Mundarija:
Kirish.............................................................................................
I bob. Asqad Muxtor hayoti va ijodiga bir nazar.........................
1.1. Asqad Muxtor hayoti..............................................................
1.2. Adib adabiyotimiz xazinasiga qo‘shgan hissasi...................
II bob. Asqad Muxtor ijodini adabiyot darslarida oʻtish usuli......
2.1.Adib hayoti va ijodini maktab adabiyot darslarida oʻrgatish usullari.............................................................................................
2.2. Adabiyot darslarida "Chinor" romanini oʻrgatish usuli
Xulosa.............................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar .............................................................
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol yillarida
mumtoz adabiy merosimiz, xususan, shoir va yozuvchilar faoliyatiga munosabat tubdan yangilandi. Birinchi prezidentimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab adabiyot ahliga o‘z e’tiborini qaratgan edi. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog‘liq. Ana shunday vazifani amalga oshirish uchun vataniga,
xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
1 Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman,
Xudo xohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham, albatta, bo‘ladi”.
I bob 1.1. Asqad Muxtor hayoti
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor”
romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga
asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir
yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari tahririyatlarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, “Sharq yulduzi” jurnalida (1960–1965) bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari masʼul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.
Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk sheʼrlarida (1935–1938) sheʼriyatning
maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniklab olishga intiladi. U sheʼriyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaraydi.
Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “Gʻalaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tugʻishganlar qaytdi”, “Sogʻinish”, singari qator sheʼriy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi oʻzgarishlarni tasvirlovchi “Poʻlat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitoblarini yozdi.
Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin koʻchalari”
kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tugʻilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari oʻz ifodasini topgan. “Chin yurakdan” (1956) sheʼriy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar toʻplami oʻzbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Asqad Muxtorning “Mardlik choʻqqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pyesalari tomoshabinlar va oʻquvchilar qalbidan chuqur joy oldi. Sofokl, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, M. Gorkiy, T. Shevchenko, A. Blok, V. Mayakovskiy, A. Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylangan.