Mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix22.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#119235
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
yulduz diplom ishi

 
 
 
 
 
2-bobga xulosa
Badiiy adabiyotda hayvonlar obrazi keng miqyosda uchrashi hech 
birimizga sir emas. Hayvonot dunyosi ba‘zan odamlarga do‗st qilib tasvirlansa, 
ba‘zida aksi. Yuqorida berilgan har ikkala hikoyada ham inson va hayvon 
o‗rtasidagi do‗stlik aks etgan. Shu bilan bir qatorda odamlarning o‗sha birgina 
hayvonchalik bir-biriga mehr ko‗rsatmasligi yozuvchi tomonidan tasvirlangan. 
Hikoyada hayvonlar qatnashadi va ularning qiyofasi orqali insonlarga xos 
xususiyatlar 
beriladi. 
Yozuvchi el orasidan ko‗tarilib borayotgan 
odamiylikning asl egalari hatto hayvoncha oqibat qila olmay qolayotganini 
asarda chuqur mulohazakorlik va achinish bilan ta'kidlaydi. Hikoyada ayrim 
kimsalarning qalb illati va hayvonlarning insoniy tuyg‗ulari to‗g‗risida fikr 
yuritiladi. Biz yuqorida Said Ahmadning ―Ot bilan suhbat‖ va ―Qorako‗z 
Majnun‖ asarlarini ko‗rib chiqdik. Bu jarayonda e‘tiborimizni tortgan narsa bu 


38 
uy hayvonlarining asarga olinib kirilgani bo‗ldi. Adib hikoyalaridan ―Qorako‗z 
majnun‖ni Nazar Eshonqulning ―Bahovudding iti‖ asari bilan qiyoslab tahlilga 
tordik. Bu jarayonda e‘tiborimizni tortgan narsa ikki asarda bir turga kiruvchi 
hayvon tasvirlanishi va bu hayvonlar har ikkala asarda yuki bor obraz sifatida 
namoyon bo‗lishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
III bob. Adib asarlarida inson psixologiyasi tasviri 
Badiiylik nima degan savolga turlicha javob beriladi va barcha javob 
egalari o‗zlaricha haq bo‗lib chiqaveradi. Javoblar qanchalik xilma-xil 
ko‗rinishlarda bo‗lishidan qat'iy nazar, moddiy-ma'naviy holatlarning til 
yordamida, ya'ni nutqiy ko‗rinishda namoyon bo‗lishi bari bir ta'kidlanadi. 
Inson moddiy narsalarning aksini ko‗rishi yoki tasavvur qilishi mumkin. Biroq 
ma'naviy olamning shakli-shamoyili bo‗lmaganligi uchun, faqat til orqali 
anglashiladi yoki anglatiladi. Musavvir go‗zal ranglarga qanchalik ehtiyoj 
sezgani kabi so‗z ustasi ham tilning go‗zalliklariga, ifoda tasvir vositalariga 
shunchalik muhtoj bo‗ladi. Bizning kundalik turmushimizda ishlatiladigan 
so‗zlar ijodkor qalami yordamida turlicha jilo topib, o‗zimizga zavq beradi. 
Buning sababi shundaki: ―Til bir jihatdan tabiat va insondagi go‗zallikni aks 


39 
ettiruvchi vosita bo‗lsa, ikkinchi jihatdan unda go‗zallikni vujudga keltiruvchi 
javharlar ham mavjud‖
10
bo‗ladi. Biz bu kabi lisoniy go‗zallikni mahoratli 
yozuvchi Said Ahmad hikoyalari misolida kuzatamiz.
Inson san‘atning mohiyatini anglash barobaridayoq tahlil-talqin kabi 
tushunchalarga duch kelgan. Shu davrlardan boshlab san‘atdan ma‘no qidirgan, 
uning sexr-joziba sirlarini bilishga intilgan. Chunki san‘at asarlari ijodkor 
ko‗nglining tub-tubida paydo bo‗ladigan sehrli olamdir. Unda siyrat fikrlaydi, 
surat ijro etadi. Ko‗ngil asrorini oshkor qilish uchun o‗sha olamga kirish, uning 
sirlaridan voqif bo‗lish talab qilinadi. Ko‗ngilda kechgan hislarni anglash 
hammaga nasib etmaganidek, uni tushunish va baholashga ham kamdan-kam 
insonlar muyassar bo‗ladi. Ana shularni munaqqidlar deb atashadi. Ulardan 
―...tug‗ma iste‘dod, nafosat tuyg‗usi, adabiy bilim, nozik diddan tashqari o‗zi 
tanlagan yo‗lda qat‘iyat, shijoat, xolislik, fidoyilik ham talab etiladi‖ 
(U.Normatov).
Istiqlol sharofati bilan boshlangan badiiy tafakkurdagi yangilanishlar 
adabiyotshunoslik fanining barcha tarkibiy qismlarida o‗z aksini topmokda. 
Jumladan, adabiy tanqid sohasidagi tadqikotlarda bo‗y ko‗rsatayotgan turli xil 
yondashuvlar buning dalilidir. Adabiy tankidchilikning zimmasida faqat badiiy 
va san'at asarlari tahliligina emas, balki tahlil-talqin qilishning nazariy 
tomonlari ham qamrab olinganki, shuning o‗ziyoq bu sohaning katta mas'uliyat 
talab qilishini ko‗rsatadi. 
Barcha yaratiqlardan odam moddiy va jismoniy manfaat kutdi, ularga 
istifoda etiladigan narsa debgina qaradi. Xuddi shu ta'mali munosabat tufayli u 
boshi berk ko‗chaga kirib qoldi. Odam aqlli, bo‗lgani bois kuchli edi. U 
tirikchiligini o‗zi mo‗ljallaganiday yo‗lga qo‗ya boshladi. Bu hol uning o‗ziga 
ishonchini orttirdi. Fan va texnikaning rivoji tufayli inson imkoniyatlari yanada 
oshdi. Odam boyroq, qudratliroq bo‗la bordi. Lekin u baxtliroq bo‗lolmadi. 
Chunki faqat aqlning o‗zi odamni quruqshatib qo‗ydi. U tuyg‗ulardan mahrum 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin