MUNDARIJA
Kirish .2
I BOB.Buyumlar ishlab chiqarish
1.1. Buyumlarni ishlab chiqarishning bosqichlari. Tajriba sexdagi texnologik operatsiyalarning tasnifi… … .4
1.2. Andozalar turi va ularni tayyoorlashga qoyiladigan talablar . ..
.8
II BOB.Tayyorlashning funksional vazifalari
2.1. Andozalar satxini hisoblash usullari .18
2.2.Gazlama sarfini normalash 26
Xulosa ...
..32
Foydalanilgan adabyotlar………………………………………………………33
Kirish
Kiyimning yangi modellari Modalar uyida, shuningdek, yirik tikuvchilik korhonalarining tajriba sexlarida ishlab chiqariladi. Tajriba sexlarining asosiy vazifalari qoydagilardan iborat:
-kiyimlarning, ular alohida uzellarining va ishlab chiqarish texnalogiyasini takomillashtirish;
- modellarni ishlab chiqarishga tushirishga tayorlash;
-yangi modellar texnalogiyasini ishlatib korish va yangi uskunalarni ishlatish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;
-yangi modellar ishlab chiqarish texnalogik jaroyonlarini nazorat qilish;
-har bir modelga sarflanidigan materiallarni, furniturani meyorlash.
Har bir modelga asosiy va qoshimcha matiriallarni bichishda ishlatib korilgan andazalardan, modelning tashqi korinishi tavsifidan; tavsiya qilingan materiallar va furnitura royhatidan; detallarning ularni bir hillashtirish hisobga olingan royhatidan; olchovlar tabelidan; texnalogik ishlov berish xususiyatlarining tavsifidan; urtacha olcham rostga materiallar va furniture sarfidan; tamgalash va orash haqidagi tavsiyalardan iborat toliq texnik hujjatlar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jixatdan tayyorlashning dastlabki bosqichi kiyimlarni modelini yaratish xisoblashdi. Model tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir.Kiyimni yangi modeli modelar uyidan tashqari, malakali rassoom-modelchi yoki modelyer-konstruktorlarga ega bolgan tikuvchilik korxonalarda yaratildi.
Model yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
- gazlama ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish;
- gazlama va qoshimcha bezak materiallarni tanlash;
- model eskizini korxonada bosh muxandis boshchiligidagi muxandis texnik xodimlardan iborat badiiy - texnik kengashda tasdiqlash;
- eskiz boyicha buyumni rassom modelchi va texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish;
- yangi modeldagi kiyimni badiiy - texnik kengashda korib chiqish va katta badiiy - texnik kengashga tavsiya etish.
Katta badiiy - texnik kengash yengil sanoat korparatsiya qoshida tashkil qilingan bolib, yilida ikki marta yigilish otkazadi.Bu badiiy texnik kengash tartibiga tikuvchilik sanoati, Modalar uyi va savdo tashkilotlar xodimlari kiradi. Katta badiiy texnik kengashda otgan modellarni ommaviy ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash tikuvchilik korxonani tajriba sexida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |