4. Bankda xizmat ko`rsatish jarayonida qo`llaniladigan texnika va dasturlarni o`rganish va baholash Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan asosiy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada o‘z ifodasini topgan.
Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan talabnomalar quyidagilardir:
– Operatsiya kuni davomida, ya’ni ish kunining birinchi yarmida bankka kelib tushgan barcha hisob-kitob, pul hujjatlari shu kunning o‘zida qabul qilinishi, rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobi varaqlarida qayd etilishi kerak. Operatsiya kuni tugagandan keyin bankka kelib tushgan barcha hujjatlar qoida tariqasida kelasi ish kunida mijozlarning hisobvaraqlariga kiritiladi.
– Shaxsiy komputerlar yordamida fayllarga ishlov berish tartibi va ularni Hisob-Markaziga jo‘natish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari o‘rtasida elektron to‘lovlar tizimi bo‘yicha hisob-kitoblar yuritish to‘g‘risida”gi Nizom hamda unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar asosida amalga oshirilishi lozim.
– Operatsiyalarning sifatli o‘tkazilishini tartibga solib turish uchun har bir bank bo‘limida doimiy ravishda bankka katta miqdorda hisob-kitob va pul hujjatlarini taqdim etuvchi asosiy mijozlardan hujjatlar qabul qilish qat’iy grafiklarini tuzish lozim.
– Operatsiya kuni davomida mijozlardan barcha hujjatlarni bevosita buxgalteriya xodimlarining o‘zlari qabul qilib oladilar. Operatsiya kuni tugagandan so‘ng, ya’ni kunning ikkinchi yarmida hujjatlar bankka maxsus qutilar orqali topshiriladi. Ulardagi hujjatlar har soatda olib turilishi kerak.
– Barcha hisob-kitob va pul hujjatlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalar, jumladan, budjetga ajratmalar, ish haqi va shunga tenglashtirilgan naqd pul to‘lovlari mijozning “Talab qilib olinadigan” depozit bo‘yicha hisobvarag‘ida yetarli pul mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, ya’ni shu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida to‘lanadi.
Quyida banklarda buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimi to‘g‘risidagi namunaviy ko‘rsatmalarni keltiramiz:
Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 dan 17.00 gacha davom etadi.
– Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir -biri bilan solishtirish, kerakli hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqlarni mijozlar bo‘yicha hisobvaraqlar kartotekasiga joylashtirish bilan shug‘ulanadi.
– Pul sanash kassasidan tushumni yig‘ishga doir hujjatlar operatsion bo‘limbuxgalteriya xodimi qo‘liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. Operatsiya kuni davomida inkassatsiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab bo‘lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
– Ish kunining ikkinchi yarmida mijozlardan qabul qilingan hisob -kitob, pul hujjatlari to‘lov muddatlari arafasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi.
– Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilinadi.
– Operatsion kun oxirigacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi bo‘yicha o‘tkaziladi.
– Operatsion kun tugagandan so‘ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar bankning keyingi ish kuni balansi bo‘yicha o‘tkaziladi.
- Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassoga qabul qilingan boshqa shaharlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov talabnomalari to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga o‘sha kunning o‘zidayoq jo‘natiladi.
3.Xodimlar bilan ishlash bo`limi
1.Bank ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati.
Bank operatsiyalari ichki nazorati - bank rahbariyati va barcha bankxodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malakada bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi;
Ichki nazorat ma’lum yoki aniq vaqt mobaynida amal qilinishi lozim bo’lgan tartib yoki qoida bo’lmasdan, balki u bankning barcha bo’g’inlarida kunlik bank operatsiyalarning boshlanishidan tortib tugagunga qadar doimiy yuritiladigan bank faoliyatining ajralmas qismidir. Ichki nazorat o’z navbatida dastlabki nazorat, joriy nazorat va yakuniy nazoratga bo’linadi. Ichki nazorat tizimi kerdit tashkiloti sifatida bank joriy holatini tahlil qilishda, banklarni taraqqiy toptirishda juda muhim element bo’lib, bank menejmentining ajralmas bo’lagi hsoblanadi.
Ichki nazorat tizimi o’zida ichki nazoratning turli yo’nalishlari va bo’limlarini jamlaydi. Ichki nazorat bank xodimlari tomonidan yo’l qo’yilgan turli xatoliklar va qonun buzilishlar natijasida paydo bo’ladigan yo’qotishlarni minimallashtirish maqsadida bank boshqaruvi tomonidan yaratilgan nazorat tizimi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq bank ichki nazoratining mohiyati faqatgina tekshiruv metodlari jamlanmasidangina iborat emas, shunday bo’lsada u bank tomonidan o’z aktivlari butligini ta’minlash, boshqaruv siyosatiga amal qilish, moliyaviy hisobotlar ishonchliligini tekshirish va samarali ish faoliyatini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni o’zida ifoda etadi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir.
Xulosa
Bugungi kunda Agrobank banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 100 ta bank xizmatlar ko'rsatish markazi 2931 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Agrobank bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Agrobank banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Agrobank banki jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqdaInstitut tomonidan tayinlangan tanishuv-malakaviy amaliyot sababli AT Agrobank banki Samarqand viloyati Oqdaryo tuman fillialida o’tkazgan 1oyim mobaynida bank xodimlari va ayniqsa bank tomonidan menga tayinlangan amaliyot raxbarim ko’maklari bilan bank faoliyati to’g’risida atroflicha ma’lumot oldim. Bankning hozirgi darajasi va mijozlarga nisbattan bajariyotga mukammal amali to’g’risidagi fikrlar meni kelajakda ham shu bank xodimi bo’lib qolishga undamoqda. Oliy ta’limni na’munali bitirib, albatta Agrobank bankiga qaytish niyatidaman…
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar toʼgʼrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasining «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʼgʼrisida»gi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-son «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida bank xizmatlari isteʼmolchilari (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablarni belgilaydi.