Mundarija kirish asosiy qism jahon siyosati va uning tuzilish
5. Korporativ munosabatlaridagi tashkilotlar. Bozor munosabatlarida iste’mol qilishning yuqori darajada konsentratsiyalanuvida barcha sotuvga doir faoliyatni birlashtirish katta ahamiyatga ega bo‘ladi (masaian, aerokosmik sanoati). Ishlab chiqarishda diversifikatsiyaning kengayishi, ichki va tashqi aloqalarning murakkablashib borishi, texnik yangiliklami tatbiq etish dinamizmi, mahsulotlami bozorda sotish raqobati kuchaygani jiddiy qiyinchiliklami keltirib chiqaradi va bu o‘z navbatida boshqaruvning sof funksional shakllaridan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Korporatsiya tarkiblarining ko'payishi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlarining va ulami bozorda sotish munosabatlarining ko'payishi natijasida boshqaruvning funksional tuzilmalari alohida funksional bo‘yicha mas’uliyat va huquqlaming xilma-xilligidan kelib chiqib atrofdagi o‘zgarishlarga yetarli darajada munosabat bildira olmay qoladilar. Buning natijasi o‘laroq boshqaruvda mavqe ustunligi bo‘yicha janjallar kelib chiqadi, zarur qarorlar qabul qilish uzoqqa cho‘ziladi, komunikatsiya chiziqlari uzayadi, nazorat qilish fnuksiyalarini amalga oshirish murakkablashadi. Korporatsiya boshqaruvida unga doir o‘mati!gan qat’iy funksional chizmalaridan voz kechib, boshqaruvni tuzilma bo'linmalari bo‘yicha amalga oshirish ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash darajasini o‘stirishda yana ham yaqinroq namoyon bo’ladi.
Turli ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga o'tilishi munosabati bilan funksional tuzilmalar ishlab chiqariladigan mahsulotlar turiga qarab avtonom disentralizatsiyalashgan bo’limlari bo'yicha boshqaruvni tashkillashtirish tomon yuz tutishi ko'rinadi. Boshlang‘ich ishlab chiqarish xo‘jalik bo‘linmalarini mustah-kamlash, korporatsiyalarda disentralizatsiyalash chegaralarini belgilash, ishlab chiqarishga doir kamchiliklar va sarflash xarajatlarini kamaytirish bilan baholanadi. Yuqori rahbarlik bo’linmalarining ta’sirini kuchaytirish, qattiq moliyaviy nazorat o‘matish va umum ishlab chiqarish xo'jalik faoliyati jarayonini rejalashtirish ishlari bilan bog’liqdir.
Korporatsiyalami boshqarishni yuqori darajada uyushtirish alohida diqqat-e’tibomi jalb etadi. Vazifalami, javobgarlik mas’uliyatini va vakolatlilik chegaralarini taqsimlash shakllarini ishlab chiqish jarayoni ketmoqda. Korporatsiyaning oliy boshqaruv mansablari quyidagicha differensiyalanadi: prezident yoki boshqaruv raisi, vitse-prezident, guruh vitse-prezident, ijrochi vitse-prezident, ijroiya qo‘mitasi raisi va b. Korporatsiyalar boshqaruvi tizimiga prezident maslahatchisi yoki bosh boshqaruvchi, korporatsiya faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tavsiyalar va halol baho bcradigan hamda teng strategik tarzda kompaniya ishini ko‘rib chiqadigan mustaqil ekspert lavozimi kiritilishi keyingi paytlarda ko‘plab kuzatilmoqda.
Mustaqil ekspertiza o‘tkazish uchun direktorlar kengashi tarkibiga iqtisod, bozor munosabatlari, moliya, kapital qo‘yilishi, boshqaruv masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan olimlar kiritilmoqda. Ma’lum bir ishlar uchun javob bermaydigan va qandaydir alohida funksiya bilan aloqador boMmagan bunday mutaxassis kompaniyaning direktorlaridan bin hisoblanadi va qabul qilinayotgan chora-tadbirlar, oliy rahbarlik qarori xarakteriga ma’lum darajada ta’sir kolrsatadi.
Texnik taraqqiyotning istiqbolidagi yo‘nalishi bilan aloqador bo'lgan bir qator yirik sanoat kompaniyalarida keyingi yillarda yangi texnika g‘oyalarini tatbiq etadigan va uning tezkorlik bilan hayotga joriy etilishiga bevosita yordam beradigan oliy rahbarlik qoshida maxsus guruhlar tashkil qilish amaliyoti qoMlanilmoqda. Korporatsiya boshqaruvi tizimida funksional shtablar xizmatlari faoliyatini yo‘naltirish va tashkillashtirishdagi sezilarli o‘zgarishlar ham shunday o‘zgarish1aming natijasidir. Mazkur o‘zgarishlar oliy rahbarlik ehtiyojlarini yaxshilash, korporatsiyalar turli tarmoqlariga xizmat ko‘rsatishning funksional xizmatlarini ixtisoslash, rejalashtirish va nazorat ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Kompaniya boshqaruvi tizimida atrof-muhit muammolari, iste’molchilar bilan boMgan munosabatlami o‘rganish va boshqa masalalar bilan shug‘ul-lanuvchi organlar ham tuzilishi mumkin. Ishlar hajmining o‘sishi, ishlab chiqarishning deversifikatsiyalanishi, bozor munosabatlarining murakkablashuvi, korporatsiya doirasida kompaniyalaming katta hududi tarqoqligi korporatsiya bare ha asosiy xizmatlarining qayta markazlashtirilishiga olib keladi. Korporatsiya darajasida funksional tarmoqlar soni kamayadi, shu bilan birga bo‘Iimlarda ishlab chiqarish, sotish, tadqiqot va loyiha-kostruktorlik ishJari, moddiy texnika ta’minoti, transport xomashyosi, materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar bilan bog‘liq ishlarga rahbarlik qiladigan shtab organlar tuziiadi.
Korporatsiyaning tashkiliy taraqqiyoti bo'yicha funktsiyalar va tarmoqlaming paydo boMishi ahamiyatli tendensiyalardan sanaladi. Boshqaruv tashkiliy tizimini istiqbolli rejalashtirish, markazlashgan va markazlashmagan munosabatlaming o‘zgarishini loyihalash yuqoridagi organlaming mazmunidir. Korporatsiyani boshqarish amaliyotida yana bir jarayon - super bo'limlar tuzilishi ro‘y berishi zarur bo‘lgan ijobiy jarayondir. Bu jarayon ikki xil yo'nalishda davom etadi: birinchi holda ikki yoki bir necha bo‘limIar birlashadi va ular orasida korporatsiyaning mustaqil ravishdagi yirik mustaqil tarmoqlari paydo bo‘ladi, boshqa holatda bevosita bir qator bo’linmalaming ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini boshqaradigan guruhli apparat oliy bo‘linmasida organ bo'lib qoladi.
Yirik ishlab chiqarish-xo‘jalik guruhlaming tashkil topishi (super bo‘limlar) mahsulotlaming yangi turlarini tadqiq etish va o‘zlashtirish bilan bog’liq bo‘lim, ma’lum mahsulotlami iste’mol qiluvchilarga xizmat ko‘rsatish bir necha bo‘limlaming texnik, ishlab chiqarish va boshqarish potensiallaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shunday guruhning asosiy faoliyati moliyaviy nazorat qilish, ishlab chiqarish va mahsulot sotishning uzoq muddatli rejalashtirishni ta’minlash, texnik tadqiqotlar va ilmiy izlanishlami tashkillashtirishdan iboratdir. Barcha yangi shakJlami tashkillashtirishning eng muhim dementi EHM asosida ishlaydigan boshqaruvning axborot tizimini yaratishdan iborat Har bir taraqqiy etgan mamlakatning iqtisodi kuchli korporatsiyalar faoliyatiga tayanadi, dunyo bozori esa transmilliy korporatsiyasi faoliyatiga tayanadi. Bizning sanoatimizning tashkiliy tizimi korporativ ti2dmga yaqin turadi. Ko‘plab bir-biriga yaqin turadigan korxonalar ratsional tashkil etilgan xo‘jalik aloqalari va aniq texnologik zanjirli tarkiblarda faoliyat ko'rsatgan va tashkil topgan. Shunga qaramasdan ilgari boshqaruvning tarmoqli tizimi korporatsiya tipidagi tarmoqlaming integratsiyalashuvi va ko‘p tarmoqli birlashmalaming tashkil boMishiga to‘sqinlik qilgan. Bugungi kimda idoraviy to'siqlar yo‘q. Shuning uchun ishlab chiqarishning tarmoqlararo shaldlanishiga keng yo‘l ochib berilishi lozim.