MUNDARIJA Kirish……………………………………………………….............….3 I.bob Etika tushunchasi va uning shakllanishi …………………. 1.1 Etiketning jamoadagi o‘rni. ………………………….. 1.2 Xalqaro ishbilarmonlik etiketi ……………………………. II. bob. Ishga doir munosabatlarda salomlashish va tanishish etikasi ……………………………………………………….. 2.1 Ishga doir xatlarni yozishga qo‘yiladigan etik talablar………………………………………………….…………………… 2.2. Ishga doir munosabatlarda telefonda gaplashish etiketi………………………………………………… ……………………….. III. Xulosa……………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………
Kirish Ma’lumki, har qanday guruh yoki jamoa o‘zining etiketiga ya’ni odob-axloq qoidalari majmuiga ega bo‘ladi. Etiket soʻzi yunonchadan tarjima qilinganda xulq, odat kabi ma’nolarni anglatadi. Etika asosan axloqshunoslikning falsafiy nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik amaliy asarlarini o‘ z ichiga oladi. Etika insoniyat o‘z tajribalari orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, ularga axloqiy qonun qoidalarni oʻrgatadi. Oʻzbek milliy etikasi ham boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega bo‘lib, uning ildizlari avestoga borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan uchta fazilat ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal yaxlitligidan iborat bir butun gʻoya oʻtgan davrlarda oʻzbek etikasi uchun umumiy tanqidiy asos bo‘lib keldi. Odob-axloq ya’ni etika xususida ko‘plab mutafakkirlarmiz shug‘illlanishgan, qimmatli fikrlarini oʻ z asarlarida bildirib o‘tishgan.
Etika (axloqshunoslik) hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan. Etika yoxud axloqshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi bir necha ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri. Axloq-kishilarning tarixan tarkib topgan xulq -atvori, yurish turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o‘zaro, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig‘indisi. Аxloq- butun boshliq jamiyat a’zolari, millat, хаlq, shaxs аmal qiladigan ijtimoiy tartib-qoida bo‘lib,ushbu tartib-qoidalar yordamida inson xatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi. Murakkab ijtimoiy tartib intizom majmuasi bo‘lgan axloq shaxsning ruhiy ma’naviy faoliyati bo‘lib, uning kundalik xatti-harakatini tartibga soladi va turli axloqiy prinsiplarda, normalarda( burch, ma’suliyat, qadr-qimmat, vijdon va hakazo), munosabatlarda, baholarda, ideallarda namoyon bo‘ladi. Axloq –ijtimoiy borliqning ta’sirchan omillaridan biridir. Davr o‘zgara borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o‘zgaradi, rivojlanib, takomillashib, ma’naviy madaniyatning ko’rinishlaridan biriga aylanib boradi. «Etika –burch haqidagi fandir»degan fikr haqiqatga yaqindir. Chunki, burch- axloqning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, u shaxsning jamiyatga bo‘lgan munosabatidir. Burch shaxsning axloqiy faolyatinig ifodalovchi ma’suliyat, onglilik vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, fikrlar xilma-xilligi umuminsoniy- axloqiy qadriyatlarni ma’naviy idial tarkib vositasida jamiyatga singdiradi. Odob хulq-аtvor, jamiyatda e’tirof etilgan xulq me’yori shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va u bilan munosabatda namoyon bo’ladi. Оdob asosida axloqiy tamoyillar, me’yorlar , tarbiyalanganliklar darajasi va estetik ideal talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo‘sinda muomala qilishi, o‘z turmushi, bo‘sh vaqtini qanday tashkil etish, inson tashqi qiyofasi qanday bo‘lishi lozimligiga mansub qoidalar(masalan: or-nomus, sharm-hayo, iffat, kamtarlik,xushmuomalalikni o‘z ichiga oladi).
Ishga doir etiket va etikada ham axloqiy madaniyat, kasbiy odob ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak . Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat a’zolarining hayot-mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o‘shanday imtiyozli kasb egalarining o‘z kasbiy burch ma’suliyatini qay darajada his etishlariga, hallollik va vijdon yuzasidan ish ko‘rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. Bir qancha kasbiy odob turlari borki, bular muallimlik odobi, huquq tartibot xodimlari odobi, muhandis odobi ular ham jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Shuni aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta’sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. Masalan, rahbarlik odobi haqida aytadigan bo‘lsak rahbar quyi lavozimdagilarga mensimay, qo‘pol munosabatda bo‘lishi, o‘ziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga to‘ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi yo‘lida korrupsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, nafaqat rahbarlik kasbiga, balki Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin.