Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi, o`sish konusining birlamchi myeristemasidan hosil bo`lgan hujayralar diffyerentsiatsiyalanishda poyaning birlamchi ichki tuzilishiga o`tadi. Prokambiy hujayralaridan o`tkazuvchi boG’lamlar rivojlanishi bilan birlamchi hosil qiluvchi to`qima nobud bo`ladi. endi ular yopiq o`tkazuvchi boG’lamlar hosil qiladi. SHuning uchun ham bir pallali o`simliklar poyasining ichki tuzilishi ikki pallali o`simliklarnikidan birmuncha farq qiladi. YOpiq o`tkazuvchi tolali nay boG’lamlar bir pallali o`simliklar poyasida tartibsiz ham tartibli joylashadi.
Bir pallali o`simliklar poyasi faqat birlamchi yo`G’onlashish bilan tugaydi. SHunisi xaraktyerliki bazi o`simliklarda poya ichi bo`sh bo`ladi. Masalan, arpa, buG’doy, sholi, javdar hamda suli kabi o`simliklar shular jumlasidandir. Bunday poyalar poxol poya ham deb ataladi. Makkajo`xori, oqjo`xori poyasining ichi bo`sh bo`lmaydi. O`tkazuvchi tolali nay boG’lamlari ichi bo`sh poyalarda tartib bilan, ichi to`la poyalarda esa tartibsiz joylashgan. Hamma bir pallali o`simliklar poyasi tashqi tomondan epidyermis bilan qoplangan. epidyermis ostida esa bir necha qavatli halqasimon shaklda joylashgan mexanik to`qima-sklyerenxima mavjud. Agar epidyermis hujayrasining po`sti tsellyulozadan iborat bo`lgan tirik, parenxima hujayralar bo`lsa, sklyerenximaning hujayra po`sti qalin, yoG’ochlangan, o`lik prozenximatik hujayralardir. epidyermis hujayralari poyani tashqi tomondan o`raydi. Sklyerenxima to`qimalari esa o`simlikni tik tutadi.
BuG’doy, arpa, suli, javdar poyalarining epidyermis hujayralari tagida sklyerenximaning ichiga kirib turuvchi hamda xloroplastga boy bo`lgan xlorenxima joylashgan. Makkajo`xori, oqjo`xori poyalarida esa skelyerenxima orasida xlorenxima bo`lmaydi. Skelyerenxima ostida yupqa pardali ichida sitoplazmasi tirik hujayralardan iborat asosiy parenxima joylashgan. Asosiy parenximaning sklyerenximaga yaqin hujayralarida xloroplast bo`lib, u yosh o`simliklarning poyasini yashil rangga bo`yab turadi va qisman fotosintez vazifasini bajaradi. Sklyerenximadan ichkariroqda joylashgan hujayralar birmuncha siyrak, ularda xloroplastlar bo`lmaydi.
M 19-расм. Бир паллали ўсимликлар поясининг кўндаланг кесими: А – буG’дой мисолида, Б – мак-кажўхори: 1 – eпидермис, 2 – склеренхима, 3 – асосий (G’амловчи) паренхима hужайралари, 4-толали най боG’лам: а – eлаксимон най, б – сув ўтказувчи най,
в – склеренхима.
akkajo`xori poyasidagi asosiy parenxima hujayralarining oralarida yopiq tolali nay boG’lamlari bo`lib, ular tartibsiz joylashgan. Lekin arpa, suli, javdar va buG’doy poyalarida esa tartibli holda joylashgan bo`lib, uning tashqi boG’lamlari sklyerenximaning tutash halqasiga yopishgan holda bo`ladi. YOpiq tolali naylar o`tkazuvchi, mexanik va asosiy to`qimalarning o`zaro boG’langan sistemasidan iborat. BoG’lamning markaziy qismi ikkita turli yirik naycha va uchtagacha mayda spiral hamda halqali naychalardan shuningdek, ksilema parenximasining tirik hujayralaridan tashkil topgan.
Makkajo`xori poyasining eng ko`p qismini yupqa po`stli asosiy parenxima tashkil qiladi. Bu hujayralar o`zida shakar moddasini to`playdi. SHuning uchun ham u shirin maza byeradi. Poyasining ichi kovak bo`lgan o`simliklarda asosiy parenximaning markazida joylashgan hujayralari tez nobud bo`ladi. Poya bo`yiga o`sayotganda bu nobud bo`lgan hujayralar uzilib bo`shliq hosil bo`ladi. Bunday bo`shliqni arpa, buG’doy, suli va javdar kabi o`simliklar poyasida uchratish mumkin.