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom- ashyo, ensrgtetika, neft, valyuta inkirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashkari biron-bir davlatning boshka davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin. Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini taxlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko’rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo’nalishda yuzaga chikadi. Birinchi yo’nalishda maxsulotlar, ishlar va ko’rsatiladigan xizmatlarga bo’lgan narxlarni asossiz ravishda o’sib ketishi tufayli pul qadrsizlana bopshaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid kilish kobiliyagi tushib ketadi. Ikkinchi yo’nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutaning kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg’ara boshlaydi. Uchinchi yo’nalishda oltinga bo’lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko’tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o’rtasida oltinning to’planib kolishi amalga oshadi.
Odatda inflyatsiyani ikki xilga talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga ajratiladi. Talab inflyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar narxining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq. Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, narx darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Narx o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, narx, ishlab shu o’zgarmas narxda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q.
Bundan tashqari, narx ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada narx yana osha boshlaydi. Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar ishlab chiqarishning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq harid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va boshqa omillar inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Inflyatsiya jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir. "Inflyatsiya" termini dastlab 1861—65 yillarda Shimoliy Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan.
Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi. Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar miqdori qisqarib ketsa TOltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda inflyatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi inflyatsiyaga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik inflyatsiya surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Aksincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin inflyatsiya surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
Inflyatsiya ning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq inflyatsiya erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsataveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin inflyatsiya sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrna-gadi. Yashirin inflyatsiya bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar ishlab chiqarish xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chiqib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq inflyatsiyaning quyidagi shakllari mavjud: talab inflyatsiyasi, harajatlar inflyatsiyasi, tuzilmaviy inflyatsiya va boshqa inflyatsiyaning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan inflyatsiya yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, harajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
bog’liq pul birligi xarid quvvatining tushib ketishidan iborat. Talab infliyatsiyasi - bu iqtisodiyotda talabni keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real xajmi bilan qondirilishi mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya'ni, iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari jami o’sib borayotgan talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar baxosining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab infliyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki oddiy so’zlar bilan aytganda "xaddan ziyod pullar, xaddan ziyod kam tovarlarni ovlaydi ". Talab infliyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar bo’lib axolining ish bilan to’liq bandligi va ish xaqining oshib borishi xisoblanadi. Demak, infliyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baxo, ishlab chiqarish sur'atlari kabi ko’pgina omillarga boqliq ekan.
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi. Oʻzbekistonda ishsizlik tushunchasi rasman 1992 y. "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi (1998 y. 1 mayda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilindi).
Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun oilaviy turmush darajasining pasayishini, shaxsiy hayotining notinchligini keltirib chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatadi.
Amaldagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ish kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi. Ishsizlik sababi turlicha: texnika rivojlanish bilan mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqarish kam mehnat talab boʻlib qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, tovarlarga bozor talabining qisqarishi ish kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ish kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi; iqtisodiyot rivojlanishi bilann malakali ish kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak boʻlmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bulib, ishsiz qoladi.
Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning shakllari ham turlicha ishsizlikning asosiy shakllari: friksion ishsizlik—turli sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish, yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi. Tarkibiy ishsizlik— ishlab chiqarish tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi. Siklli ishsizlik— iqtisodiy tangliklar bilan bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning pasayib ketishi natijasida yuzaga keladigan ishsizlik bu majburan ishsiz qolishdir. Mavsumiy ishsizlik — mavsumiy ishda band boʻlganlarning mavsum tugagach, ishsiz qolishi. Yashirin ishsizlik — rasman ish bilan band boʻlganlarning faqat qisman ishlashi. Unga qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga oʻtganlar, ish yoʻqligidan haqberilmaydigan taʼtilga chiqqanlar kiradi.
Ishsizlar ishlayotganlar bilan bir qatorda mamlakat ish kuchini tashkil qiladi. Iqtisodiyotda ishsizlik muammosi muammosini oʻrganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat (korxonalar) i.ch. ni kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar, balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar va yangi ish topishga harakat qilayotgan shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim. Ishsizlik tarkibi uning sabablariga kura ish kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng ish qidirayotganlar; birinchi bora ish qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro nisbatlari iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bogʻliq.
Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat (ishsizlikning tabiiy chegarasi) hisoblanadi. Ishsizlik darajasini pasaytirish uchun aholi bandligini taʼminlash davlat dasturlari ishlab chiqiladi, korxonalar qurilib, yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi, xodimlarni yangi kasblarga oʻqitish, qayta tayyorlash ishlari amalga oshiriladi, bandlikka yor-dam jamgʻarmasi tashkil qilinadi.
Mehnat qonunlariga koʻra, ishsizlarga mehnat birjalari orqali ishsizlik nafaqasi toʻlanadi.
Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi.
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real xajmi bilan qondirish mumkin bo`lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya`ni to`liq bandlikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o`sib borayotgan yalpi talabni qondirmaydi, ortiqcha talab esa real tovarlar baxosining ko`payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi.
Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida Tovar va xizmatlartaklifining kamayishi natijasida Tovar va xizmatlar baxolarining oshishida paydo bo`ladi. Bunday xollarda ortiqcha talab bo`lmasa xam tovarlarni baholari oshib boradi. Xatto ish bilan bandlik va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish kamatgan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlarninf o`sishi xisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom-ashyo va yoqilg`i narxlariningoshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi xam oshdi
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mehanizmining buzilishi ham ta`sir qiladi. Taklif mehanizmi esa tasodifiy xolda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko`payishidan kelib chiqadi.
Inflyatsiya real daromadlar darajasiga ta`siri u kutilayotganiga xam bog`liq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta`sirini kamaytirish, ya`ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini ko`radi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin;
i = r + π kut., bu yerda i- nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi;
π kut- kutilayotgan inflyatsiya darajasi.
Inflyatsiya sur`ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagiko`rinishni oladi:
Kutilmagan inflyatsiya daromadlarini debitorlar va kreditorlar o`rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyatsiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayta qilinmagan daromad oluvchilar o`rtasida keyingilari foydasi qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyatsiyasini qat`iy chegaralash qiyin. Ba`zida bu ikki turdagi inflyatsiya bir-biri bilan qo`shilib ketadi.
Inflyatsiya va ishsizlik o`rtasidagi bog`liqlik. Filips egri chizig`i.
Iqtisodiyot o`z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan sharoitda yoki bandlilik darajasini oshirish yohud inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo`linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud. Ishsizlik va inflyatsiya ko`rsatkichlari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Filips tomonidan aniqlangan va Filips egri chizig`i deb ataladi.
Fillips egri chizig`i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o`rtasidagi teskari bog`liqlikni xarakterlaydi.
----------------------
Yuqori darajadagi kutilayotgan inflyatsiya
-----------------------
Past darajadagi kutilayotgan inflyatsiya
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko`ra, shuningdek, infkyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab fillips egri chizig`idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday talab kutilayotgan inflyatsiyaning suratiga bog`liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo`lsa ishsizlikning xar qanday darajasida (surati past bo`lgan ishsizlik darajasiga nisbatan) xaqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo`ladi. Ishsizlik darajasi va inflyatsiya suratining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko`rinishida tasvirlanishi mumkin:
yerda – inflyatsiyaning xaqiqiy darjasi; –inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;
– talab inflyatsiyasi;
- Filips egri chizig`ini og`ish burchagini belgilovchi empirik koeffisienti;
– tashqi baho shoki (taklif inflyatsiyasi)
Ouken qonuniga ko`ra yalpi ichki mahsulotning uzilishi, ya`ni miqdor davriy ishsizlikning o`zgarishiga bog`liqligi sababli qisqa muddatli Filips egri chizig`ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Keltirilgan tenglamadan ko`rinib turibdiki, xaqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflyatsiya darajasiga xamda tashqi baho shoklari darajasi bilan to`g`ri bog`liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog`liqlikka ega ekan.
Xukumat Filips egri chizig`iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajasining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O’zbekiston, 2014. - 40 b.
SH. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O‘zbekiston, 2017
Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot: O'quv qo'llanma. T.: «Innovatsion rivojlanish nashiyot-matbaa uyi»,2018.-300 bet.
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth publishers, 2013)
Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005. – s.412.
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 9 th edition. Harvard University. (NY.: Worth publishers, 2016)
Кисильёва Е.А. Макроэкономика: Курс лекций. М: Изд-во Эксмо, 2007. -352 стр.
Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy / Pod rеd. V.D.Kamayeva. – 10-е izd., pеrеrab. i dop. - M.: Gumanit. izd. цеntr VLADOS, 2004, s.291.
Shodmonov Sh.Sh, G’ofurov U.V, Xajiyev B.D. Iqtisodiyot nazariyasi-2: O’quv qo’llanma.- TDIU, 2009. – 255-b.
Yakubоv I.О., Hakimov H.A. Makroiqtisodiyot-2. O‘quv qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2019. - 217 bet.
Makroiqtisodiyot. Dasrlik. G’.E.Zaxidov, M.T.Asqarova, Z.A. Djumayev, L.F.Amirov, H.A. Hakimov. - Т.: 2019. - 290 bet.
Internet saytlar:
www.lex.uz
www.mineconomy.uz
www.mf.uz
www.stat.uz
www.uza.uz
www.norma.uz
www.legalact.uz
www.en.m.wikipedia.org
www.uz.m.wikipedia.org
www.investopedia.com
www.google.com
Dostları ilə paylaş: |