Mundarija: kirish asosiy qism



Yüklə 229,76 Kb.
səhifə2/8
tarix02.01.2022
ölçüsü229,76 Kb.
#42398
1   2   3   4   5   6   7   8
aholi daromadlarinign.docx555555

ASOIY QISM

O’zbekistonda oila daromadlarining tarkibi

 

Daromad turlari

Yillar

1996

1997

1998

1999

Ish haqi

30,6

33,7

35,3

36,7

Tadbirkorlik faoliyati daromadi

26,5

29,3

25,2

25,8

Pensiya, stipendiya va nafaqalar

13,6

8,3

9,2

12,1

Mulkdan kelgan daromad

1,8

0,7

0,4

0,3

Tomorqa xo’jaligidan kelgan daromad

20,1

17,1

18,7

16,5

YAkka tartibda mehnat faoliyatidan olingan daromad

1,1

5,2

6,4

6,4

Boshqa daromadlar

6,3

5,7

4,8

2,2

 

Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda aholi daromadlarining 1G’3 qismi ish haqiga to’g’ri keladi. Rivojlangan mamlakatlarda u aholi daromadlarining 70-80 foizini tashkil qiladi.

Ish haqi uch qismdan: asosiy ish haqi, mukofot tarzidagi ish haqi va belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovidan tashkil topgan bo’ladi (bu to’g’rida keyingi paragrafda batafsilroq to’xtalib o’tamiz).

Hozirgi o’tish davri aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar tabaqalanishining chuqurlashuvi bilan tavsiflanadi. O’zbekistondagi turli ijtimoiy guruhlar daromadi tarkibini ko’rib chiqaylik

 

2000 yil 1 yanvar holatiga ko’ra aholi ijtimoiy guruhlari bo’yicha o’rtacha oila daromadining tarkibi (foiz hisobida)



 

 

        Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan aholi ijtimoiy guruhlari daromadlari ularning shaklanish manbalariga ko’ra qat’iy farqlanishi ko’rinib turibdi. Ish haqining ulushi jamoa xo’jaliklari a’zolari, tadbirkorlar va pensionerlar daromadlarining juda oz qismini tashkil etadi. Pensionerlardagi bu kamchilik transfertlar hisobidan, jamoa xo’jaliklari a’zolarida esa shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olinadigan daromadlar hisobidan qoplanadi.

Foyda tadbirkorlikning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf-xatarni zimmasiga olgani uchun ularga keladigan pul daromadi hisoblanadi. Tadbirkorning foydaga ega bo’lishi yoki uni boy berishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rish mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, tez-tez o’zgarib turadi.

Divident aktsiya egasining korxona foydasi hisobidan oladigan daromadidir. Divident miqdori korxonaning ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyati samaradorligiga bog’liq bo’lib, u qancha yuqori bo’lsa, aktsiyador shuncha ko’proq daromad oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining tobora ko’proq qismi aktsiyadorlarga aylanib boradi. Shuning uchun aholi daromadlarida dividentning salmog’i ortib boradi.

Foiz - vaqtincha bo’sh bo’lgan pul mablag’larini o’zgalarga, qoida tariqasida banklarga qarzga berish hisobidan olinadigan daromaddir. Foizning darajasi unga bo’lgan talab qancha ko’p bo’lsa, shuncha yuqori bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda vaqtincha bo’sh, ya’ni joriy sarf-xarajatlardan ortiqcha bo’lgan pulni banklarga qarzga berish keng rivojlangan bo’lib, buning natijasida aholining foiz sifatida oladigan daromadlari sezilarli miqdorni tashkil etadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida renta degan tushuncha ham aholi daromadlarining bir turi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. U ko’chmas mulk (er, imorat, kvartira va boshqalar)ni muqobil ishlatish uchun ijaraga berishdan olinadigan daromaddir. Masalan, xonadon sohibi uni har oyda 5000 so’mlik ijara haqi to’lash sharti bilan ijaraga topshirgan edi, deylik. Endi shu xonadonni 10000 so’mga ijaraga oluvchi talabgorlar paydo bo’ldi. Demak, xonadon egasi uni yangi narx bilan ijaraga topshirib, 5000 so’mga teng bo’lgan qo’shimcha foyda olishi mumkin. Ana shu 5000 so’m rentani tashkil etadi.

Daromadlarning maxsus turi hisoblanuvchi pensiyalar 2 xil bo’ladi: qarilik pensiyalari va nogironlik pensiyalari.

Qarilik pensiyalari xodimning mehnat faoliyati davrida ishlab topgan daromadlarining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazish natijasida to’plangan mablag’lar hisobidan u qarigan chog’ida to’lanadigan to’lovlardir. Pensiyaning miqdori ishlab topilgan daromadlarning ko’p-ozligiga bevosita bog’liq bo’lib, bu hol har bir kishidan mehnatga layoqatli davrida yaxshiroq mehnat qilib, ko’proq daromad topishga undovchi muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Nogironlik pensiyasi ishga yaroqsiz kishilarni davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilishning shakli bo’lib, uning miqdori ishlab topilgan daromadga mutlaqo bog’liq emas.





  1. Yüklə 229,76 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin