G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonlari (isitish yoki sovitish) bilan kimyoviy jarayon bir vaqtda yuz beradi. G’ilofli qurilma tasviri 17-rasmda keltirilgan.
Bunday qurilmalarda issiqlik almashinishni yuzasi sifatida reaktor devori xizmat qiladi. Flanest birikma 3 yordamida qobiq 1 ga g`ilof 2 mahkamlanadi. Qobiq va g`ilof orasidagi bo`shliqda issiqlik eltkich I stirkulyastiya qiladi. Qurilmaning ichida esa, eltkich II joylashtiriladi. Bu turdagi qurilmalarning issiqlik almashinish yuzasi 10 m2 va g`ilofdagi bosim 1,0 MPa dan oshmaydi.
Agar, bosim 7,5 MPa dan ortsa, g`ilofda ko`p miqdorda teshiklar qilinadi va g`ilof listining chetlari perimetri bo`yicha buklanadi va qurilma qobig`iga payvandlanadi (17-rasm).
Shnekli issiqlik almashinish qurilmasi. Yuqori qovushoqli suyuqlik va issiqlik o`tkazuvchanligi kichik bo`lgan sochiluvchan materiallarni isitish davrida, jarayonni intensivlash uchun qurilma devoriga tegib turgan muhit yuzasini doimiy ravishda yangilab turish kerak. Buning uchun, bir paytning o`zida shnek yordamida materialni mexanik aralashtirish va uzatib turish maqsadga muvofiqdir (18-rasm).
Qurilma qobig`ining bir uchidan material yuklanadi va bir – biriga qarab aylanayotgan 3 va 4 shneklar yordamida aralash-tiriladi. Aralashtirish bilan birga materialni qurilmaning boshqa uchiga uzatadi. Ayrim hollarda, issiqlik almashinish jarayonini intensivlash uchun shnekning ichi bo`sh qilib tayyorlanadi va ular orqali issiqlik eltkich (bug` yoki issiq havo) yuboriladi.
II.TEXNOLOGIK QISM
2.1. Texnologik sxemaning izohi
Isitilishi kerak bo’lgan modda rostlovchi vintillar orqali kompressor yordamida ikki bosqichli issiqlik almashinish qurilmasiga sovutish uchun uzatiladi.
Absorbsiya jarayonida yuqori tasir yuzasiga erishish uchun kelayotgan gaz harorati past temperaturada bo’lishi talab etiladi. Bizda qo’yilgan issiqlik almashinish qurilmalari haroratni 60 dan 20 gacha sovushini taminlaydi. Sovutilgan gaz rostlovchi vintellar orqali absorbsiya kalonnasining pastki qismiga beriladi va u yerda kalonnaning butun hajmi bo’ylab kontakt elementlari nasadkalar orqali tarqaladi. Absorbent kalonnaning yuqori qismiga issiqlik almashinish qurulmasida sovutilib markazdan qochma nasos orqali yig’gichdan uzatiladi. Kalonnada gaz va suyuqlikning qarama-qarshi oqimida ta’sirlashuvi amalga oshadi. Tozalangan gaz kalonnaning yuqori qismidan ajralib, keyingi maqsadlar uchun uzatiladi. Absorbent esa kalonnaning pastki qismidan yig’gichga tushib u yerdan keyingi qayta ishlashga uzatiladi.