Mundarija: kirish bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi


II Bob Yalpiznamolarning turlari va bioekologik xususiyatlari



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə5/14
tarix27.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
botanika kurs ishi Abdulhamidova Z

II Bob Yalpiznamolarning turlari va bioekologik xususiyatlari.


2.1 Yalpiznamolar qabilasiga kiruvchi oilalar va ularning vakillari.
Bu qabilaga 3 ta oila kiradi: tizimguldoshlar, yalpizdoshlar, balchiqo’tdoshlar.
Tizimguldoshlar (Verbenaceae) oilasi
Bu oilaga daraxt, buta, yarim buta va o’t o’simliklar kiradi. Barglari oddiy , ba’zan 4 bo’lakli qarama-qarshi joylashgan, yon bargchasiz. Gullari ikki jinsli, zigomorf. Gulkosa va gultojibarglari 5 tadan , changchisi 4 ta, urug’chisi 2 ta, tugunchasi ustki. Mevasi asosan danakcha. Oilaga 100 ta turkumga oid 3000 tur kiradi. O’zbekistonda 2 turkumga mansub 4 ta turi o’sadi. Vakil qilib dorivor tizimgul (verbena officinales) ni olish mumkin, u begona o’t sifatida uchraydi. Tog’murchi yoki Maryam daraxti ( vitex agnus-caostus) buta, o’ziga xos hid taratib turadi. Bargi va gulida efir moylari bor. O’zbekistonda manzarali o’simlik sifatida ekiladi.
Dorivor tizimgul ( verbena officinales)- tizimguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. poyasi tik o’sadi, shohlangan. Bo’yi 30- 100 sm. Barglari tuxumsimon, cho’ziqnashtarsimon , yirik (4- 8 sm ), gullari mayda , oq poya ustida ro’vaksimon to’pgul hosil qiladi. Apreldan sentabrgacha gullaydi , mevasi iyundan pisha boshlaydi. Tizimgul o’zbekistonning cho’l va baland tog’li qismidan tashqari hamma yerida uchraydi. U ayniqsa, bog’, ekin orasi, ariq bo’ylari va yo’l yoqalarida ko’p o’sadi. Tarkibida verbenalin va adenozin glikozidlari bor. Poya va barglaridan tayyorlangan qaynatmasi xalq tabobatida turli xil shishlar va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Qo’ziquloq (Phlomis thapsoides) - ko’p yillik o’t, poyalari bir nechta, tik o’suvchi, sershox, bo’yi 30-50 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, keng tuxumsimon, cho’ziq yoki cho’ziq nashtarsimon, qalin sertuk. Gultoji binafsha qizg’ish rangli. O’zbekistonda asosan soz tuproqli adirlarda tarqalgan. Ayrim joylarda jamoa hosil qilib o’sadi.(2.1.1-rasm).

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin