Mundarija Kirish. 5 I bob. Internet to`lov tizimlari, ular orqali to`lovlar va haridlarni amalga oshirish afzalliklari 14


-modda. Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə2/28
tarix24.10.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#160873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Elektron to\'lov usulini o\'rgatuvchi mobil ilova

2-modda. Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Elektron to‘lov
Texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish elektron to‘lovdir.
Elektron to‘lov to‘lov tizimining subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida to‘lov tizimining belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
4-modda. To‘lov tizimi va uning turlari
Elektron to‘lovlar amalga oshirilayotganda to‘lov tizimining subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar majmui to‘lov tizimidir.
To‘lov tizimining turlari:
banklararo to‘lov tizimi;
bankning ichki to‘lov tizimi;
chakana to‘lovlar tizimi.
5-modda. To‘lov tizimining qoidalari
To‘lov tizimining qoidalarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
to‘lov tizimi a’zolarining to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi va a’zolikdan chiqishi tartibi;
elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari, shu jumladan elektron to‘lov hujjati rekvizitlarining tarkibi va formati bo‘yicha talablar;
axborot xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash tartibi;
to‘lov tizimining subyektlari o‘rtasidagi nizolarni hal etish tartibi.
To‘lov tizimining qoidalarida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining elektron to‘lovlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlari to‘lov tizimining barcha subyektlari uchun majburiydir.
6-modda. To‘lov tizimining subyektlari
To‘lov tizimining a’zolari va to‘lov tizimidan foydalanuvchilar to‘lov tizimining subyektlaridir.
To‘lov tizimidan foydalanuvchilarga elektron to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar to‘lov tizimining a’zolaridir.
Qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslarga elektron to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, shu yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘lov tizimidan foydalanuvchilardir.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin