6. 51-bet. 218-masala. Traktor bakida 60 l yonilg‘i bor edi. Traktor bir soatda 6 l yonilg‘i sarflaydi. Agar traktorda 24 l yonilg‘i qolgan bo‘lsa, u necha soat ishlagan? Berilgan: Jami bor edi – 60 l; Qoldi – 24 l; Bir soatda sarflaydi – 6 l; Necha soat ishlagan? Yechish: Dastlab traktor qancha benzin sarflaganini topamiz: 60 – 24 = 36
Keyin bir soatda 6 l sarflansa, 36 l ni sarflash uchun necha soat ketishini topamiz: 36 : 6 = 6
Javob: 6 saot ishlagan. 7. 65-bet. 286- masala. Yengil avtomobil yo‘lda 4 soat bo‘ldi va 240 km masofani bosib o‘tdi. Yuk mashinasi yo‘lda 3 soat bo‘ldi va 120 km masofani bosib o‘tdi. Yengil avtomobilning tezligi yuk mashinasining tezligidan qancha ortiq? Berilgan: Yengil avtomobil: Bosib o’tdi – 240 km; Ketgan vaqt – 4 soat. Yuk mashinasi: Bosib o’tdi – 120 km; Ketgan vaqt – 3 soat. Yengil avtomobilning tezligi qancha ortiq? Yechish: Yengil avtomobilning tezligini topamiz: 240 : 4 = 60
Yuk mashinasining tezligini topamiz: 120 : 3 = 40
Endi yengil avtomobilning tezligi yuk mashinasidan qancha ortiqligini topamiz: 60 – 40 = 20