Mundarija kirish. 2 I bob. Buyumlar ishlab chiqarish


Gazlama sarfini normalash



Yüklə 219 Kb.
səhifə5/6
tarix30.09.2023
ölçüsü219 Kb.
#151219
1   2   3   4   5   6
Buyumlar ishlab chiqarish

2.2. Gazlama sarfini normalash.
Antropometriya — antropo — odam, metreo — o‘lchayman degan ma’noni bildirib, antropologiyaning tekshirish usullaridan biri hisoblanadi va u odam organizmi a’zolarining barcha belgilari (uzunligi, kengligi, shakli, qalinligi va h. k.) o‘zgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Barcha o‘lchovlar vertikal va gorizontal tekisliklarda o‘lchanadi. Umurtqa pog‘onasi orqali o‘tib tanani o‘ng va chap qismlarga bo‘ladigan vertikal tekislik, shunngdek, unga nisbatan parallel joylashgan hamma tekisliklar sagittal tekislik deb ataladi. Sagittal tekisliklarga nisbatan tik perpendikular joylashgan va tanani oldingi va orqa qismlarga bo‘ladigan vertikal tekisliklarga frontal tekisliklar deyiladi. Sagittal va frontal tekisliklarga nisbatan tik joylashgan hamda tanani yuqori va pastki qismlarga bo‘ladigan gorizontal tekisliklar transversal tekisliklar deb yuritiladi. O‘lchov olish vaqtida gavda muayyan vaziyatni egallashi, ya’ni kishi zo‘riqmasdan, to‘g‘ri turishi hamda qomatining odatdagi holatini saqlashi, bosh, ko‘z-quloq gorizontal chizig‘idan chetga og‘masligi, qo‘llar pastga tushirilgan, barmoqlar yozilgan, tizza bukilmagan bo‘lishi, tovonlar juftlashtirilishi va oyoqlar uchi ikki tomonga kerilishi lozim. Antropometrik tekshirishlar vaqtida pastki ichki kiyimdan boshqa kiyimlar va poyabzal yechiladi. Antropometrik tekshirishlar zamonaviy usulining o‘ziga xosligi shundaki, dasturlar, o‘lchov turlari, o‘lchash asboblari, o‘lchash sharoitlari, tartib va usullari maksimal darajada unifikatsiya qilinganligidadir. O‘lchov belgilari bosh harflar bilan ifodalanadi va harflar tagiga indekslar yoziladi. Harflar o‘lchov turiga qarab tanlanadi. Masalan, V — balandlik; D — uzunlik, masofa va ko‘ndalang yoylar; O — to‘la aylana; S — yarim aylana; R — bo‘y (bo‘y); Sh — kenglik (eni), ko‘ndalang yoylar; U — markazlar o‘rtasidagi masofa; d — diametrlar; G — chuqurlik. Indekslar o‘lchangan joyni anglatadi. Masalan: Vk — ko‘krak balandligi; Dor, uz — orqaning belgacha uzunligi; Ok — ko‘krak aylanasi; Shk — ko‘krak kengligi; Sk — ko‘krak bezlarining uchlari orasidagi masofa va hokazo. Antropometrik tekshirishlar ommaviy ravishda o‘tkaziladigan hollarda standartlashtirilgan kontakt o‘lchash asboblari qo‘llaniladi. Martin tizimidagi ixcham, metall antropometr bilan balandlik o‘lchanadi. Ko‘ndalang va old-orqa proyeksiya dimetrlarini o‘lchashda juft muftali ustki shtangadan shtangensirkul sifatida foydalaniladi. Katta sirkul to‘g‘ri diametrlarni o‘lchashga mo‘ljallangan. Aylanalar va yoysimon ko‘ndalang hamda bo‘ylama o‘lchovlar uchun santimetrli tasma qo‘llaniladi. Tananing massasi meditsina muassasalari uchun mo‘ljallangan ixcham tarozida tortib aniqlanadi. Chiziqli proyeksion o‘lchashlar yerdan to antropometrik nuqtalargacha bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni bildiradi: Vbel chiz. (7) — bel chizig‘ining balandligi; Vk. uchi (6) — ko‘krak bezlari