ta’sir qiladi. Bundan tashqari jigarda yog‘ va glikogen to'planadi. Tuban
qorinoyoqlilar oshqozonida oziq saralanadi. Oziqning bir muncha mayda boiaklari
oshqozon epiteliysi kiprikchalarming harakati tufayli jigar naychalari orqali jirap
bo‘shlig‘iga tushadi; jigar hujayralari tomonidan qamrab olinib, hazm qilinadi.
Oshqozon ingichka ichak bilan tutashgan. Ingichka ichak bir necha marta buralib,
orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi
muhitga ochiladi. Ayrim tuban qorinoyoqlilaming orqa ichagi yurak qorinchasi
orqali o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: