Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqali to`lovlar va haridlarni amalga oshirish afzalliklari 14



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə26/28
tarix24.10.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#160873
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Elektron to\'lov usulini o\'rgatuvchi mobil ilova

2.3 Dasturiy vositani kodlashtirish.


Dasturiy ilovani kodlash kotlin dasturlash tilida amalga oshirildi. Kotlin - bu JVM (Java Virtual Machine) da ishlaydigan va JetBrains tomonidan ishlab chiqilgan, tipik dasturlash tili. U shuningdek, JavaScript va LLVM (Low Level Virtual Machine) infratuzilmasi orqali bir qator platformalar uchun bajariladigan kodda tuzilgan. Til Finlyandiya ko'rfazidagi Kotlin orolining nomi bilan ataladi.
Bu dasturlash tili mualliflari Java va Scala (JVM da ishlovchi dasturlash tili) ga qaraganda sodda til yaratishni maqsad qildilar. Scala bilan solishtirganda soddalashtirish, shuningdek, IDE (Integrated Development Environment) da tezroq kompilyatsiya va tilni qo'llab-quvvatlashga olib keldi. Til Java-ga to'liq mos keladi. Kotlin dasturlash tili java loyihalarini ishlab chiqishga va foydalanishga juda katta imkon beradi.
Til sintaksisida Paskal, TypeScript, Haxe, PL / SQL, F #, Go, Scala, C ++, Java, C #, Rust va D elementlaridan foydalaniladi. O'zgaruvchilar va parametrlarni e'lon qilishda nomdan keyin ma'lumotlar turlari ko'rsatiladi (ajratuvchi - ustun). Obyektga yo'naltirilgan yondoshishdan tashqari, Kotlin funksiyalardan foydalangan holda protsessual uslubni ham qo'llab-quvvatlaydi. C, C ++ va D kabi, dasturga kirish nuqtasi buyruq qatorining parametrlarini o'z ichiga oladigan main funksiya hisoblanadi.
2017-yil may oyida Google JetBrains IDE-ga asoslangan Kotlin tilidagi vositalar Android OS uchun rasmiy rivojlanish vositasi bo'lgan Android Studio 3.0-da standartga kiritilishini e'lon qildi. Google I/O 2019-yilda Kotlin dasturlash tili Android-ning rivojlanishida ustuvor vazifaga aylanganligini ta'kidlab o'tdi. Kotlinning bosh maqsadi bugungi kunda Java foydalaniladigan barcha joylarda, Javaning o’rnini bosa oladigan qisqaroq, samaraliroq, ishonchliroq muqobil bilan ta’minlashdir. Java nihoyatda mashhur til hisoblanadi va u keng miqyosdagi muhitda: Smart card dan tortib Google, Twitter, LinkedIn va boshqa internet sohasidagi kompaniyalar tomonidan yuritiladigan eng katta ma’lumot bazalarida ham foydalaniladi. Ushbu joylarning ko’pchiligida, Kotlindan foydalanish dasturchilarga kamroq asabiylashish va kamroq kod yozishlar bilan o’z maqsadlariga erishishida ko’maklashadi.
Kotlindan foydalanadigan eng ko’p tarqalgan dasturlash sohalar, bular:

  • Server-side (odatda Web dasturning Back-end lari);

  • Android OS ilovalari;

  • Bundan tashqari;

  • Intel multi-OS Engine da iOS ilovalari;

  • JavaFX orqali Desktop dasturlari;

Javaga qo’shimcha tarzda, Kotlin JavaScriptga ham kompilyatsiya qilinishi mumkin va bu sizga Kotlin kodini browserda harakatlantirish imkon yaratadi. Ammo JavaScript asosi hanuz JetBrians tomonidan o’rganilmoqda va tadqiq qilinmoqda, shuning uchun ham bu haqida keyinchalik toxtalib o’tamiz. Kotlinning kelajak versiyalarida boshqa platformalarga ham moslashtirish ham ko’zda tutilgan. Ko’rib turganingizdek, Kotlinning maqsadi anchayin keng. Kotlin faqatgina bir soha muammolariga yoxud, bugungi kunda dasturchilar duch keladigan ma’lum turdagi qiyinchilikni hal qilishga qaratilmagan. Aksincha, u dasturlash jarayonida yuzaga keladigan barcha holatlarda samaradorlikni oshirishga yo’naltiriligan.
Endi esa Kotlinning dasturlash tili sifatidagi keyingi asosiy xususiyatiga e’tibor qaratamiz.
Dasturnig kodi MainActivity faylga yozildi. “HISOBLASH” tugmasi bosilganda ishga tushadigan funksiya yaratildi. Funksiya diagnozlar boʻyicha tanlanmalarni hisoblagan holda natija qaytaradi. Belgilangan diagnozlar va kiritilgan ma’lumotlar boʻyicha “10”, “9”, “8” va “7” ballar bilan baholanadi. Umumiy natija hisoblab chiqiladi. Olingan natijalardan “90-100” ball oʻta ogʻir, “89-70” ball ogʻir daraja, “71-68 ball oʻrtacha daraja”, “67-55” ball yengil daraja, “54 va undan past” ball normal daraja.
b
2.14-rasm. Dasturning asosiy natija qaytaruvchi qismi.


Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin