Innovatsion pedagogik jarayorming muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini boshqarishi va o'zini- o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo'nalishlaridan bin talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo'nalish talabalarning o'quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.
Tayanch yo'nalishlar - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o'zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o'tish.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo'nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan xulosaga olib keladi.
Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyoming birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi O'qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin o'qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (акте) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi davr degan ma'nolarni bildiradi.
B.G. Ananev, N.V. Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo'g'rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari to'g'risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan o'ta olish masalalari bilan shug'ullanganlar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko'rishiga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab berdi. Obyektiv omillarga olingan ta'lirnning sifatini, subyektiv omillari esa insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas'uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi:
•ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati; • axborotlarga tashnalik, muammolardagi g'ayriodatiylikka va yangilikka bo'lgan his- tuyg'u, professionalizm, bilishga bo 'Igan chanqoqlik (N, V, Vishnekova). V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro'yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:
samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;
shaxsning o'z taqdirini o'zi belgilash va o'zini o'zi namoyon qila olishi asosida o'z rivojlanishini ta 'minlash;
Shu tariqa o'qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o'z-o'zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o'zini boshqalarga qiyos qilish asosida o'z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o'zi to'g'risidagi kreativ ko'rinishlar va tasavvurlari to'plami; individual kreativ o'ziga xosliklarning bir butunligi va uyg'unligi, ichki birligi; shaxsning o'z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o'zini namoyon qila olishi va o'zining muayyan ishlami amalga oshmshga hozir rurganligi; ijodkor sifatida o'zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o'zining o'rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o'qituvchining kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish unkonini beradi.
O'qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi: