2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi.
Ko’p Burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumakva b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.
Sano (Cassia), makkai sano, senna — sezaljindoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, buta yoki kichik daraxtlar turkumi. Poyasi shoxlangan, pastki qismidagi shoxlari yerga tegib usadi. Bargi murakkab, juft patsimon, 5—10 juft ingichka bargchali: guli oq yoki qizgʻish, toʻpguli shingilsimon. Changchisi 10 ta, shundan 3 tasi koʻpincha reduksiyalangan. Asosan, tropik va subtropiklarda (ayniqsa, Amerikada) oʻsadigan 500—600 turi bor. Toʻmtoq bargli, ingichka bargli va oʻtkir bargli S. dorivor. Arabistonda tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Zakavkazye, Ukrainaning janubida oʻstiriladi. Oʻtkir bargli S. ning bargi tarkibida ichni yumshatuvchi antraglikozidlar bor. Bargidan poroshok tayyorlanadi, qaynatib suvi ichiladi.
Qashqarbeda — dukkakdoshlarga mansub oʻq ildizli ikki yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda sariq Q. va oq Q. turlari uchraydi. Poyasi tik oʻsadi, sershox, boʻyi 50150 sm. Barglari uch boʻlakli, navbatmanavbat joylashgan. Gullari sariq, shingil toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 1—2urugʻli dukkak. Ikkinchi yili iyun—avgustda gullaydi va iyul—sentabrda mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 4—16° trada koʻkaradi. Fargʻona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida koʻp tarqalgan. Don ekinlari orasida, bedapoyalar, paxtazorlarda, shuningdek, dala chekkalari, ariq yoqasi, yoʻl boʻylari, tashlandiq yerlar, baʼzan bogʻlarda uchraydi. Kurash choralari: angʻiz erta kshshatiladi, yer shudgor qilinadi. Don ekinlariga gerbitsidlar purkaladi.