Mavzuning o’rganish darajasi. Etnografiya fani kadimgi grek suzlari – etnos (xalq) va grafo (yozish, ta'riflash) degan atamalardan tashkil topgan. Uning tub ma'nosini xalqlarni taqqoslash yoki xalqhunoslik kabilar tashkil etadi. Ba'zan etnografiya fani etnologiya, madaniy antropologiya yoki xalqshunoslik nomlari bilan ataladi. Tarixiy etnografiya yukolib ketgan xalq va elatlar, o’tmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va ma'naviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq etadi. Tarixiy yondashish har bir predmetni o’rganish, tug’ri tushunishning birdan-bir ususli xisoblanadi. Shuning uchun etnografiya fanining mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini belgilash uchun uning tarixiga nazar tashlash zarur bo’ladi.
Qadimdan xalqlar savdo-sotiq yoki urushlar tufayli bir-biri haqida aniqroq ma'lumotlarga ega bo’la boshlagan. Sharqda Bobil, Ossuriya, Eron xukmdorlari o’zlarini ulug’lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarda bosib olingan va buysundirilgan mamlakatlar xalqlari haqida ko’plab ma'lumotlar qoldirgan. Qadimgi Gresiya va Rim mualliflari o’z asarlarida qo’shni kabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati tug’risida boy ma'lumotlar qoldirishgan.
Etnografiya fani bilan kengrok shugullanish X1X asrda ancha rivojlandi, muxim ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy fikrlar shakllandi. Shuning uchun ham odatda etnografiya mustakil fan sifatida X1X asrda tashkil topgan deb xisoblaydilar. Usha paytda dastlabki etnografik jamiyatlar tuzildi. Maxsus to’plamlar va asarlarpaydo bo’ldi. Yangi fanning tashkil topishi va rivojdlanishida tabiiy fanlardagi inqilob evolyusiya g’oyasining galabasi va boshkalar asosiy omil buldi. Etnografiyaning mustaqil ilm sohasi bulib qolishi asosida asrlar davomida to’planib kelgan etnografik bilimlar, jaxon xalqlari tug’risidagi turli hil ma'lumotlar, tushuncha, g’oya va qarashlar turli xil ma'lumotlar, tushuncha, g’oya va qarashlar yotadi. Usha manbalarning ayrimlari tug’risida tuxtalamiz.3 Eramizdan avvalgi XX asrda Misrda yaratilgan “Sinuxeta sarguzashtlari”, keyinroq tosh va kabrlarga bitilgan zafarnomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv xujjatlari, qadimgi shumer va ossuriya obidalaridagi yozuvlar, eron-axamoniy podsholari bittirgan jangovor solnomalar kushni mamlakatlar axolisi tugrisida nodir ma'lumotlarni bizgacha yetkazgan.