uchining balandligi; Vqo‘lt.or.burch. (11) — qo‘ltiq chuqurligi orqa burchagining balandligi; Vdum.bur. (12) — dumba osti burmasining balandligi. Yoyli ko‘ndalang perimetr (aylana)lar transversal tekisliklarda santimetrli tasma yordamida o‘lchanadi; Obo‘y. (13) — bo‘yin aylanasi; Ok.I — (14) — ko‘krak aylanasi, birinchi; Ok.II (15) — ko‘krak aylanasi, ikkinchi; Ok.III — yoki Ok. (16) — ko‘krak aylanasi, uchinchi; Obel (18) — bel aylanasi; Oson (19) — son aylanasi qorinning balandligi ham shu hisobga kiradi; (12-rasm, d); Oto‘p. (24) — to‘piq aylanasi (12-rasm, e) Yoyli ko‘ndalang o‘lchashlar (kenglik, yoy) gavdaning ayrim qismlari kengligini bildiradi (bu o‘lchashlarni olishda santimetrli tasmadan foydalaniladi); Shyel.qiya (31) — yelka qiyaligining kengligi (12-rasm, h); Shor (47) — orqaning kengligi (12-rasm, j); Shk (45) — ko‘krakning kengligi (12-rasm, l); Sk (46) — ko‘krak bezlari uchlari oralig‘i. Chiziqli proyeksion o‘lchashlar (chuqurlik) gavdaning holati Pgav. (74) ni (12-rasm, b), belning chuqurligi, birinchi Gbel 1 va belning chuqurligi, ikkinchi Gbel 2 ni (12-rasm, b) bildiradi. Diametrlar antropometrning yuqori shtangasi, katta sirkul bilan o‘lchanadi yoki bir belgining o‘lchovini boshqa belgi o‘lchovidan chegirib tashlash yo‘li bilan hosil qilinadi: dqo‘l.v (69) — qo‘lning vertikal diametri (12-rasm, a) o‘lchov belgisi 11 ning qiymatidan o‘lchov belgisi 5 ning qiymati chegirib tashlanib hosil qilinadi; dold.or.k (58) — ko‘krak aylanasi, ikkinchisining old orqa diametri antropometr yuqori shtangasi yordamida old tomondan, ko‘krak bezlarining eng baland nuqtalari ustida, orqadan esa ko‘krak suyaklarining turtib chiqib turgan nuqtalari ustidan o‘lchanadi; dold. or. s. (112) — son aylanasi sathidagi old-orqa diametri (12-rasm, b) — antropometrning yuqorigi shtangasi yoki katta sirkul Shu talablarga binoan, katta yoshdagi aholidan 1500—2000 kishining, har bir yoshdagi bolalardan esa 100—150 kishining gavdasini o‘lchash zarur. O‘lchamlar tasnifini hamda o‘lchamlar antropologik standartlarini tuzish vaqtida quyidagi masalalar hal qilinadi: yetakchi o‘lchov belgilari tanlanadi; har bir yetakchi belgi bo‘yicha o‘lchovdagi farqsizlik interval belgilanadi; standart jussalarning optimal soni belgilanadi; tobe o‘lchov belgilarining qiymatlari hisoblab chiqariladi; gavda jihatdan tanlab olingan turdagi kishilar aholi ichida qanchaligi aniqlanadi. Erkaklar kiyimi o‘lchamlarining tasnifini tuzish uchun quyidagi yetakchi o‘lchov belgilari qabul qilingan: R — bo‘y; Ok. — ko‘krak aylanasi, uchinchi; Obel — bel aylanasi. O‘g‘il bolalar uchun bo‘y (bo‘y) hamda ko‘krak aylanasi (uchinchi) ni bildiradigan belgilar qabul qilingan. O‘lchamdan chetga chiqish chegarasi, boshqacha aytganda, o‘lchamlardagi farqsizlik intervali quyidagilardan iborat: bo‘y va bel aylanasi bo‘yicha — 6 sm (3 sm); uchinchi ko‘krak aylanasi — 4 sm (2 sm). Standart kiritilgan gavdalarning har biriga xos yetakchi va tobe o‘lchov belgilari qiymati mavjud; shu bilan birga, tobe o‘lchov belgilari qiymati juda ko‘p regressiya tenglamalari bo‘yicha aniqlanadi. Erkaklarning standart gavdalari to‘rtta to‘lalik guruhi bilan ko‘rsatilgan. Gavdaning to‘lalik darajasi ko‘krak aylanasi (uchinchi) qiymatining bel aylanasi qiymatiga nisbati bilan belgilanadi. Birin-ketin keladigan to‘lalik guruhlari bir nomdagi bel aylanasi va bo‘yga mansub standart gavdalari bir-biridan bel aylanasi bo‘yicha olingan to‘lalik aro intervallar qiymaticha farq qiladi. To‘lalik guruhlari, o‘z navbatida, o‘lcham guruhchalariga ajratilgan. Erkaklar uchun ko‘krak aylanasi Ok bo‘yicha o‘lchamlar diapazoni 84—128 ni, ya’ni 12 nomerni o‘z ichiga oladi. O‘lchamlarning birinchi kichik guruhi: 2—4 to‘lalik guruhlari uchun 84—104 o‘lchamlar, 1-to‘lalik guruhi uchun — 92—112 o‘lchamlar kiritiladi. Erkaklar uchun jami 6 ta to‘lalik o‘lcham kichik guruhi belgilanadi. Kichik guruhchalar ichida standart gavdalar bo‘yi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Har bir guruhcha uchun muayyan yosh belgilangan: kichik yosh guruhiga 18—29 yoshdagi kishilar, o‘rta yosh guruhiga 30—44 yoshdagi kishilar va katta yosh guruhiga 45 yoshdan oshgan kishilar kiritiladi. Har bir guruhchada baza tur ko‘zda tutilgan; kiyim shu turga mo‘ljallab loyihalanadi va modellashtiriladi. Yosh belgilarini nazarda tutib, kiyimni 15 ta asosiy turga mo‘ljallab loyihalash kerak. Mamlakatimizdagi barcha bolalar 5 o‘lcham yosh guruhiga kiritilgan. O‘spirinlar guruhi akselerat (tez o‘sadigan) yoshdagi bolalar guruhini ham o‘z ichiga oladi. O‘lchamlarning bo‘y bo‘yicha variantlari shunday tanlanganki, ular katta yoshdagi kishilar o‘lchamlarining bo‘yini ifodalavchi qiymatlarning tutash qatorini tashkil etadi. Shunday qilib, tarmoq standartlari quyidagilarni belgilab beradi: ko‘plab kiyim tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan standart jussalarning maksimal sonini; standart gavdalar tasnifini; kiyimlar loyihalanadigan baza standart gavdalarni; standart gavdalar o‘lchov belgilarining qiymatlarini. Zamonaviy kiyim juda xilma-xildir, uning tuzilishi va o‘lchamlari odam gavdasining o‘lchamlari va tuzilishi, moda yo‘nalishi mo‘ljallanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Kiyimning tuzilishi deb, bevosita odam tanasida kiyim hosil qiladigan fazoviy sirtga aytiladi. Kiyimning ichki va tashqi tuzilishi va o‘lchamlari ajratiladi. Kiyimning ichki o‘lchamlari va ularga tegishli odam gavdasi o‘lchamlari orasidagi farqga kiyim to‘kisligi uchun beriladigan qo‘shimcha haq deyiladi. Kiyimning ichki va tashqi o‘lchamlari orasidagi farqga konstruktiv-dekorativ qo‘shimcha haq deyiladi. Umumiy to‘kislik uchun qo‘shimcha haq miqdori to‘kislik uchun beriladigan qo‘shimcha haqning eng kam miqdori va konstruktiv-dekorativ qo‘shimcha haqning yig‘indisiga teng, ya’ni: Kiyimning ichki o‘lchamlari va odam gavdasining o‘lchamlari nisbati turli uchastkalarda bir xil emas. Masalan, korset buyumlar tanaga eng yopishib turadigan kiyim turi bo‘lib, ular nafaqat tanani qofiyalaydi, balki uning alohida qismlari (ko‘kark, qorin)ga aniq shakl beradi. Tikuvchilik buyumlarining boshqa turlari bir uchastkalarda erkin tursa, boshqasida esa tanaga yopishib turadi. Kiyim yopishib turadigan tana qismlarini tayanch sirtlar deb atashadi. Tayanch sirtlarning joylanishiga qarab kiyimlar ikki guruhga bo‘linadi: — yelkaga oid kiyimlar — yelka qismiga suyanib, bo‘yin, tana va qo‘l-oyoqlarni yopadi; — belga oid kiyimlar — tos bel qismiga suyanib, tananing pastki qismi va oyoqlarni yopadi. Kombinezonlar ham yelkaga, ham belga oid kiyimlar hisoblanadi. «Odam-kiyim» tizimining statikada mavjud bo‘lishining zarur sharti — kiyimning o‘lchami va shaklining odam tanasiga taalluqli qismlari o‘lchami va shakliga mos kelishidir. Kiyimdan foydalanish jarayoni «odam-kiyim» tizimida odam va kiyimning o‘zaro ta’siridan kelib chiqadi. Tayanch sirtlardan pastda joylashgan uchastkalarda kiyimning ichki sirti va odam tanasi o‘rtasida bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliqlar nafas olish va harakatlar erkinligi, shuningdek, odam kiyimda o‘zini normal xis qilishini ta’minlash uchun zarurdir. Bo‘shliqlarni hosil qilish uchun kiyimning ichki o‘lchamlarini odam tanasi o‘lchamlaridan kattaroq qilib loyihalanadi. Kiyim to‘kisligi uchun qo‘shimcha haqlar. To‘kislik uchun qo‘shimcha haqning minimal qiymati Pmin nafas va harakat erkinligini, odam tanasiga ko‘rsatadigan minimal bosim miqdorini va kiyim osti bo‘shlig‘ining hosil bo‘lishini ta’minlashi shart. Qo‘shimcha haqning minimal qiymatini aniqlash uchun asos sifatida dinamikada odam tanasining o‘lchamlari o‘zgarishini o‘rganish hisoblanadi. To‘kislik uchun qo‘shimcha haqning minimal qiymati Pmin, avvalo, buyumning kengligini aniqlovchi — ko‘krak aylanasi uchun hisoblanadi. Masalan, maxsus kiyimlar uchun uning miqdori odam tanasining o‘lchamlarining o‘zgarishiga teng. Maishiy kiyim uchun Pmin miqdori odam tanasining chuqur nafas olgan holatidagi o‘lchamiga teng. To‘kislik uchun qo‘shimcha haqning materiallar xossalariga bog‘liqligi. Kam cho‘ziluvchan materiallardan kiyim konstruksiyalashda musbat qiymatli, yaxshi cho‘ziluvchan trikotaj matoli kiyimlar uchun esa nol yoki manfiy qiymatli qo‘shimcha haqlar qabul qilinadi. Kiyim odam tanasining shakli va o‘lchamlariga mos holda tayyorlanadi. Gavdaning turli uchastkalarida kiyim bir xil yopishib turmaydi, lekin har doim kiyim bilan odam tanasining orasida uning bemalol nafas olib harakat qilishi uchun zarur bo‘lgan havo bo‘shliqlari bor. Kiyimning ichki o‘lchamlari bilan ularga mos odam tanasining o‘lchamlari orasidagi farq to‘kislik qo‘shimchalari deyiladi. To‘kislik qo‘shimchasi texnik va dekorativ konstruktiv qo‘shimchalaridan iborat. Texnik qo‘shimcha — odam tanasining atrofida o‘zini normal sezishi uchun normal mikroiqlim yaratish uchun zarur bo‘lgan minimal qo‘shimchadir. Uning qiymatida material qalinligi ham hisobga olingan. Texnik qo‘shimcha kiyimning faqat ko‘ndalang o‘lchamlariga beriladi. Lekin vaziyatga qarab (agar kiyim belbog‘li bo‘lsa erkin harakatlanishiga, qaytarma yenglarda esa — ichida biroz to‘kislikka) kiyim uzunliklariga ham beriladi. Texnik qo‘shimchaning qiymati, kiyimning vazifasiga qarab, antropolog va gigiyenistlar yordamida hal qi lingan. Masalan: maishiy kiyim qo‘shimchasi erkin nafas olishni ta’minlasa, maxsus kiyim qo‘shimchasi esa keskin harakatlarda tana o‘lchamlari o‘zgarishini hisobga olgan. Ko‘krak chizig‘ida kiyim kengligiga — texnik qo‘shimcha o‘zgarmas qiymatga ega: yengil ko‘ylak uchun 2 sm jaket uchun 3 sm. To‘kislik qo‘shimchasi R bosh harfi bilan belgilanadi. Bosh harfining indeksi ushbu qo‘shimcha qaysi uchastkaga taalluqliligini bildiradi. Masalan: Rg ko‘krak chizig‘i sathiga qo‘shimcha. Bel va bo‘ksa chiziqlarining to‘kislik — texnik qo‘shimchasi, odatda, ko‘krak qo‘- shimchisidan kamroq bo‘ladi. Ushbu qo‘shimchalarning amaliyotda qo‘llaniladigan nisbatlari quyidagicha: — yopishib turadigan siluet uchun Pbel= (0,5-0,75) Pk.; Pbo‘k = 0,5 - Pk. — sal yopishib turadigan siluet uchun Pbel= (0,75 -1) Pk.; Gbo‘k = 0,75 Pk . Dekorativ konstruktiv qo‘shimchalar kiyimning vazifasiga, siluetiga hamda moda yo‘nalishiga bog‘liq. Ular kiyimning ham kengligiga, ham uzunligiga berilishi mumkin. Dekorativ konstruktiv qo‘shimchalar yubka va shimlarning bel chizig‘i nolga teng bo‘lishi mumkin, yoki 20 sm gacha kattalashishi mumkin. Kiyim konstruksiyalash jarayonida hisoblashni osonlashtirish maqsadida kiyim erkinligiga umumiy qo‘shimcha olinadi. Uning tarkibiga ham texnik, ham dekorativ konstruktiv qo‘shimchalar kiradi, lekin hech qachon umumiy qo‘- shimcha minimal zarur qo‘shimchadan kam bo‘la olmaydi. To‘kislik qo‘shimchalari kiyimning umumiy kengligiga yoki konstruksiyaning ayrim uchastkalariga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Xulosa
Hozirgi kunda ko`ylaklarni ishlab chiqarish uchun har-xil gazlamalardi ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishdim. gavda qismi to’g’ri siluetli, koketka chizig’i bo’ylab burmali bo’ladi. Koqyetka asosan ko’ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig’i bo’ylab dumoloq bo’ladi. Old tomonda koketka bo’laklari bir-birining ustiga o’tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o’mizi bo’ylab o’tkazma, qaytarma qismining shakli har xil bo’ladi. Bunday ko’ylakning konstruksiyasini tuzish metodlarining boy tarixi bo’lib,unda halq an’nalari hisobga olinadi. O’zbekcha ko’ylakning bo’yi (uning koketkadan pastki qismi) to’g’ri endan tiqilib, gazlamaning gullari butunligigacha saklanadi. Ko’kragi burmali to’g’ri ko’ylak to’la va nozik (ozg’in) gavdali ayollarga ham juda yarashadi. Koketka va yoqa, yeng fasonini o’zgartirish bilan ko’ylakning fasonini har xil qilish mumkin. Fason tanlashda gazlamaning asosiy sifatlarini: yupka qalinligi va gullarining zichligini. Mavsumbopligini va tanlangan fasonning bu gazlamaga mos kelishini Milliy ko’ylak konstruksiyasini beli qirqma bo’lmagan yevropacha ko’ylak konstruksiya asosining chizmasida tuzish varianti taklif etilgan. Ayollarning an’anaviy o’zbekcha ko’ylagida hozirgi paytda ma’lum o’zgarishlar bo’lmay yotipdi. Ko’ylak gavda qismi silueti, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta – kichikligiga va shakliga ko’pgina omillar. Shu jumladan moda ham ta’sir etmoqda. Hozirgi o’zbekcha ko’ylakda turli bezaklar, kuyma burmalar, aylana burmalar, plisse va hakozolar ishlatiladi. Bu esa ko’ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning konstruksiyasi bir xil bo’lsa ham ularning tashqi ko’rinishini o’zgartiradi.

Yüklə 219 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin